Masalan:
A. Hamma musulmonlar Islom diniga e’tiqod qiladilar.
E. Islom diniga e’tiqod qilmaydiganlarning hech biri musul-
mon emas.
Juziy tasdiq mulohazadan predikatga qarama-qarshi qo‘yish
usuli bilan xulosa chiqarib bolmaydi. Chunki, juziy tasdiq mu
lohazani aylantirsak juziy inkor hukm kelib chiqadi. Undan al
mashtirish orqali xulosa chiqarib bolmaydi.
IV. Mantiqiy kvadrat orqali xulosa chiqarish.
Bunda oddiy qat’iy mulohazalarning o‘zaro munosabatlarini
(qarang: mantiqiy kvadrat) e’tiborga olgan holda, mulohazalardan
birining chin yoki xatoligi haqida xulosa chiqariladi. Bu xulosalar
mulohazalar o‘rtasidagi zidlik, qarama-qarshilik, qisman moslik
va bo‘ysunish munosabatlariga asoslanadi. Bu munosabatlarning
tahliliga ko‘ra xulosa chin bolgan quyidagi holatlarni ko‘rsatish
mumkin.
1. Asos mulohaza va xulosa chin bolgan: A—►
!, E—>0.
2. Asos mulohaza xato va xulosa chin bolgan: А—Ю, E—>1
Masalan: A. Hamma daraxtlarning ildizi bor.
I. Ba’zi daraxtlarning ildizi bor.
E. Hech bir faylasuf matematik emas.
I. Ba’zi faylasuflar matematikdir.
Bevosita xulosa chiqarish usullari bilish jarayonida mavjud
fikrni aniqlab olish, uning mohiyatini to‘g‘ri tushunish, Shu
ningdek, bir fikrni turli xil ko‘rinishda bayon qilish, yangi bilim-
lar hosil qilishga imkon beradi.
Sillogizm.
Deduktiv xulosa chiqarish aslida sillogizm shak
lida boladi. «Sillogizm» so‘zi qo‘shib hisoblash, degan ma’noni
beradi. Bu termin mantiq fanida, deduktiv xulosa chiqarishning
ko‘proq ishlatiladigan turi hisoblangan oddiy qat’iy sillogizmni
ifodalashda qollaniladi.
Sillogizm o‘zaro mantiqiy boglangan ikki qat’iy mulohazadan
Yüklə
Dostları ilə paylaş: