Falsafa asoslari


səhifə152/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   221
Falsafa asoslari

Shafqat. 
Shafqat istilohi hozirgacha etikaga doir asosiy o‘quv 
adabiyotlarda va ilmiy tadqiqotlarda asosiy mezoniy tushuncha 
sifatida taqdim etilmaydi. Vaholanki shafqatning ildizi inson 
shaxsiga b o lg an muhabbatga borib taqaladi, u ham m uhab­
bat kabi qamrovli hissiyot. Agar muhabbat mehrga asoslansa, 
shafqat muruvvat bilan bogliq. Lekin u ayni paytda muruv- 
vatdan jiddiy farq qiladi. Muruvvat bir insonning ko‘p hollar­
da o‘ziga aloqasi yo‘q boshqa bir insonga achinish hissi orqali 
yordamga qo‘1 cho‘zishi b o lsa, shafqat kishining o‘ziga aloqa- 
dor odamga, aybdor, gunohkor, ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy
280


jazolanishga loyiq kimsaga kechirim lilik orqali insonparvarlik 
ko‘rsatishdir.
Shafqat hissi shafqatga muhtoj kishi o‘rniga xayolan o‘zini 
qo‘yib fikr yuritish orqali vujudga keladigan, o‘zga bir inson iz- 
tiroblarini yengillatishga qaratilgan axloqiy hodisadir. G ‘azab 
insondagi hayvoniy xislat bolsa, shafqat insoniylik belgilaridan 
biridir.
Ideal. 
Inson ideal sari intiladi, o‘z hayotini unga qiyoslaydi
unga taqlid qiladi. U inson hayotidagi eng oliy axloqiy talabki, 
uning bajarilishi shaxsni komillikka yetkazadi. Albatta, hayotda 
bunga to la erishib bolmaydi, lekin inson ana shu komillikni 
o‘ziga namuna bilib, idealga intilib yashashi jarayonida nisbiy- 
hayotiy komillikni qolga kiritadi.
Dunyoviy ideal bilan, to‘g‘rirog‘i, ijtimoiy-axloqiy ideal bi­
lan diniy ideal, bir qaraganda, o‘xshashdek ko‘rinsa-da, aslida 
keskin farq qiladi. Chunonchi, musulmonlar uchun — M uham ­
mad (s.a.v.), nasroniylar uchun — Hazrati Iso, yahudo dinidagi- 
lar uchun — Hazrati Muso ideal hisoblanadi. U lar ideal sifatida 
hech qachon o‘zgarmaydi, boqiy. Ijtimoiy-axloqiy ideallar esa 
o‘zgarishi m um kin va ko‘p hollarda o‘zgarib turadi. Masalan, 
sho'rolar davrida o‘sha tuzum asoschisi Lenin — eng yuksak ax­
loqiy ideal sifatida talqin etilardi va ko‘pchilik tom onidan shun­
day qabul qilinardi. Hozir esa «Kuch — adolatda!» degan shiorni 
hayotining m a’nosi deb bilgan buyuk ajdodimiz A m ir Temur 
ko‘pchilik tom onidan ijtimoiy-axloqiy ideal, adolatli davlat 
rahbarining namunaviy timsoli tarzida qabul qilinadi. Demak, 
muayyan tuzum talablaridan kelib chiqqan holda, ijtimoiy-axlo­
qiy ideallar o‘zgarishi mumkin.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin