Mulohazalarning inkor qilinishi.
Mulohazalarni inkor qilish
muhim mantiqiy amallardan bolib, u orqali yangi mulohazalar
(inkor mulohazadan tasdiq mulohaza va tasdiq mulohazadan in-
kor mulohaza) hosil qilinadi.
Ikki mulohaza bir-biriga zid bolib, ulardan biri albatta chin,
boshqasi yolg‘on bolsa, bu mulohazalar bir-birini inkor qiluvchi
mulohazalar boladi. Inkor qilinayotgan mulohaza chin bolsa, in
kor qilayotgan mulohaza yolg‘on boladi. Inkor qilinayotgan mu
lohaza (p) yolg£on bolsa, inkor qilayotgan mulohaza (p) yolg‘on
bolsa, inkor qilayotgan mulohaza (1 p) chin boladi1 0 ~ inkor
belgisi).
Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi: tuzilisbi, turlari
va umumiy qoidalari.
Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi. Mantiqiy er-
gashish tushunchasi.
Voqelikni bilish jarayonida inson yangi bi-
limlarga ega boladi. Bu bilimlar abstrakt tafakkur yordamida,
mavjud bilimlarga asoslangan holda vujudga keladi. Bunday bi-
limlarni hosil qilish mantiq ilmida xulosa chiqarish, deb ataladi.
Xulosa chiqarish
— bir va undan ortiq chin mulohazalardan
ma’lum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqaruv-
chi tafakkur shaklidir. Xulosa chiqarish asoslar, xulosa va asos-
lardan xulosaga o‘tish jarayonidan tashkil topadi. To‘g‘ri xulosa
chiqarish uchun, avvalambor, asoslar chin mulohazalardan iborat
bolishi, o‘zaro mantiqan boglanishi kerak. Masalan, «Ibn Sino
«Donishnoma» asarini yozgan» va «Pifagor matematik bolgan»
degan ikki chin mulohazadan xulosa chiqarib bolmaydi. Chunki
bu mulohazalar o‘rtasida mantiqiy aloqadorlik yo‘q.
Xulosa asoslari va xulosa ham o'zaro mantiqan boglangan
bolishi shart. Bunday aloqadorlikning zarurligi xulosa chiqa
rish qoidalarida qayd qilingan boladi. Bu qoidalar buzilsa,
to‘g‘ri xulosa kelib chiqmaydi. Masalan, «Do‘stlarim sport bilan
shug‘ullanadilar» degan mulohazadan «Do‘stlarim sport masteri»
deb, xulosa chiqarib bolmaydi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: