F. I. Xaydarov n. I. Xalilova umumiy psixologiya


Qobiliyatlarning tabiiy asoslari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə221/230
tarix04.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#138156
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   230
F. I. Xaydarov n. I. Xalilova umumiy psixologiya

Qobiliyatlarning tabiiy asoslari
Odatda qobiliyatlar insonga shaxsning barcha individual psixologik xususiyatlari kabi tabiat tomonidan tug’ma ravishda tayyor holda berilmaydi. Balki hayot davomida va faoliyat jarayonida shakllanadi. Ilmiy psixologiya qobiliyatlarning tug’maligi nazariyasini inkor etib shaxs qobiliyatlarining noma'lum tabiiy omillar tomonidan azaliy belgilanishi to’g’risidagi tasavvurlarga qarshi zarba beradi.
Qobiliyatning tug’maligini inkor qilish absolyut tabiatga ega emas. Psixologiyada qobiliyatning tug’ma ekanligini tan olinmas ekan, bu bilan miyaning tuzilishi bilan bog’liq bo’lgan differensial xususiyatlarning tug’maligini inkor qilmaydi. Qobiliyat taraqqiyotining dastlabki tabiiy sharti sifatida namoyon bo’ladigan miya tuzilishining sezgi a'zolariga va funksional xususiyatlariga layoqat deb ataladi. Layoqat ko’p qirralidir. Shaxs tomonidan qo’yilgan talablarning tabiatiga bog’liq ravishda aynan bir xil layoqatlar asosida har xil qobiliyatlar rivojlanishi mumkin.
F.A.Gallning fikricha, odamning hamma qobiliyatlari "aql" va "qobiliyat" sifatlari miya yarim sharlarida o’zining maxsus qat'iy markazlariga ega, ya'ni bu sifatlarning taraqqiyot darajasi miya tegishli qismlarining miqdoriga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir. Shuning uchun odamning kalla suyagiga bir qarash yoki boshidagi do’mboqchalarni shunchaki paypaslab ko’rish orqali go’yo odamning qobiliyatlarini aniqlasa bo’ladi. Layoqatning miya miqdori, massasi va og’irligiga bog’liqligi haqidagi faraz ham bekor qilingan. Katta yoshdagi odam miyasining o’rtacha og’irligi 1400 grammga yaqin bo’ladi. U.S. Turgenev miyasining og’irligi 2001 gramm, D.G Bayronniki 1800 grammni, mashhur ximik Yu.Libixniki 1360 grammni, yozuvchi Afransniki 1017 gramni tashkil qilgan. Eng katta miya aqliy jihatdan nuqsoni bor odamga taalluqli ekanligi aniqlangan.
1675 yilda F.Galtonning "Talantning irsiyatga bog’liqligi qonunlari va oqibatlari" degan kitobi nashr etildi. Bunda muallif bir necha yuzlab mashhur kishilarning qarindoshlik aloqalarini o’rganib, talant ota-onadan irsiyat yo’li orqali o’tadi degan xulosaga kelgan. Biroq Galtonning xulosalari ilmiy jihatdan asoslanmagan edi. Baxlar oilasida musiqaga bo’lgan talant dastavval 1550 yilda ma'lum bo’lgan. Bu talant 1800 yillarda yashagan qandaydir Regina Susanadan so’ng tamom bo’lgan. Umuman Baxlar oilasida 57 dan ko’p musiqachi bo’lgan. Ularning 20 tasi mashhur bo’lgan.
Bend degan skripkachilar oilasida 9 ta mashhur musiqachi bo’lgan. Goydon oilasida 2 ta mashhur musiqachi bo’lgan. Ko’pchilik qollarda mashhur odamlarning nasl-nasablarini o’rganish biologik irsiyatdan emas, balki hayot sharoitining nasdan naslga o’tishidan, ya'ni hobiliyatlar taraqqiyotiga yordam berishdan ekanligi ma'lum bo’ladi.
XX asrning ikkinchi yarmida paydo bo’lgan layoqatni miyaning mikrotuzilishi va sezgi a'zolari bilan bog’lovchi faraz mahsuldor bo’lib hisoblanadi. Miya hujayralarini tadqiq etish iste'dodli nerv hujayralarining morfologik va funksional xususiyatlarida farq borligini aniqlash mumkinligi faraz qilinadi. Layoqatlar bilan nerv jarayonlarining ayrim differensial xususiyatlari hamda oliy nerv faoliyatining tiplari o’rtasida bog’liqlik mavjudligi to’g’risida faraz ham haqiqatga yaqindir.
Rus psixologi B.M.Teplov va uning shogirdlari ishlarida oliy nerv faoliyati tiplarining xislatlari ta'siri tufayli shaxs qobiliyatlarining tuzilishida qandaydir sifat xususiyatlari paydo bo’lishini ani?lashga urinishgan. Jumladan, nerv tizimining alohida sezgirligi ma'lum qobiliyat nishonasi sifatida vujudga kelishi mumkin.
Qobiliyatning tabiiy sharti, layoqati nerv tizimining tuzilishi va funksiyalarining hususiyatlari tarkibida ekanligi haqidagi barcha morfologik va funksionallik sifatlar singari umumgenetika qonunlariga bo’ysunish farazining haqqoniyligini dalillaydi. F.Galtonning irsiyat qonunlari to’g’risidagi g’oya qobiliyatning tabiiy shartlangan xususiyatlari tavsifini ochib bera olmaydi. Chunki unda dalilga muhtoj juda ko’p o’rinlar mavjuddir. Shuning uchun qobiliyat tabiatini biologik irsiyatdan emas, balki turmush muhitining nasldan naslga o’tishidan qidirish maqsadga muvofiqdir, agarda insonning taraqqiyoti ijtimoiy-tarixiy qonunlar bilan boshqarilishi tan olinar ekan, qobiliyatning taraqqiyoti biologik irsiyat qonunlarga bo’ysunishi mumkin emas.
Yuqoridagi mulohazalarga asoslangan holda xulosa qilish mumkinki, qobiliyat va layoqatlar tabiiy zaminga bog’liq bo’lsa-da, lekin ular faqat tabiatning in'omi emas, balki insoniyat tarixiy taraqqiyotining bebaho maqsulidir. Xuddi shu bois qobiliyatlarning namoyon bo’lishi shaxslar tomonidan ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish davomida ijtimoiy shartlangan bilimlar va ko’nikmalarni tarkib toptirishning yaqqol usullariga bevosita bog’liqdir. Shuning uchun qobiliyatlar taraqqiyotining uzluksiz ta'lim tizimiga bog’liq ekanligini ta'kidlab o’tish muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin