boshqa ikki predmet o‘rtasidagi munosabat haqida xulosa chiqa
riladi. Munosabatlar analogiyasini quyidagi
formula bilan ifoda-
lash mumkin:
A — В ga, С — D ga bolgandek munosabatda.
Bunda A — В model, С — D prototip boladi. Model va pro
totip o‘rtasidagi munosabat asimmetrikdir, ular turli predmet so-
halariga taalluqlidir. Masalan, imom G‘azzoliy inson jismi va
ruhi o‘rtasidagi munosabatni ot va chavandoz o'rtasidagi
muno-
sabatga taqqoslab, ruh tanani boshqarishi va har ikkisining yemi-
shi bir-biridan farq qilishi haqida xulosa chiqaradi.
Fikr yuritisbda mulohazalarni qurish va xulosa chiqarish bilan
bogiiq xatolar. Mulohazalar bilan bogiiq xatolar.
Mulohazalar
ni tushunchalarning mantiqiy boglanishi deb qarash mumkin.
Mulohazalar tarkibidagi tushunchalarning aniq bo‘lishi ularning
to‘g‘ri va chin bolishi uchun muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki,
mantiqiy ega va mantiqiy kesim mulohazalarning tarkibiy qismlari
bolib, ularning o‘zaro mantiqan to‘g‘ri bogliqligi ham fikrning
to‘g‘ri va chin bolishini ta’minlaydi. Quyidagi holatlarda mulo
haza yolg'on hisoblanadi:
1. Mantiqiy kesimda mantiqiy egaga xos
bolmagan xususiyat
tasdiqlansa (masalan, uchburchak burchaklarining yiglndisi 360°
ga teng).
2. Mantiqiy kesimda mantiqiy egaga xos bolgan xususiyat in
kor qilinsa (masalan, mevali daraxtlar bahorda gullamaydi).
3. Juziy chin bolgan mulohaza ba’zi holatlarda umumiy deb
qabul qilinsa (masalan, «Ba’zi o'quvchilar mas’uliyatsiz» mulo-
hazasini «Hamma o‘quvchilar mas’uliyatsiz»
mulohazasi bilan
almashtirilsa).
Xulosa chiqarish bilan bogliq xatolar.
Fikr yuritish jarayonida eng ko‘p uchraydigan mantiqiy xatolar
xulosa chiqarish bilan bogliq. Bunga sabab xulosa chiqarishning
har bir turiga xos bolgan qoidalarni bilmaslikdir. Shunday xato-
lardan ba’zilarini ko‘rib chiqamiz.
Umumiy mulohazalarga asoslanib (sillogistik)
xulosa chiqa-
rishda keng tarqalgan xatolardan biri sillogizm I figurasining qoi-
dasi buzilishining natijasida vujudga keladi. Bunga ko‘ra I figura
244
bo'yicha kichik asos inkor mulohaza bolganda hosil qilingan xu
losa noaniq (ko‘pincha xato) boladi. Masalan:
Hamma advokatlar yuristdir.
Bu kishi advokat emas.
Bu kishi yurist emas.
Xulosaning noaniq bolishiga sabab,
yuristlar faqat advokat
emas, balki o‘qituvchi yoki olim bolishlari ham mumkin.
Yana bir xato sillogizm II figurasi qoidasi buzilishining nati-
jasida vujudga keladi. Masalan:
Hamma okulistlar shifokordir.
Bu ayol shifokor.
Bu ayol okulistdir.
Shifokorlar faqat okulist (ko‘z shifokori) emas, balki stomato-
log, kardiolog, xirurg bolishlari ham mumkin.
Yakka mulohazalarni umumlashtirib (induktiv) xulosa chiqa
rishda eng ko‘p uchraydigan mantiqiy xato «undan keyin, de
mak, shu sababga ko‘ra» deb ataladi. Bu xato oldinma-ketin kel
gan hodisalarning
hammasida awalgisi sabab, keyingisi oqibat
boladi, degan flkrga asoslanish natijasida yuzaga keladi.
0 ‘xshatish (analogiya)ga asoslanib xulosa chiqarilganda,
taqqoslanayotgan hodisalarning nomuhim
belgilari asos qilib
olinsa, mantiqiy xatoga yo‘1 qo‘yiladi. Masalan:
Aziza va Robiya bir sinfda o‘qiydi, yoshlari va bo'ylari teng.
Aziza ingliz tilini yaxshi biladi.
Demak, Robiya ham ingliz tilini yaxshi biladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan mantiqiy xatolarga yo‘1 qo'ymaslik
uchun quyidagi qoidalarga amal qilish zarur:
1. Mantiqiy kesimda mantiqiy egaga xos bolgan xususiyat do-
imo tasdiqlanishi shart.
2. Mantiqiy kesimda mantiqiy egaga xos bolmagan xususiyat
doimo inkor qilinishi shart.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: