lanadi (3-rasm). 2. Kontur uslubi. Xaritalashtirishning bu uslubi areallami o ‘zaro solishtirishda nisbatan ko‘rgazmali va qulay hisoblanadi. Mazkur 63
uslub yordamida areallaming chegaralari aniqlanadi, ya’ni arealning eng chekkasida aniqlangan nuqtalar o ‘zaro uzluksiz chiziqlar orqali tutashtiriladi. Areal chegarasi nisbatan aniq bo‘lishi uchun nuqtali va kontur uslublari birga amalga oshiriladi. Bu uslub boshqalariga nis batan ancha mukammal sanaladi (4-rasm). 3-rasm .
Buyuk Britaniyadagi eman ipak qurti arealining nuqtali us lub orqali xaritalashtirilishi (D Xisu, 1973). 3.To‘rsimon uslub. Keyingi yillarda keng qo‘llanilayotgan uslub- lardan biri sanaladi. Bunda dastlab o'rganilayotgan turning uchrash ehtimoli bo‘lgan joylar kontur xaritada kataklarga bo‘lib chiqila- di. Shundan so ‘ng areali xaritalashtirilayotgan tur qaysi katakda uchrasa, mazkur katak bo‘yaladi. Xaritalashtirishning bu turi yaxshi o ‘rganilgan hududlar uchun yaroqli bo‘lib, boshqa uslublarga nis batan mukammal emas (5-rasm). 64
4-rasm. Xo ‘jasavdogar arealining kontur uslub orqali xari- talashtirilishi (I.K.Lopatin, 1980). 5-rasm. Janubiy Amerikadagi kemiruvchilarga mansub bo ‘Igan M alacothris typica arealining to ‘rsimon uslub orqali xaritalash- tirilishi (M.Udvari, 1978). 65
4.2. Areallarning ko‘lami va shakli Areallaming ko‘lami turli-tuman bo‘lib, tabiatda juda tor areallar bilan bir qatorda keng areallar ham uchraydi. Masalan, tulki katta,