Fakulteti


Uchrashma harakatga doir masalalar



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə14/18
tarix19.09.2022
ölçüsü1,41 Mb.
#117861
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Vaqt, masofa , tezlik haqida tasavvurlarni tarkib toptirish va ularning o`lchov birliklari bilan tanishtirish metodikasi 25-mavzu

3. Uchrashma harakatga doir masalalar
Uchrashma harakatga doir masalalar yechish uchun avval og’zaki yechiladigan quyidagi tayyorlash masalalari qarab chiqiladi, bunda ko’rsatma-lilikdan foydalaniladi.
Boshlang’ich sinflarda asosan uchrashma harakatga doir shunday masalalar beriladiki, ularda jismlar bir vaqtda harakatlanadi va bir vaqtda to’xtadi. Bu masalalarda to’rtta o’zaro bogiiq miqdorlar ustida so’z boradi: bunda; s - harakat qilayotgan jismlar-ning tezliklar -harakat vaqti. Bundan ushbu guruhga to’rt xil masala kiradi, degan xulosa chiqadi. Ammo birinchi va ikkinchi jismlarning tezliklarini topish bir xilda hal qilishni talab qiladi, shu sababli masalalarning bu guruhga uch xil masalani kiritish qabul qilingan:
1. Berilgan jismlarning tezliklari va harakat vaqtiga ko’ra masofani topishga doir masalalar.
2. Har qaysi jismning maium tezligi va masofaga ko’ra vaqtni topishga doir masalalar.
3. Harakat qiiayotgan jismlardan birining tezligi, berilgan masofa, harakat vaqti va jismlardan ikkinchisining tezligi, masofa, harakat vaqti va jismiardan ikkinchisining tezligini topishga doir masalalar.
4. Berilgan masalaga teskari masala tuzib yechish
Har bir masala 2 qismdan iborat bo’ladi: 1) shart. 2) savol.
Ma'Ium bo’lgan narsalar «shart» deyiladi. Hisoblab topiladigan qismi «savol» deyiladi. Yana «yechim» va «javob» degan qismlar ham bor, uni quyidagi masalani yechish orqali o’rganamiz.
Hovlida 13 dona gul ochilgan edi. Nazira 5 dona uzib guldasta tuzdi va buvisiga sovg’a qildi. Hovlida yana nechta gul qoldi?
Bu masaladagi 13 va 5 sonlari ma'lum bo’lgani uchun masalaning sharti bo’ladi. Hovlida necha dona gul qolganligi noma'lum bo’Igani uchun uni masalaning savoli deyiladi.
Masala savoliga javob topish uchun bajariladigan hisoblash yechim bo’ladi, ya'ni 13 - 5 = 8 yechim. Shundan keyin masaia savoliga «hovlida 8 dona gul qoldi» deb javob beriladi.
Masalada hammasi bo’lib 3 ta son qatnashayapti. 13 va 5 ma'lum sonlar, 8 hisoblab topilgan son.
Oldin noma'lum edi. Agar shu masaladagi ma'lum sonlardan biri noma'lum son bilan o’rin almashib qolsa, avvalgi masalaga teskari masala hosil bo’ladi. Masalan, Nazira hovlida ochilgan gullardan 5 donasini uzib buvisiga sovg’a qilgandan keyin yana 8 dona gul qoldi. Hovlidagi ochilgan gullar nechta bo’lgan?
Ochilgan gullar - ? Uzildi - 5 ta. Qoldi 8 ta gul.
5 va 8 sonlari ma'lum bo’lgani uchun masalaning sharti hisoblanadi. Hovlida ochilgan gullar noma'lum bo’lgani uchun savol uni hisoblab topish uchun bajariladigan amal yechim va topilgan natija javob bo’ladi. Hovlida ochilgan gullarni aniqlaymiz: 5+8 = 13 bu yechim. 13 sonijavob.
E'tibor bering: avvalgi masalada 13 ma'lum, 8 nomaMum edi. Bu masalada 8 ma'lum - berilgan 13 soni hisoblab topildi. Shuning uchun bu masala avvalgisiga teskari masala deyiladi.
Shunga o’xshash yana bitta teskari masala tuzish mumkin. Hovlida 13 dona gul ochilgan edi. Nazira bir nechta gulni uzib buvisiga sovg’a qilganidan keyin hovlida yana 8 ta gul qoldi. Nazira nechta gulni buvisiga sovg’a qilgan?
Ochilgan - 13 dona gul, uzildi - ? Qoldi - 8 ta gul.
Uzilgan gullar noma'lum, uni topish uchun 13 - 8 = 5 yechim bajariladi va 5 javob topiladi. Ko’rinib turibdiki, bu masala o’zidan oldingi masalalarga teskari. Xulosa shuki, 3 ta son bilan o’zaro teskari boigan 3 ta masala tuzish mumkin ekan. 5; 8; 13 son bilan 5; ...; 13.
5; 8; va ...; 8; 13 ma'lumotli masalalar tuzib yechish mumkin. Ya'ni bitta masalaga teskari 2 ta masala tuzish milmkin ekan. Dem-ak, berilgan masalaga teskari masala tuzish uchun masalaning sharti bilan savolining o’rinlarini almashtirish lozim ekan.Sanobarxon hovliga 10 to’p sadarayhon va 15 to’p gultojixo’roz ko’chatini ekdi. U hammasi bo’lib necha to’p gul ko’chat ekkan? Bu masalani yeching va unga teskari yana ikkita masala tuzib yeching.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin