ifoda qilib keladi va ma’lum bir umumiy bilimdan, masalan, qo-
nundan argument sifatida foydalanilib, uning chinligi asoslanadi.
Masalan, « 0 ‘zbekiston — mustaqil davlatdir»,
degan mulohaza
(tezis)ning chinligi « 0 ‘zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon
qilinishi, uning xalqaro miqyosda e’tirof etilishi» kabi asoslar
yordamida isbotlanadi.
Bavosita argumentlash (isbotlash)da
esa tezisning chinligi unga
zid bolgan mulohazaning (antitezisning) xatoligini ko‘rsatish
orqali asoslanadi. Antitezis qanday shaklda ifodalangan bolishiga
qarab apagogik isbotlash va ayiruvchi isbotlash farq qilinadi.
Apa-
gogik argumentlash (isbotlash)
tezis (a) va antitezis (]a) o‘rtasidagi
munosabatga asoslanadi. Masalan, «muloqot insonlarni birlashti-
radi», degan mulohazaning chinligini
asoslash uchun unga zid
bolgan «muloqot insonlarni birlashtirmaydi», degan mulohaza
olinadi.
Apagogik argumentlash (isbotlash)da antitezis topilib (1-bos-
qich), vaqtincha chin deb qabul qilinadi va undan ma’lum bir
natija keltirib chiqariladi (2-bosqich), so‘ngra
bu natijalarning
xatoligi ko‘rsatiladi (3-bosqich) va demak, tezisning chinligi is
botlanadi.
Ayiruvchi argumentlash (isbotlash)da
tezis sof ayiruvchi mu
lohazaning (kuchli diz’yunktsiyaning) bir a’zosi bolib,
uning
chinligi boshqa a’zolarining (antitezisning) xatoligini ko‘rsatish
orqali asoslanadi. Masalan, «Bu xatni do‘stlarimdan A, yo B,
yo С yozgan», degan fikr tekshirilib, «xatni В ham, С
ham
yozmaganligi»ligi aniqlanadi va shu tariqa «Xatni A yozgan»,
degan mulohazaning chinligi asoslanadi. Bu misolda isbotlash
ayiruvchi — qat’iy
sillogizmning inkor etib, tasdiqlovchi modusi
bo‘yicha qurilgan. Ayiruvchi isbotlashda barcha muqobil variant-
lar toliq olingandagina
xulosa chin boladi, ya’ni tezis isbotla
nadi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: