mulohaza ko‘rinishida
fikr yuritishi, uning tushunchalar olami
keyin shakllanishi bilan asoslanadi. Shuningdek, faqat mulohaza-
largina «chin», «yolg‘on» qiymatlariga ega boladi. Tushunchalarga
esa bunday qiymatni berib bolmaydi. Masalan, «yolbars yirtqich
hayvon» mulohazasini «chin» deb baholaymiz. «Yo‘lbars» tushun-
chasini esa «chin» yoki «yolg‘on» deb ayta olmaymiz, Chunki
unda biror fikr tasdiqlanmagan ham, inkor qilinmagan ham.
Demak, mulohaza chin yoki yolg‘on bo‘lishi
mumkin bolgan
fikr yuritish shaklidir. Uning asosiy vazifasi narsa bilan uning
xususiyati, ular o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘rsatishdir. Ana
shuning uchun ham u doimo tasdiq yoki inkor shakldagi fikrdan
iborat boladi. Fikr yuritish jarayonida biz predmet va hodisa-
larning tashqi xususiyatlari bilan birga ularning ichki, zaruriy
boglanishlarini hamda munosabatlarini bilib boramiz. Bilimlari-
miz turlicha bolgani uchun ularni
ifodalaydigan mulohazalar
ham har xil boladi. Ba’zi mulohazalarda aniq, tekshirilgan bi-
limlar ifodalansa, boshqalarida belgining predmetga xosligi tax-
min qilinadi, ya’ni noaniq bilimlar ifodalanadi.
Mulohazalar voqelikka mos kelish darajasiga ko‘ra chin, xato
va noaniq (ehtimol, taxminiy) boladi. Chinligi isbotlangan fikr
ni chin deb ta'sdiqlovchi mulohaza chin boladi. Yolg‘onligi is
botlangan fikrni yolg‘on deb tasdiqlovchi mulohaza chin boladi.
Chinligi isbotlangan fikrni yolg‘on deb tasdiqlovchi mulohaza
yolg‘on boladi. Yolg‘onligi isbotlangan fikrni chin deb tasdiqlov
chi mulohaza yolg‘on boladi.
Ayni vaqtda chinligini ham, xato-
ligini ham aniqlab bolmaydigan mulohazalar — noaniq boladi.
Mulohazalar tilda gaplar orqali ifodalanadi. Mulohaza man
tiqiy kategoriya bolsa, gap grammatik kategoriyadir. Mulohaza
lar, asosan, darak gap orqali ifodalanadi. Faqat darak gaplardagi-
na fikr tasdiq yoki inkor shaklda boladi va ular chin yoki yolg‘on
qiymatlari bo‘yicha aniqlanadi.
Masalan, «Til insonlar o‘rtasidagi muloqot vositasidir», «Hi-
yonatkorlarning hech biri vijdonli emas» kabi gaplar mulohazani
ifoda qiladi. Demak, mulohaza — predmetga ma’lum bir belgi
ning (xossaning, munosabatning) xos yoki xos emasligini ifo-
dalovchi tafakkur shaklidir.
222
Mulohaza tarkibida mantiqiy ega va
mantiqiy kesimni ajratib
ko‘rsatish mumkin. Mantiqiy ega -fik r qilinayotgan predmet va
hodisani bildiradi va fanda subyekt degan termin bilan ifodala-
nadi (simvolik belgisi — S). Mantiqiy kesim predmet xususiyatini,
munosabatini bildiradi va fanda predikat degan termin bilan ifo-
dalanadi (simvolik belgisi — P). Mulohazaning subyekt va predi-
kati uning terminlari deb ataladi. Mulohazaning uchinchi zaruriy
elementi mantiqiy bog‘lamadir. U subyekt va predikatni bir-biri
bilan boglaydi, natijada mulohaza hosil bo‘ladi. Mulohazaning
simvolik ifodalanishi:
S — P (tasdiq mulohaza), S — P emas (inkor mulohaza)
Mulohazalar tuzilishiga ko‘ra oddiy va murakkab boladi.
Oddiy mulohaza tarkibidan
yana bir mulohazani ajratib
bolmaydigan mulohazadir yoki bir subyekt va bir predikatdan
tashkil topgan mulohazadir.
Tarkibidan ikki yoki undan ortiq mulohazani ajratish mumkin
bolgan mulohaza murakkab mulohaza deyiladi. Masalan, «Man
tiq ilmini o‘rganish to‘g‘ri fikrlash madaniyatini shakllantiradi»,
degan fikr oddiy mulohazani ifodalaydi. «Mantiq ilmi tafakkur
shakllari va qonunlarini o‘rganadi» — bu murakkab mulohazadir.
Oddiy mulohazalar ikki tamoyilga, ya’ni miqdori va sifatiga
ko‘ra tasniflanadi. 1-tamoyil. Miqdoriga ko‘ra oddiy mulohazalar
yakka, umumiy va juziy boladi.
Oddiy mulohazalarni
tasniflashning
ikkinchi tamoyi-
li
bu ularning sifatidir, ya’ni tasdiq yoki inkor mazmunga ega
bolishidir. Mulohazaning sifatini mantiqiy boglama belgilaydi.
«Hamma ilonlar zaharlidir» mulohazasining predikatida subyekt
haqidagi fikr tasdiqlanadi. Bunday mulohaza tasdiqlovchi deyi
ladi. «Hech bir riyo amal maqbul emas» mulohazasida subyekt
haqida nimadir inkor qilinadi. Bu inkor mulohaza deyiladi. Mu
lohazalarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlashda va ularni
mantiqiy tahlil qilishda oddiy mulohazalarning miqdor va sifati
bo‘yicha birlashgan klassiflkatsiyasi (asosiy turlari)dan foydalani-
ladi. Ular quyidagilardan iborat:
Yüklə
Dostları ilə paylaş: