Tayanch iboralar Aqliy rivojlanish mezoni (ong JQ - aqliy yosh (AYo) va xronologik yosh (XYo) orasidagi munosabatni bildiruvchi mezon. A.r.m. ushbu formula orqali aniqlanadi:
JQ = x 100
Intellektning biror bir yosh shkalasiga suyangan holda test natijalari orqali
rivojlanishini aniqlash mumkin.
Geniallik (lot. Genius - aql zakovat, buyuk iste'dod) - shaxsning eng yuksak darajadagi ijodiyoti bilan o’zini namoyon qilish hodisasi.
Zehn, layoqat - nerv tizimining ba'zi genetik nazariyalari anatomik-fiziologik xususiyati bo’lib, u kishida qobiliyatlar tarkib topishi va rivojlanishining dastlabki individual tug’ma tabiiy zaminidir.
Iste'dod- shaxsning ma'lum faoliyatida ifodalanadigan qobiliyatining yuqori darajasi.
Kommunikasion qobiliyatlar - kishining boshqa odamlar bilan bo’ladigan muloqotni yaxshilaydigan va birgalikdagi faoliyatda psixologik qovushuvchanlikni ta'minlaydigan qobiliyat.
Layoqat - nerv tiziminnig ba'zi irsiy determinlashgan anatomfiziologik xususiyati. Odamda qobiliyatlarni tarkib toptirish va rivojlanishining dastlabki yakka tug’ma, tabiiy zaminidir.
Mayl - shaxs qiziqishlari va fikrlarining biror faoliyat bilan shug’ullanishga jalb etilganligi, shaxsda kuchli istak, hohish tarzida namoyon bo’lib, bajo keltirilganda odamga mamnuniyat baxsh etadi.
Musiqiy qobiliyat - shaxsning musiqiy layoqatini belgilovchi psixologik xususiyatlari.
Umumiy iste'dod - kishining qobiliyatlari birligi. Bu shaxsning aqliy (intellektual) imkoniyatlari doirasi bilan faoliyatining o’ziga xosligi darajasini belgilab beradi.
Frenologiya (yunon. phren - ong, logos - ta'limot) - odamda u yoki bu xildagi qobiliyatlarning o’sganligini bosh suyagining tuzilishiga qarab aniqlash mumkin degan nazariya. Bu nazariya avstriyalik vrach F.Gall tomonidan tavsiya etilgan.
Qobiliyatlar - shaxsning ma'lum faoliyatidagi muvaffaqiyatlarini va osonlik bilan biron faoliyatni egallay olishini ta'minlaydigan individual psixologik xususiyatlar.