Test topshiriqlari 1.Xarakter tushunchasiga to’g’ri ta'rif berilgan qatorni aniqlang? A) tag’ma, qiyofa, xislat B) tamg’a, xususiyat, qiyofa V) xususiyat, qiyofa, aralashma G) aralashma, tamg’a, urug’ D) qiyofa, urug’, xislat
2. Qaysi qatorda xarakter tushunchasiga to’g’ri ta'rif berilgan? A) mazkur shaxs uchun tipik hisoblangan faoliyat usullarida namoyon bo’ladigan tipik sharoitlarda ko’rinadigan va bu sharoitlarga shaxsning munosabati bilan belgilanadigan individual psixologik xususiyatlar yig’indisi B) shaxsning voqelikka bo’lgan munosabatlarini ifodalovchi uning xulq-atvori va xatti-harakatlarida namoyon bo’ladigan barqaror xususiyatlarning individual tarzdagi yig’indisi V) shaxsda muhit va tarbiya ta'siri ostida tarkib topgan va uning irodaviy faolligida tevarak-atrofdagi olamga o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlarda namoyon bo’ladigan individual psixologik xususiyat G) to’g’ri javob berilmagan D) barcha javoblar to’g’ri
3.Xarakterning fiziologik asosi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan? A) asab tizimining tipi B) individual hayot jarayonida asab tizimining o’zgargan xususiyatlari V) dinamik sterotip G) barcha javoblar to’g’ri D) to’g’ri javob berilmagan
4.Xarakterning fiziologik asosini tushunishda qaysi olimning nazariyasi muhim ahamiyatga ega? A) I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati borasidagi nazariyasi B) I.M.Sechenovning shartli reflekslar borasidagi nazariyasi V) I.P.Pavlovning ikkinchi signallar sistemasi haqidagi nazariyasi G) B.Teplovning oliy nerv faoliyati funksiyalari borasidagi nazariyasi D) L.S.Vigotskiyning tarixiy madaniy konsepsiyasi
5.Xarakter tipologiyasi birinchi marta qaysi olim tomonidan ishlab chiqilgan? A) E.Krechmer B) E.FrommV) K.Leongard G) U.Sheldon D) A.Lichko
6. Inson xarakterining barcha tipologiyalari qanday g’oyalarga asoslanadi? A) inson xarakteri uning ontogenetik taraqqiyoti mobaynida juda erta namoyon bo’la boshlaydi va butun hayoti davomida barqaror bo’lib boradiB) xarakter tarkibiga kirgan xususiyatlar tasodifiy uyushma emas ular xarakter tipologiyasini tuzish imkonini beruvchi bir-biridan farq qiluvchi tiplardan iboratV) ko’pchilik kishilarni ma'lum guruhlarga birlashtirish mumkin G) to’g’ri javob berilmagan
D) barcha javoblar to’g’ri