Falsafa asoslari


Raddiya. Rad etish usullari


səhifə129/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   221
Falsafa asoslari

Raddiya. Rad etish usullari.
Raddiya — argumentlash (isbotlash)ni 
buzishga qaratilgan 
mantiqiy amal.
Birorta fikrning chinligini rad etish ayni paytda unga zid 
bolgan fikrning xatoligini ko‘rsatishdan iborat bolganligi uchun
248


raddiyani argumentiash (isbotlash)ning xususiy ko‘rinishi, deb 
hisoblash mumkin. Raddiya ham argumentiash (isbotlash) kabi 
tezis (rad qilinishi lozim bolgan mulohaza), argumentlar (tezisni 
rad qiluvchi mulohazalar) va demonstratsiya (rad etish usuli) 
dan tashkil topgan boladi. Raddiya birorta masalani muhokama 
qilish, ya’ni bahs, munozara jarayonida uchraydi. Bahs qatnash- 
chilaridan biri ma’lum bir tezisni ilgari surib, uni himoya qilsa 
(proponent), boshqasi unga qarshi chiqadi (opponent). Hal qilin- 
magan, munozarali masalalar bo‘yicha olib boriladigan bahslar 
polemika 
hisoblanib, unda qarama-qarshi tezislar asoslanibgina 
qolmay, balki tanqidiy analiz ham qilinadi.
Raddiya uch xil usul bilan amalga oshiriladi:
I. Tezisni rad etish
II. Argumentlarni rad etish
III. Demonstratsiyani rad etish.
I. Tezisni rad etish.
Tezisni rad etishning quyidagi usullari mavjud:
1. Faktlar orqali rad etish. Bu eng ishonchli va samarali usuldir. 
Bunda bolib o‘tgan voqealar, statistik ma’lumotlarga asoslanib 
tezis rad etiladi. Masalan, «Bu qolyozma XVII asrda yozilgan», 
degan tezisni rad etish, ya’ni uning noto‘g‘ri ekanligini isbotlash 
uchun yozuv usuli, qog‘ozning turi, qaysi alifboda yozilganligi 
kabi faktlarga asoslanamiz va tezisni rad etamiz.
2. Tezisdan kelib chiqadigan natijalarning xatoligini (yoki 
ziddiyatli ekanligini) ko‘rsatish orqali rad etish. Bunda tezisdan 
kelib chiqadigan natijalarning chin emasligi asoslab beriladi. Bu 
usul «bema’nilikka olib kelish», deb ataladi. Rad etilayotgan tezis 
vaqtincha chin deb tan olinadi, undan kelib chiqadigan natijalar 
aniqlanib, bu natijalarning haqiqatga zid, noto‘g‘ri ekanligi isbot- 
lanadi. Chin asosdan xato natija kelib chiqmaydi, aks holda bu 
bema’nilik boladi. «Bema’nilikka olib kelish» usulining formu­
lasi quyidagicha: (a—>b) -> ((a-»b)-»a).
3. Tezisni antitezisni isbotlash orqali rad etish. Rad etilayotgan 
tezisga zid bolgan yangi tezis (antitezis) olinadi va isbotlanadi. 
Uchinchisi istisno qonuniga muvofiq, antitezisning chinligidan 
tezisning xatoligi keltirib chiqariladi.
249



Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin