Falsafa asoslari


Axloqning tarbiyaviy funksiyasi


səhifə146/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   221
Falsafa asoslari

Axloqning tarbiyaviy funksiyasi 
- bu jamiyatda mavjud bolgan 
tarbiya tizimini umuminsoniyat tomonidan e’tirof etilgan axloqiy 
norma, urf-odat, an’analarga moslashtirish va shu asosda fuqaro- 
larni axloqiy jihatdan tarbiyalash ishlarini tashkil etishni amalga 
oshiradi.
Axloqning kommunikativ funksiyasi 
— bu umumiy axloqiy qad­
riyatlarni ishlab chiqish uchun odamlar o‘rtasida fikr almashish
bir-birini tushunib umumiy xulosalarga kelishda o‘zaro aloqa 
qilish vositasi vazifasini bajaradi. Xullas, axloq tufayli xalqlar, 
elatlar, millatlar bir-birlari bilan aloqada bolib, fikr almashib, 
o‘zlariga xos, manfaatlariga mos keladigan umuminsoniy axloqiy 
qadriyatlarni ishlab chiqadilar hamda ularga oglshmay amal qi- 
lishni yolga qo‘yadilar.
Yuqoridagi fikrlar axloqning jamiyat ijtimoiy hayotida muhim 
o‘rin egallashidan dalolat beradi.
Axloq tuzilmasida 
uch omil — asos — axloqiy ong, axloqiy his- 
siyot va axloqiy xatti-harakatlar muhim o‘rin tutadi.
Axloqshurfoslik tizimida uchta asosiy unsur, ya’ni odob, xulq 
va axloq tushunchalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
Odob — inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin 
jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida burilish yasaydigan darajada 
muhim ahamiyatga ega bolmaydigan, milliy urf-odatlarga asos- 
langan chiroyli xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi.
Xulq 
— oila, jamoa, mahalIa-ko‘y miqyosida ahamiyat- 
li bolgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta’sir 
ko‘rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmuyi.
Axloq 
— jamiyat, zamon, ba’zan umumbashariy ahamiyatga 
ega, insoniyat tarixi uchun namuna bola oladigan ijobiy xat­
ti-harakatlar yig‘indisi, insoniy kamolot darajasini belgilovchi 
ma’naviy hodisa.
Etikaning boshqa ijtimoiy fanlar bilan aloqadorligi. Etika va
estetika. 
Etika boshqa ijtimoiy va falsafiy fanlar bilan o‘zaro alo- 
qadorlikda rivojlanib kelmoqda. Ayniqsa, uning estetika bilan
270


aloqasi qadimiy va o‘ziga xos. Avvalo, insonning har bir xatti-ha- 
rakati va niyati ham axloqiylikka, ham nafosatga tegishli boladi, 
ya’ni muayyan ijobiy faoliyat ham ezgulik (ichki go‘zallik), ham 
nafosat (tashqi go‘zallik) xususiyatlarini mujassam qiladi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin