15
1-masala. Uy tomiga 35 ta kaptar kelib qo„ndi. Birozdan keyin ulardan 17 tasi
uchib ketdi. Shundan so’ng 8 ta kaptar qaytib keldi. So’ngra 14 ta kaptar uchib
ketib, 7 tasi yana qaytib keldi. Tomda nechta kaptar qoldi?
Masala o’quvchilar tomonidan o’qilgach, masala nima haqida ekanligida so’z
yuritailadi. O’quvchilar masala kaptarlar haqida ekanligini aytib, kaptarni tashqi
ko’rinishini tasavvur qiladilar. Agar xonada kaptar rasmi bo’lsa, u o’quvchilarga
ko’rsatiladi.
Yana bir mantiqiy masala:
2-masala. Xonaning to’rtta burchagida to’rtta mushuk o’tiribdi. Har bir mushuk
qarshisida uchtadan mushuk o’tiribdi. Har bir mushuk dumida bittadan mushuk
o’tiribdi. Hammasi bo’lib xonada nechta mushuk bor?
Bu masala uy hayvoni-mushuk haqidaligini o’quvchilar aytishlari va masala
shartini tushunishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: