Fakulteti



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə23/52
tarix31.12.2021
ölçüsü1,03 Mb.
#111573
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   52
2 5312313661077851973

Nazorat savollari

1. Spiral organik dunyoda qanday shakllardan biri hisoblanadi?

2. Shar – qanday shakl hisoblanadi?

3. Jonli tizim qanday shakl hisoblanadi?

4. Tabiatdan qanday kiyimlar yaratish mumkin?


7 – LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
MAVZU: O‘simlik shakllarini transformatsiyalash usullaridan foydalanib kostyum shakllarini ishlab chiqish.
Ishdan maqsad: O‘simlik shakllarini transformatsiyalash usullaridan foydalanib kostyum shakllarini ishlab chiqishni o’rganish.
Ishni bajarish uchun kerakli asbob uskunalar: Moda jurnallari, qalam, qog’oz, chizg’ich, lekalo va hokazolar.
Asоsiy ma’lumоtlar
Tabiatda “iqtisod qilish qonuni”ga amal qilinadi, qaysiki, tabiat har doim “qisqa yo’lni qidiradi va iqtisodiy yechimni tanlaydi” (evolyutsiya jarayonida, tabiiy tanlashda).

Ushbu qonun makrodunyoning biologic shakl tuzilishida namoyon buladi. Bu shakllarni tadqiq qilishda ajablanarli o’xshashlik va ularda bitta va shunday oddiy shaklni takrorlanishi ham namoyish etilgan. Bu oddiy shakllar – “g’ishtchalar”, ya’niki qiyin shakllar quriladi.

Organik (jonli) dunyoning yaxlit shakli. Ularga spiral, shar, ko’pyoqlik, turbalar, daraxtlar va yulduzlar kiradi. Va yana ulardan barcha fazoviylik san’atini jondan yaxshi ko’rgan shakli hisoblanadi.

Spiral organik dunyoda keng tarqalgan eng muhim shakllardan biri hisoblanadi. U yuqori darajada energiyani saqlaydi, informatsiyani asraydi. Ma’lumki, ikki spirally shakllar DNK molekula hayotiga egadir. Ko’plab o’simliklar va hayvonlar tanasi tuzilishida spiral ko’rinishidagi shakllaega ega – pechak, loviya, chig’anoq, shilliq va qurt va hokazo.

Spiral – o’zida silindr yuzalikda ikki nuqta oraliqdagi eng qisqa yo’lni ifoda etadigan qing’ir-qiyshiqlik (to’g’ri uchburchak varaqda dioganalni o’tkazing va uni trubka qilib buklang). Bu xususiyat tufayli u sharlarning, silindrlarning – idishlarning, nervlarning, tolalarning biologik dunyosida keng tarqalgan, sferik va silindr yuzaga to’qib chiqadigan, eng qisqa yo’lni qidirishda u spiralga aylanadi.

Shar – eng iqtisodiy shakl, shar eng katta hajmda ham juda ham kichkina sirt, uning tashqi ko’rinishiga, boshqalarga qaraganda juda ham kam material ketadi.

Shar atrof-muhit sharoitiga juda tez moslahsadi, oson dumalatiladi, yapaloqlanadi va shuning uchun organik dunyoda keng tarqalgan (baliq urug’i donasi, viruslar, oddiy mikroorganizmlar). Shar, aylana, oval – ko’pincha san’at asarlarida ko’p uchraydi, ya’niki ular real shaklni, o’ziga xos bulgan tabiatni aks etadi. Ular ko’rish orqali oson qabul qilinadi, ya’ni ko’rish nuqtasi oval shaklga ega va bu shakllardagi kabi yaxlitlikni, tigallanganlikni, qarama-qarshilikni juda yaxshi aks ettiradi, masalan, to’g’riburchakli shakllarga, qaysiki aksincha cheklash bilan, shartlik bilan assotsiyalanadi.

Ko’p qirrali – beshqirrali, oltiqirrali tabiatda mumkatak shaklida, qon tomirlar tarmog’ida uchraydi. Bu shakllarni tejamliligi fazoviylikni to’ldirish qobilyatida namoyon etiladi.

Truba – tabiiy shakllar orasida transport yo’li sifatida – oziq moddalarni, qon va jonli organizmning hayot uchun zarur bulgan, o’simliklar uchun boshqa oziq-ovqatlarni olib o’tish uchun uchraydi.

Daraxt – poya va ular ildizlarining tarmoq otishda biz ildizlar tuzilishini va daraxtlar ildizi, qon aylanish sistemasining tuzilishid akuzatishimiz mumkin.

Yulduz – daraxt shaklining turli – tuman ko’rinishi, agar unga yuqoridan qaralsa, shu’la, yaproqlar markazdan yuradi, atrof fazoviylikni qurshab oladi, oziq-ovqatni, quyosh energiyani markazga olib keladi. San’atda yulduz shakli, markazdan keladigan kuchni, energiya manbasini tarqatishda assotsiyalanadi. Qadimgi san’atda oyoq-shu’lalar doimiy harakat ramzi bulgan. Agar jonli organik shakllarni geometrikka olib borilsa, shar konus, silindr, ko’pqirralikni olamiz.

Predmetga oid dunyoning qonuniyligi. Inson o’z atrofida va moddiy va ma’naviy dunyoni va o’zi uchun shaklni o’zlishtirish va qabul qilishga moslashtirishni yaratadi.

Dunyo yagonadir. Unda qonunlar, tabiiy shakllar tuzilishini yuzaga keltiradigan, organik bulmagan va dunyodagi barchasining o’zaro bog’liqligi amal qilinadi.

Predmetga oid dunyo tabiat qonunlarining qanday tashkil etilishidan kelib chiqadi va bir vaqtning o’zida va aks etilishida va predmetli dunyoning “davom etuvchisi” hisoblanadi.

Inson o’zining predmetli dunyosini yaratib, ongli va ongsiz ravishda tabiiy shakllardan va konstruksiyalardan foydalanadi.

Jonli tizimni, biologik jarayonni, biologik shakllarni ishlatish jarayonidan foydalanish asosida – muhandislik vazifalarini yechish uchun – bionika nomli fan tashkil etildi.




Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin