2-rasm. a - Barokko uslubidagi kiyim XVII asr) v - Klassik uslubdagi kiyim (XX asr) Har bir davrdagi sinfiy jamiyatning estetik ideali sinfiy xarakterga ega bulgan. Kiyimda bu narsa sinfiy tabaqalanish tarzida namoyon etilgan. Kiyim dastlab kishining ijtimoiy holatini, martabasini belgilab bergan. Hukmdor sinflar moda yaratayotganlarida o’z manfaatlarini ko’zlaganlar, kiyim yordamida o’zlarining imtiyozli holatiga diqqatni jalb etganlar. Shuning uchun ham o’tmishdagi kiyimlar, «ish kiyimi» xarakteriga ega bulmagan. Kiyim o’z davrining badiiy uslubiga xos jihatlarni mujassamlashtirib, shu davr bilan birga o’zgaradi. Masalan, XVII asrdagi serxasham uslubga bashang, yaltiragan, beso’nakay kiyimlar mos tushgan. XIX asr boshidagi ampir uslubiga ixcham, sipo bichimdagi kiyim juda to’g’ri kelgan. XX asrda kiyimlarning formalari ko’payishi natijasida formaning bajaradigan vazifasiga qarab, kiyimning klassik uslubi, sport va fantaziya uslubi paydo bulgan. Klassik uslubdagi kiyim sipoligi, formasining ixchamligi, detallari juda kamligi, kiyim proportsiyalari kishi gavdasining tabiiy proportsiyalariga mosligi bilan ajralib turadi. Bunday kiyimning asosiy qismlari gavdaning tegishli qismlari ustiga aniq to’g’ri keladi. Klassik uslub da tikilgan kiyim bezaklar bilan deyarli bezatilmaydi.