13
Yuqorida keltirilgan ko‟nikmalar har qanday masala turlari uchun o’rinli
hisoblanadi. Boshlang’ich sinflarda berilgan
mantiqiy masalalar murakkab
tuzilishga ega bo’lmasada, o’quvchilar yuqoridagi
malakalarni egallamay turib,
masala yechimini topa olmaydilar.
Shuningdek masalalar yechishda o’quvchilar o’zlari
uchun masala yechish
rejasi tuzib olishlari lozim bo’ladi. Bu ayniqsa, mantiqiy masalalar yechishda juda
qo’l keladi.
14
1.2.
Mantiqiy masalalarni yechishga o’rgatishning qoida va bosqichlari
Masala yechishga o’rgatish boshqa matematik
amallar kabi bir necha
bosqichlarni o‟z ichiga oladi. Mantiqiy masalalar va umuman masalalar yechishga
o’rgatishda quyidagi bosqichlarda amal qilish maqsadga muvofiqdir.
1-bosqich. Masala
mazmuni bilan tanishtirish;
2-bosqich. Masala
yechimini izlash;
3-bosqich. Masalani yechish;
4-bosqich. Masala yechimini tekshirish.
5
Bu bosqichlarning barchasi bir-biriga uzviy ravishda bog’langan bo’lib,
ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Bu bosqichlarni
mantiqiy masalalar yechish
barobarida batafsil ko‟rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: