Muammoning o’rganilganlik darajasi: Boshlang'ich sinfda matematika
darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish o’quvchilarni O’zbekistoning
ilg’or tajribalari, an’analari, madaniyatini hisobga olgan holda har tomonlama
shakllantirish imkoniyatini beradi. Bu borada ta’lim tizmida, o’quv jarayonida
interfaol metodning umumiy asoslari tadqiq etilgan. Pedagogik olimlar O. Tolipov,
SH. Abdullaeva, O. Haydarova kabilarning tadqiqot ishlari shular jumlasidandir.
Kurs ishining maqsadi: Boshlangich sinflarda o’quvchilarni mantiqiy
masalalar yechishga o’rgatishning ilg’or texnologiyalarining o’rnini asoslab berish
va mantiqiqy masalalar yechishga o’rgatishning samarali yo’llari haqida uslubiy
tavsiyalar ishlab chiqish.
6
Kurs ishining vazifalari:
1. Boshlang’ich sinf matematika darslarida mantiqiy masala va misollarni
o’qitishning hozirgi holatini aniqlash;
2. Boshlang’ich sinf matematika darslarida mantiqiy masala va misollarni
o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish samaradorligini
aniqlash va amaliyotga tadbiq etish;
3. To’plangan ma’lumotlar asosida mantiqiy masala yechishga o’rgatishning
uslubiy tavsiyanomalarini ishlab chiqish.
Kurs ishining obyekti: Boshlang’ich sinflarda mantiqiy masalalar
ustida ishlash jarayoni.
Kurs
ishning
predmeti:
Boshlang’ich
sinf
o’quvchilarni
mantiqiy masalalar yechishga o’rgatishning mazmuni, shakli, vosita va usullari
O
’rgatishning ahamiyati boyicha takilflar ishlab chiqildi
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, 5 ta
paragraf, xulosa, adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
|