Oila qurish jamoa, ota-ona izmida bolgan. Shu sababli, jamoa
va ota-onalar bolajak kelin-kuyovlarni tanlashda obdon o‘ylab
ish ko‘rganlar. «Avesto»ning «Vendidod» bobida bayon etilishicha
nasi soglomligining irsiy jihatlariga alohida e’tibor berilib, ya-
qin qarindoshlar o‘rtasida farzandlarning o‘zaro oila qurishi man
etilgan. Soglom avlodning tugllishi uchun ota-onalar sharob
ichmaslikka, giyohvand moddalar va boshqa hushdan ketkazuv-
chi vositalarni iste’mol qilmaslikka da’vat etilgan. Zardushtiylik
ta’limotiga ko‘ra katta oilalar jamoa oqsoqoli tomonidan himoya
qilinib, egizak farzand ko‘rgan ayollarga bir juft sigir yoki sariq
tuya hadya qilingan va davlat xazinasidan nafaqa berilgan.
«Avesto»da har qanday axloqsizlik va g‘ayritabiiy xatti-ha-
rakatlarga y o l qo‘yib bolm asligi ta’kidlanadi. Fohishabozlik,
turmush o‘rtog‘iga xiyonat qattiq qoralanadi. Bu kabi jinoyatlar
sirasiga nafaqat oilani buzadigan va oila qoidalarini zaiflashtira-
digan, balki bola tugllishi, yosh avlod tarbiyasi, nasi pokligiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadigan oila xiyonati ham ko‘rsatilgan. Begona
ayol bilan yashash, nikohsiz farzand ko‘rish qat’iy ta’qib ostiga
olinganki, ushbu qarashlar bugungi kunda ham muhim tarbiyaviy
ahamiyatga ega. Bu kabi jinoyatlar qamchi yoki tayoq bilan 800
zarba urish bilan jazolangan1.
«Avesto»ning bugungi ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ta-
lablarga hamohang bo lg an eng muhim tamoyillardan biri —
bergan so‘zining uddasidan chiqish, ahdga sodiqlik, savdo-sotiq
va shartnomalarga qat’iy amal qilish, qarzni o‘z vaqtida to lash,
aldamchilik va xiyonatdan xoli b o lish kabi iymonlilik sifat-
laridan iborat. «Avesto»ning ko‘plab tadqiqotchilari, bu nodir
kitobda yuksak ma’naviyatlilik va axloq masalalari yoritilganini
ta’kidlaydilar. Yuksak m a’naviy sifatlilik Zardushtiylikda jaho-
latning, yomonlikning oldini olishdir. «Avesto»ning ma’naviy
qoidalariga nafaqat soglik va jismoniy kuch, balki m a’naviy
poklikka ham alohida o‘rin ajratiladi. M a’naviyatlilik me’yori si
fatida o‘z vaqtida to ‘g‘ri o\qatlanish buyuriladi. «Avesto»da bola
tarbiyasi va ta’limiga katta ahamiyat berilib «Tarbiya hayotdagi
Yüklə
Dostları ilə paylaş: