Falsafa asoslari


Yagona o‘xshashlik metodi


səhifə124/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   221
Falsafa asoslari

Yagona o‘xshashlik metodi. 
Unda o‘rganilayotgan hodisaning 
sababi haqidagi xulosa shu hodisaning kuzatilayotgan tomonlari- 
ni solishtirish, ularning o‘xshash tomonini aniqlash asosida hosil 
qilinadi. Bu metoddan foydalanib xulosa chiqarilganda, hodisa­
ning kuzatilayotgan hollari uchun faqat bitta holatgina umumiy 
bolsa, ana shu holat mazkur hodisaning sababi deb olinadi. Ya­
gona o‘xshashlik metodining formulasi:
1. A B C _____ a
2. A D E _____ a
3. A G F _____ a
Demak, A holat ma’lum darajada a hodisaning sababidir. 
Yagona tafovut metodi. 
Bu metod faqat ikki holatda, ya’ni 
hodisaning vujudga kelgan va kelmagan hollarini taqqoslash aso­
sida hodisaning sababini aniqlash usuli bolib, unda mavjud hol­
lar bir-biridan faqat bitta holati bilan farq qiladi. Shuning uchun 
ham mazkur holat kuzatilayotgan hodisaning sababi bolsa kerak, 
deb taxminiy xulosa hosil qilinadi.
A B C _____ a
B C _____ a emas.
Demak, A holat a hodisaning sababi bolishi mumkin.
Yoldosh o‘zgarishIar metodi. 
Yoldosh o‘zgarishlar metodiga 
muvofiq, bir holatning o‘zgarishi hodisaning o‘zgarishiga ham 
olib kelsa, shu holat kuzatilayotgan hodisa o‘zgarishining saba­
bidir.
1. A B C _____ a
2. A jB C _____ a
3. A2B C _____ a
N. AnB C --------an
Ehtimol, A holatning o‘zgarishi unga mos holda a ning 
o'zgarishiga sababchidir.
241


Qoldiqlar metodi. 
Bu metod tatbiq etiladigan obyekt murakkab 
hodisadan iborat bolib, bittasidan boshqa qismlarining sabablari 
aniq bolganda, ana shu qolgan qismni vujudga keltiruvchi sa- 
babni topish maqsadida qollaniladi.
A B C _____ abc
В _____ b
С _____ с
Demak, a ning sababi A bolishi mumkin.
Qoldiqlar metodiga kola, agar o‘rganilayotgan murakkab 
hodisani tashkil etuvchi hodisaning (yoki hodisa qismining) 
bitta holatdan boshqa holatlar bilan aloqasi zaruriy tavsifga ega 
bolmasa, ana shu qoldiq holat mazkur hodisaning (hodisa qis­
mining) sababi bolishi mumkin.
Ilmiy induksiyaning boshqa metodlari singari qoldiqlar meto­
di ham ehtimoliy bilim olish vositasi hisoblanadi.
ANALOGIYA — (grek. — moslik, o‘xshashlik) bavosita xulosa 
chiqarishning bir turidir. Deduktiv xulosa chiqarishda fikr umu- 
miylikdan juziylikka qarab, induksiyada juziylikdan umumiylikka 
qarab harakatlansa, analogiyada bir juziy holatdan boshqa juziy 
holatga qarab harakatlanadi.
Analogiyada predmetlarning o'xshash xossalariga asoslanib 
xulosa chiqariladi. Tabiat va jamiyatda obyektiv turli-tumanlik 
bilan bir qatorda, obyektiv o'xshashlik ham mavjud. Ular inson 
ongida o‘z ifodasini topadi. Obyektiv reallikning turli sohalariga 
oid qonun va qoidalar tuzilishi jihatidan o‘xshash bolsa, ular aks 
ettirgan voqelikdagi turli narsa va hodisalar ham ma’lum ma’noda 
o‘xshash boladi.
Analogiya vositasida bir predmetdan (modeldan) boshqa pred­
metga (prototipga) axborot o‘tkaziladi. Xulosa asoslari modelga, 
xulosa prototipga taalluqli boladi. Masalan, Imom G ‘azzoliy 
«Kimiyoi saodat» asarida dil (ko‘ngil)ni badan mamlakatining 
podshohi, aqlni esa uning vaziriga qiyoslab, «podshoh — Dil vazir
— Aqlning maslahati birla ish qilsa, shahvat va g‘azabni vazir Aql- 
ga bo‘ysundirsa, badan mamlakati (inson) saodatga erishadi. Agar 
Dil vazir Aqlni shahvat va g‘azab ilgida asir qilsa, badan mam-
242


lakati vayron bolib, podshoh Dil ham asir bolib, badbaxt va halok 
bolg^sidir»1, — deb yozadi. Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarish 
boshqa xulosa chiqarishlar kabi asos, xulosa va asos bilan hamda 
xulosa o‘rtasidagi mantiqiy aloqadan iboratdir. Uning xulosasi eh- 
timoliy shaklda bolib, keyingi tekshirishlarni talab qiladi. Aniq 
asoslardan ba’zan aniq, ba’zan ehtimoliy xulosa chiqadi.
Analogiya o‘zining obyektiv asosiga ega. Bular predmetlar, 
ularning xossalari o‘rtasidagi aloqa va munosabatlardir. Mo- 
deldan prototipga o‘tkazilayotgan axborotning tabiatiga ko‘ra 
analogiyaning ikki turi farqlanadi: xususiyatlar analogiyasi va 
munosabatlar analogiyasi.
Xususiyatlar analogiyasida ikki yakka predmet yoki bir turda- 
gi ikki predmetlar sinfi o‘xshash belgilariga ko‘ra o‘zaro taqqos- 
lanadi. 0 ‘xshash belgilarga asoslanib, birida mavjud bolgan 
belgining boshqasida ham bolishi mumkinligi haqida xulosa 
chiqariladi.
0 ‘xshatilayotgan predmetlarni A va В harflari bilan, belgilarni
a, b, с harflari bilan ifoda qilsak, xususiyatlar analogiyasini qu­
yidagi formula orqali ifodalash mumkin:
Sj - P,, P2, P3, P4, belgilarga ega.
S2 - Pl5 P2, P3, belgilarga ega.
Demak, S2 - P4 belgisiga ega.
Misol:
Oiladagi kelishmovchiliklar mehrni yo‘qotadi, oila a’zolari ni 
beobro‘ qiladi, ro‘zg‘orni bebaraka qiladi, bolalar tarbiyasiga 
e’tibor kamayadi.
Bu oila a’zolari bir-biri bilan doimo janjallashadi. Ular bir- 
biriga mehrsiz, mahallada obro‘yi yo‘q, ro‘zg‘ori bebaraka.
Demak, ular bolalar tarbiyasiga e’tiborsiz.
Munosabatlar analogiyasida ikki predmet o‘xshashligi asosida 
emas, ikki predmet o‘rtasidagi munosabatni o‘rganish asosida

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin