Amir Temur va temuriylar davri falsafasi.
Insoniyat tarixida
shunday davrlar borki, unda buyuk ishlarga tayyor millatlar,
45
o‘zining yolboshchilari yetakchiligida, tarixning muayyan qisqa
bosqichlarida ming yillarda qolga kiritish mumkin bolgan nati-
jalarga erishganlar. Aynan ana shunday davrlar insoniyat tarixiga
shu millatga mansub buyuk kishilarning o‘chmas nomini bitadi,
jahon madaniyatini boyitadi, umumbashariy taraqqiyotga katta
hissa bolib qo'shiladi.
Temur va temuriylar davri xuddi ana shunday, mo‘g‘ul bos-
qinchilaridan ozod bolgan xalqimizning milliy dahosi eng yuk
sak cho‘qqiga ko‘tarilgan davrdir. Bu davr falsafasi xalqimizning
sohibqiron Temur boshchiligida ozodlikka erishgan va mustaqil-
likni saqlash hamda mustahkamlash uchun amalga oshirgan
buyuk ishlarining ifodasidir. Bu xalqimizning markazlashgan
davlat tuzish, milliy davlatchiligini tiklash va barqaror qilish,
mustaqil yashash orzularining ushalgan davridir.
Mo‘g‘ullar o‘rnatgan mustabid tuzum ning Amir Temur
dunyoga kelgan davrida yerli aholi o‘rtasida chuqur ijtimoiy va
m a’naviy uyg‘onish jarayoni borayotgan edi. Bu jarayon, «Tarixi,
o‘sha davrdayoq, ming yilliklar qa’riga ketgan buyuk xalq mus-
tamlakachilik azobida yotaveradimi?» yoki «Mustaqillik uchun
kurash olib borishda davom etadi va ozodlikka erishadimi?» de
gan asosiy savollar atrofida ro‘y berayotgan edi.
Mo‘g‘ullar m amlakatimizni siyosiy va harbiy jihatdan istilo
qilgan edilar, ammo uni m a’naviy bo‘ysundirish, madaniy jihat
dan mo‘g‘ullarning ustunligi to‘g‘risida gap ham bo lish i mum
kin emas edi. Ko‘chmanchilik va shaharlarni g‘orat qilishdan
boshqasiga yaramaydigan, o‘troq hayotga mensimay qaraydigan
Chingiz avlodlari ma’naviy va madaniy jihatdan o‘zlaridan us
tun bo lg an xalqqa nim a ham bera olar edilar? U lar o‘z hukm-
ronligining oxirigacha ham Vatanimizda birorta tuzukroq ya
shash mumkin bolgan yangi shahar barpo etmadilar, madaniyat
o‘choqlarining yuksalishi uchun imkon bermadilar, yerli aholi
orasidan chiqqan barkamol kishilarni qilichdan o‘tkazib turdilar.
Ammo xalq irodasini buka olmadilar, uning ozodlik va mus
taqillikka intilishini to‘xtatib qo‘ya olmadilar. A m ir Temur ana
shu harakatning natijasi, xalqining milliy g‘oyalarini ro‘yobga
chiqarish uchun tarixiy shakllangan zaruriyat, o‘sha paytda har-
46
biy uyushqoqlik, siyosiy hushyorlik, fidokorlik jihatidan jahonda
tengi yo‘q millatga aylangan xalq dahosi yaratgan buyuk jahongir
edi. Xalq jahongirga aylanganida o‘zining jahongirini yaratadi.
Gohida bir jahongir millat boshqasini uyg‘otib yuboradi. Bu esa
tarixning muayyan hududdagi eng burilish nuqtalariga to‘g‘ri ke
ladi.
Ba’zilar Temur falsafiy asarlar yozmagan-ku, uning falsafaga
aloqasi bormi, deb o‘ylaydi. Aslida Temurning hayoti va faoliyati
falsafadan iborat emasmi? U falsafiy xulosalar chiqarish uchun
boshqa kishilarning hayoti va asarlaridan ham mazmunliroq
hayot emasmi? Falsafani faqat kitoblardangina ovrganish mum-
kinmi? Aslida, falsafani to‘la-to‘kis kitobga tushirib bo‘lmaydi.
Kitobga tushirilgan falsafa muayyan tizimga keltirilgan falsafiy
bilimlar sistemasi xolos. Temur va temuriylar davrini tarix falsa
fasi va falsafa tarixini uyg‘un tarzda yozish orqali nisbatan to‘g‘ri
ifodalash mumkin. A m ir Temurning hayoti, uning faoliyati,
temuriylar davridagi madaniy jarayonlar, ilm-fan rivoji kabi ma
salalar esa bir necha falsafiy kitoblar, o‘nlab tadqiqotlar uchun
mavzu ekanligi aniq. Qolaversa, Temur va temuriylar kabi ilm-fan,
madaniyat va san’atni, falsafa va adabiyotni nozikta’b tushungan,
o‘zlari ham bu sohalarda ajoyib yutuqlarga erishgan siyosiy su~
lolalarni jahon tarixidan topish qiyin. Bu sulola vakillari orasida
she’r yozmagan, adabiy mashqlar qilmagan, fan-madaniyatga
qiziqmagan biror temuriyzoda bolm asa kerak. Tarix shundan
dalolat beradiki, yurt boshliqlari fan va madaniyatga qiziqqan,
m a’naviyatni yuksaklikka ko‘tarish uchun kurashgan o lkada
bu sohalarda haqiqiy yuksalish boladi. Siyosiy ta’minlanganlik,
boshqa sohalar bilan birgalikda, madaniy taraqqiyotning eng
asosiy omili ekanligini rad qilish unchalik o‘rinli emas. Madani-
yatparvar va millatparvar Am ir Temur va temuriyzodalar o'sha
davr m a’naviy taraqqiyoti uchun siyosiy va iqtisodiy asoslarni
to‘la-to‘kis yaratgan arboblar edi. Xalqimizning asrlar osha ular
ruhiga m innatdorlik tuyg‘usi bilan yondashuvi, haligacha o‘z far-
zandlariga bu sulola vakillari nom larini qo‘ ib yurishi, bugungi
kunlarda ham o‘sha zamondan tashbehlar izlayotganining sa
bablaridan biri ham ana shunda.
47
Amir Temur ibn Tarag‘ay Bahodir (1336—1405) Kesh (Shahri-
sabz) shahri yaqinidagi Xo‘ja ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kel
di. Uning eng asosiy tarixiy xizmatlari shundan iboratki, u
mo£g‘ullarning bosqinchilik va vayronkorliklariga qarshi kurashib,
0 ‘rta Osiyoni ulardan xalos etdi. Mayda feodal va mulkdorlar-
ning o‘zaro nizolariga barham berib, kuchli markazlashgan davlat
barpo qildi. Mamlakatda tartib-intizom va qonun ustuvorligini
ta’minladi. Uning davrida «Kuch — adolatda» tamoyili amalga
oshdi, iqtisod va madaniyat yuksaldi, o‘zga mamlakatlar bilan
must ah kam aloqalar o‘rnatildi.
Am ir Temur mohir harbiy sarkarda sifatida nom qozondi. U
o‘z hayotini Movarounnahr xalqining farovonligi, yurt obodon-
chiligi uchun sarfladi, uning davrida hashamatli binolar, qurilish
inshootlari, go‘zal boglar bunyod qilindi, maktab va madrasa-
lar, masjidlar qurildi, mamlakatimiz Sharqning go‘zal hududiga
aylandi.
Temurning yana bir ulkan xizmati shuki, u madaniyat va ilm-
fan homiysi sifatida mashhur boldi, o‘z saroyiga olimu fuzalo va
din arboblarini to‘pladi. Xoja Afzal, Jalol Xokiy, Mavlono Xoraz-
miy, Mavlono Munshiy va boshqalar uning saroyida ilm-fan va
badiiy ijod bilan mashg‘ul boldilar. Bobur Mirzoning xabar beri-
shicha, o‘sha davrda Samarqand eng go‘zal shahar edi. Ispan
sayyohi R. G. Klavixo Samarqandning go‘zalligiga qoyil qolgan
edi. Temur hukmronligi davrida ichki va tashqi savdo kuchaydi.
Ayniqsa, Hindiston, Xitoy, Rusiya, arab mamlakatlari bilan alo-
qalarning kuchayishi Temur saltanati iqtisodiy qudratini oshirdi.
Temur va temuriylar davrida islom dini va tasavvufga katta e’tibor
berildi. Islom dini o‘sha davrda asosiy mafkura bo‘lib, markaz
lashgan davlat barpo etishda, iqtisod, madaniyat va ilm-fan so-
hasidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirishda nazariy asos
b o lib xizmat qildi. Temur o‘z faoliyatida unga tayanib ish ko‘rdi.
Temuriylar davrida tasaw u f ta ’limoti keng quloch yoydi.
Sohibqiron tasaw u f qoidalaridan mamlakatdagi salbiy illatlarni
yo‘qotishda, turli janjal va nizolarni bartaraf qilishda, haqiqat
va adolat o‘rnatishda, insonparvarlik g‘oyalarini tarqatishda foy-
dalangan. Temur tasavvufdagi poklanish, to‘g‘ri va sofdil bolish,
zino va fahsh ishlar bilan shug‘ullanmaslik, harom-xarish ishlar-
dan qochish, halol mehnat qilish, biror kasbni egallash, muhtoj-
larga mehr-shafqat ko‘rsatish kabi g'oyalarni xalqqa singdirish
uchun kurash olib bordi. Naqshbandlik tariqatining yirik shayx-
lari bo‘lmish Sayyid Am ir Kulol, Shayx Abu Bakr Tayobodiy,
M ir Sayyid Barakalar Temurning pirlari bolib, sohibqiron ular
bilan tez-tez muloqot qilib turgan.
Temuriylardan Shohruh, Ulug‘bek, Xusayn Boyqaro, Bo~
bur Mirzolar davlatni boshqarishda, din va tasaw uf qoidala-
riga amal qilishda, ilm-fan va madaniyatni rivojlantirishda
uning an’analarini izchil ravishda davom ettirdilar. Bu davrda
me’morchilik san’ati yuksak darajaga ko‘tarildi. Amir Temur
Ko'ksaroy masjidi, Shoxizinda, Bibixonim madrasasini qurdirdi.
Keshda (Shahrisabz) Oqsaroy barpo qila boshladi. Mirzo Ulug‘bek
davrida 1417—1420-yillarda Registonda, keyinchalik Buhoroda,
1432—1433-yillarda Gljduvonda madrasalar qurildi, Bibixonim
masjidi, G o‘ri Amir maqbarasi qurib bitkazildi. 1429-yili esa
Ulug‘bekning falakiyot rasadxonasi nihoyasiga yetdi. Xirotda
ham ko‘plab me’morchilik binolari barpo qilindi. Ular jumlasiga
masjid, madrasa va xonaqohlardan iborat bolgan Gumbazi sabz,
Alisher Navoiy qurdirgan «Ixlosiya», «Nizomiya», «Shifoiya»
madrasalari, Marv shahridagi «Xusraviya» madrasasi va boshqalar
kiradi. Navoiy yashagan zamonda Xirotda «Sharq Rafaeli» deb
nom olgan Kamoliddin Behzod (1456—1535) va shoh Muzaffar
kabi dunyoga mashhur rassomlar ijod qildi. Behzod «Zafarnoma»
kitobiga, Xusrav Dehlaviyning «Xamsa», Sa’diyning «Bo'ston»
asarlariga naqsh bergan va Xusayn Boyqaro, Xotifiy, Jomiy va
boshqalarning rasmini chizgan, xalqning mehnatini, tabiat man-
zaralarini haqqoniy tasvirlagan.
X IV-XV asrlarda Movarounnahr va Xurosonda ilm-fanning
ko‘p sohalarida yuksalish yuz berdi. Jahonga mashhur olimlar,
tabiatshunoslar va shoirlar yetishib chiqdi. Tibbiyot, riyoziyot,
handasa, tarix, adabiyot, jo‘g‘rofiya, pedagogika, mantiq, fal
safa, axloqshunoslik va boshqalarga e’tibor berildi. Ayniqsa, ba
diiy adabiyot va adabiyotshunoslik tez rivoj topa boshladi, ularda
o‘sha davrning muhim ijtimoiy muammolari va insonparvarlik
49
g‘oyalari olg‘a surildi. «Gul va Navro‘z» muallifl Lutfiy (1366—
1465), «Bexro‘z va Bahrom» asarini yozgan Binoiy (1453—1512),
«Tazkirat ush-shuaro» (shoirlar haqida tazkira)ning muallifl
Davlatshoh Samarqandiy, «Yusuf va Zulayho», «Maxzan ul-as-
гог» (Sirlar xazinasi) asarlarining mualliflari Durbek (XIV—XV
asrlar), Haydar Xorazmiy hamda Kamol Xo‘jandiy (1402-yilda
vafot etgan), Hofiz Xorazmiy (XIV—XV asrlar), Ismat Buxoriy
(1365—1436), Yaqiniy (XV asr), Hiloliy (XV asr), Atoiy (XV asr)
va boshqalar o‘sha davrda yashab ijod etdilar.
Bu davrda tarix faniga e’tibor kuchaydi, yirik tarixnavislar
paydo boldi. Temuriylar davrida Abdurazzoq Samarqandiyning
(1413—1482) «Matlaa as-sa’dayn va majma’ al-baxrayn» («Ikki
dengizning qo‘shilishi»), Hofizi Abruning (1361—1430) «Zub-
dat at-tavorix» («Tarixlarning sarasi»), Muyiniddin Isfizoriyning
(1494-yilda vafot etgan) «Ravzat al-jannat fi avsof madinat», Fos-
ix Havofiyning (1375—1442) «Mujmali fosixiy», Sharafiddin Ali
Yazdiyning (1454-yilda vafot etgan) «Zafarnoma»si, Nizomid-
din Shomiyning (XIV asr XV asrning boshi) «Zafarnoma»si va
boshqalar mashhur edi.
0 ‘sha zamonning eng m ashhur tarixchilari Mirxond (1433—
1498) va Xpndamir (1475—1535) edilar. M irxond Xirotda taval-
lud topib, shu yerda ijod qilgan. Uning asosiy tarixiy asari 7
jilddan iborat b o lib , «Nabiralar, podshohlar va xalifalar tarjimai
hollari haqida poklik boglari» deb ataladi. U olti jildini yozib
vafot etadi, yettinchisini nabirasi Xondamir yozib tugatadi.
Xondamir ham Xirotda tugllib, yoshligidan tarixnavislikka ha-
vas qo‘yadi. U Agrada vafot etadi. Uning m uhim risolalari «Ma-
korim ul-axloq», «Habib us-siyar», «Vazirlar uchun qollanm a»
va boshqalardir.
X IV-XV asrlarda mantiq, tabiiy-ilmiy fanlar, ayniqsa falaki-
yot, falsafa va axloqshunoslikka katta e’tibor berildi. Mantiq ilmi-
ning yirik vakillaridan biri Sa’diddin Taftazoniydir (1322—1392).
U Niso viloyatiga qarashli Taftazon qishloglda dunyoga keladi.
Yoshligidan ilohiyot fanlari, arab tili, nutq san’ati va mantiq bilan
shug‘ullanadi. Taftazoniy madrasalarda mudarrislik qildi. Turkis-
ton, Hirot, Jom, Gljduvon madrasalarida talabalarga dars berdi.
50
Taftazoniy shuhrati, ilmiy ishlari Yaqin va 0 ‘rta Sharq mam-
lakatlariga keng tarqaldi. Temurning taklifi bilan alloma Samar-
qandga kelib, shu yerda um rining oxirigacha yashadi. Taftazoniy
40 dan ortiq risolalarning muallifidir. Muhimlari: «Taxzib al~
mantiq val-kalom» («Mantiq va kalomga sayqal berish») «Mux-
tasar al-maoniy» (Ritorikaga oid «qisqacha ma’nolar»), «Al-ir-
shod al-xodiy», (Arab tili grammatikasiga oid «Yo‘1 boshlovchi
rahbar»), «Al-maqosid at-tolibin» (Falsafa va kalomga oid «Tolibi
ilmlarning maqsadlari») va boshqalar. Taftazoniy o‘tmish olimla-
rining juda ko‘p asarlariga sharhlar ham bitgan.
0 ‘sha davrning yana bir atoqli allomasi M ir Sayyid Sharif
Jurjoniy Astrobod shahri yaqinida tug‘ilgan. Jurjoniy Istambul,
Qohira, Xirot, Sheroz shaharlarida bolib, ulardagi olimlardan
ilm sirlarini o‘rganadi. 1387-yildan boshlab Samarqand madrasa-
larida mantiq, falsafa, falakiyot, fiqh va adabiyot, munozara ilmi
va boshqalardan dars beradi. Jurjoniy 50dan ortiq risolalarning
muallifi bolib, ularning aksariyati mantiq, fiqh, falsafa va tabi-
atshunoslikning muhim muammolariga bag‘ishlangan. Olimning
«At-ta’rifot» («Ta’riflar»), «Odob ul-munozara» («Munozara olib
borishning qoidalari haqida risola»), «Suqro» («Kichik dalil b o la
oladigan hukm»), «Kubro» (Katta dalil b o la oladigan hukm»),
«Avsat dar mantiq», («Mantiqda o‘rta xulosa»), «Risolayi vujudi-
ya» («Borliq haqida risola») va boshqa asarlari mavjud. Bulardan
tashqari, Jurjoniy salaflarining, xususan ibn Sino, Chaqminiy va
Nasriddin Tusiylarning asarlariga sharhlar yozganligi m a’lum.
Umuman olganda, Taftazoniy va Jurjoniyning falsafiy va
mantiqiy qarashlari ilm-fan rivojida katta hissa b o lib qo'shildi
va keyingi davrlarda yashagan mutafakkirlarning dunyoqarashiga
samarali ta’sir ko‘rsatdi.
Jahon ilm-fani taraqqiyotiga katta ulush qo‘shgan buyuk
falakiyotchi olim va davlat arbobi M uhammad Tarag‘ay Ulug‘bek
(1394—1449) matematika va falakiyot sohasida barkamol ijod qil
gan. Uning otasi, Am ir Temurning o‘g‘li Shoxruh M irzo edi.
Ulug‘bek yoshligidan ilm bilan qiziqdi. Unga taniqli olimlar
qozizoda Rumiy va Glyosiddin Jamshid ustozlik qildilar. U gar-
chi davlat arbobi b o lsa ham, madaniyat va ilm-fan ravnaqiga ko‘p
51
kuchini sarfladi, matematika, astronomiya, geometriya, tarix,
kimyo va boshqa sohalarda ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Olimning
dunyoqarashida Aflotun, Arastu, Ptolemey, Muhammad Xoraz-
miy, al-Farg‘oniy, Forobiy, ibn Sino, Beruniy va boshqalarning
asarlari muhim o‘rin egalladi.
Ulug‘bekning ulkan ishlaridan biri uning Samarqandda,
Ko‘xak tepaligida, Obi Rahmat arig‘ining bo‘yida, rasadxona bar
po etganligidir. Ushbu rasadxona qurilishi 1424-yilda boshlanib,
1429-yilda tugallandi. Olimning eng muhim asari «Ziji jadidi
Ko‘ragoniy» deb ataladi. Undan tashqari, Ulug‘bek matematikaga
oid «Bir daraja sinusni aniqlash haqida risola», astronomiyaga
bag‘ishlangan «Risolayi Ulug‘bek» va tarixga oid «To‘rt ulus tari
xi» kitoblarini yozdi. Ulug‘bek mantiq ilmi, fiqhshunoslik, mu-
siqa va adabiyot nazariyasini yaxshi bilar edi. Olimning «Ziji»
ikki qism, muqaddima va 1118 yulduzning o‘rni va holati aniqlab
berilgan jadvallardan iborat.
Ulug‘bek o‘z atrofiga qobiliyatli olim larni to ‘pladi, o‘zga
mamlakatlardan iqtidorli allomalarni taklif etdi. Ana shunday
olim lardan biri G ‘iyosiddin Jamshid al-Koshiy (1430-yilda va-
fot etgan) b olib, u yirik riyoziyotchi va falakiyotchidir. Uning
asarlari «Miftox ul-hisob» («Hisob kalidi»), «Risola al-muhitiya»
(«Doira haqida risola») va boshqalardir. XVI asrdan boshlab
Yevropa mamlakatlarida uning kashfiyotidan foydalana bosh-
ladilar.
Tarixda Ali qushchi nomi bilan mashhur bo‘lgan Alouddin
Ali ibn Muhammad Qushchi (1403—1474) Ulug‘bekning shogir-
didir. U ilmiy ishlarini falakiyot va riyoziyot sohasida olib bordi.
Uning asarlari: «Arifmetika ilmi haqida risola», «Mantiq risolasi»,
«Astronomiyaga oid risola» va boshqalardir. Ali Qushchi «As
tronomiyaga oid risola»sida Oy va Quyosh tutilishi qonuniyatla-
rini ilmiy asoslab berdi. Olim tabiat sirlari va uning qonuniyatla-
rini o‘rgandi, jismlar harakati va ularning oddiydan murakkabga
o‘tishi to‘g‘risida o‘z fikrlarini ilgari surdi.
Umuman shuni ta’kidlash lozimki, Ulug‘bek va u asos sol-
gan astronomiya maktabi koinotdagi hodisalarni o‘rganishda
muhim rol o‘ynadi, o‘sha vaqtgacha fanga ma’lum bolm agan
52
hodisalarni idrok qilib, inson aql-zakovatining bilish imkoniyat-
larini kengaytirdi, keyingi davrlarda yashagan olimlarga samarali
ta’sir ko‘rsatdi. Ulug‘bekning astronomiya sohasidagi g'oyalarini
Yevropada XVI asrdan boshlab Kopernik, Galiley va boshqalar
rivojlantirdilar.
Ulug‘bek Islom diniga chuqur e’tiqod qo'ygan, ilohiyot rivojiga
munosib hissa qo‘shgan, maktab va madrasalar qurishga e ’tibor
bergan shoh va jahonga mashhur olim edi. Lekin sobiq sho‘rolar
davrida uning tabiiy-ilmiy qarashlari Islom diniga qarshi qa ra
ti ldi, hatto uni ateist darajasiga ko‘tarishga urinishlar ham boldi.
«Ulug‘bek Mirzo, — deb ta’kidlagan edi Alisher Navoiy, ~ do-
nishmand podshoh edi. Kamoloti bag‘oyat ko‘p erdi». «Temurxon
naslidin Mirzo Ulug‘bek, Ki dunyo ko‘rmadi podshoh aningdek»
misralari ham Navoiyga tegishlidir.
XV asrning ikkinchi yarmidan boshlab Hirot madaniy va ilmiy
markazga aylandi. Ayniqsa, Temuriylardan Husayn Boyqaro hukm-
ronligi davrida bu yerda ilm-fan, adabiyot sohasida yuksalish yuz
berdi. Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi jahonga mashhur
mutafakkirlar yetishib chiqdi. 0 ‘rta asr mumtoz adabiyotining va~
kili, ulug‘ shoir va mutafakkir Abdurahmon Jomiyni (1414—1492)
Navoiy ustoz deb hisoblar edi. Uning qalamiga mansub asar
lar «Nafahot ul-uns», «Hujjat ul-asror», «Musiqa haqida risola»,
«Naqshi fusus», «Vohid atamasi haqida risola», «Haj qilish yollari
haqida risola», «Bahoriston» va boshqalardir. Jomiyning eng yirik
asari «Haft avrang» bolib, unga «Tuhfat ul-ahror», «Suhbat ul-
abror», «Yusuf va Zulayho», «Suhbat ul-asror», «Layli va Majnun»,
«Salamon va Absol», «Xiradnomayi iskandariy» dostonlari kiradi,
Barcha musulmon mutafakkirlari kabi Jomiy ham Xudo abadiy,
mutlaq va dunyodagi hamma narsalarning sababchisidir, Xudo
mavjud bolganda, borliq yo‘q edi, dunyo o‘zining boshlanglchini
Ollohdan olgan, demak, Xudo hamma narsaning yaratuvchisidir,
deb hisoblaydi. Jomiyning falsafiy qarashlari uning insonparvar
lik g‘oyalari bilan chambarchas boglanib ketadi. Mutafakkiming
ko‘pgina asarlarida inson, adolat, muhabbat, ezgulik g‘oyalari
tasvirlanadi. Jomiy naqshbandiylik ta’limotiga e ’tiqod qilib, uning
nazariy va amaliy jihatlarini rivojlantiradi.
53
Jahon madaniyati ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan siymolardan
biri, ulug‘ o‘zbek shoiri va mutafakkiri Nizomiddin M ir Alisher
Navoiydir (1441—1501). Uning otasi Glyosiddin kichkina Shahri-
sabzdan Hirotga borib qolgan barlos beklaridan edi. Navoiy Hi-
rotda Husayn Boyqaro saroyida turli lavozimlarda ishladi, 1472-
yildan boshlab vazir etib tayinlandi. Mamlakat obodonchiligi,
xalq ravnaqi va osoyishtaligi yo‘lida ko‘p ishlar qildi.
Navoiy ijodi boy bolib, asarlari turli mavzularga baglshlangan.
«Xamsa» ya’ni «Hayratul abror», «Farhod va Shirin», «Layli va
Majnun», «Sab’ai sayyor», «Saddi Iskandariy» dostonlari hamda
«Xazoyin ul maoniy» («Ma’nolar xazinasi»), «Lison ut-tayr»,
«Majolis un nafois», «Mahbub ul qulub», «Mezon ul-avzon»,
«Muhokamat ul-lug‘atayn» va boshqalar.
Navoiyning ijodi falsafiy fikrlarga boy bolib, unda jamiyat va
inson munosabati, insonning baxt-saodati, komil inson va fozil
jamoa, ta ’lim-tarbiya haqidagi fikr-o‘ylari o‘z ifodasini topgan.
Shoir ijtimoiy-falsafiy qarashlarining muhim xususiyati shundan
iboratki, unda falsafiy fikrlar majoziy tarzda, badiiy o'xshatish va
ramziy iboralar yordamida, zohiriy va botiniy ma’nolarda bayon
qilinadi. Navoiyning ijodiy merosida insonparvarlik va komil in
son g‘oyasi muhim o‘rinni egallaydi. Navoiyning yaxshilik, ezgu
lik, muhabbat, do‘stlik, adolat, tinchlik, osoyishtalik va boshqa
go‘zal fazilatlar, m a’naviy-axloqiy qadriyatlar to‘g‘risidagi qim
matli fikrlari, nasihatomuz so‘zlari respublikamiz mustaqillikka
erishgandan so‘ng ham barkamol insonni tarbiyalashga xizmat
qilmoqda.
0 ‘sha davrning ko‘zga ko‘ringan mutafakkirlaridan biri Ka-
moliddin Husayn Voiz Koshifly (taxm.1440/1450 — 1505-yillarda
yashagan) bolib, 0 ‘rta Osiyo va Xurosonda axloq falsafasi rivo-
jiga hissa qo‘shgan. Koshifiy Sabzavor shahrida tavallud topadi,
keyinchalik Abdurahmon Jomiyning taklifl bilan Xirotga ko‘chib
keladi. U qolgan umrini Hirotda o‘tkazadi va shu yerda vafot etadi.
Olimning muhim risolalari «Axloqi muxsiniy» «Futuwatnomayi
sultoniy», «Anvari Suxayli», «Maxzanul-insho», «Risolayi xotami-
ya» va boshqalardir. Koshifly katta olim va mudarris bolib yetisha-
di, butun umrini ilm-fan va nasru-nazm ravnaqiga baglshlaydi. U
54
Navoiy va Jomiy bilan do‘stona aloqada boladi. «Mavlono Husayn
Voiz Koshifiy taxallus qilur, sabzavorlikdur. Yigirma yilqa yaqin
borkim, shahardadur va mavlono zufundun va rangin va purkor
voqe’ bolubtur. Oz fan bo‘lg‘aykim, daxli bo‘lmag‘ay. Xususan,
va’z, insho va nujumki, aning haqqidur va har qaysida mashhur
ishlari bor...» — degan edi Navoiy uning haqida.
XV
asrning oxiridan boshlab Temuriylar davlati sekin-asta
inqirozga yuz tuta boshladi. Bunga temuriy shahzodalarining
o‘zaro urush-janjallari, tarqoqlikning kuchayishi, o‘zaro nizolar,
taxt uchun kurashlar natijasida mamlakatning bolinib ketishi,
iqtisodning tushkunlikka uchrashi sabab boldi. Natijada Mova-
rounnahr Shayboniyxon tomonidan bosib olindi.
Yüklə Dostları ilə paylaş: |