ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri si
fatida qaralgan.
Yoshlar psixologiyasida oilaga munosabatning ma’naviy, axlo
qiy tamoyillarini shakllantirish. Ajralish va uning axloqiy kamo-
lotga salbiy ta’siri.
Yoshlar psixologiyasida oilaga munosabatning
m a’naviy, axloqiy tamoyillarini shakllantirish ayniqsa bugun dol-
zarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Oilada kishi xarakterining,
uning mehnatiga, eng muhim ma’naviy, g‘oyaviy va madaniy
boyliklariga munosabatining asosi shakllanadi. Shuning uchun
ham jamiyat oilaning mustahkam, ma’naviy
va axloqiy jihatdan
soglom bolishidan g‘oyat manfaatdordir. 2012-yilga «Mustah
kam oila yili» deb nom berildi. Mamlakatimizda oila institutini
rivojlantirish va takomillashtirish borasida yangi qarorlar, das-
turlar qabul qilindi. Bugun ham ushbu dasturlarda belgilangan
vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirib borilmoqda. Chunki
oila mamlakatimizdagi eng oliy qadriyat sanaladi. Oilaning eng
muhim vazifasi esa tarbiya hisoblanadi.
Oila — tarbiya maskani, aynan shu maskanda dunyoga kel
gan farzand ota-onadan nafaqat
irsiy xususiyatlarni oladi, bal
ki ulardagi xatti-harakat, axloq-odob qoidalarini ham egallab
boradi. Ota-ona o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, halollik,
poklik, mehnatsevarlik, insonparvarlik kabi qadriyatlar ona suti,
oila a’zolari mehri
va namunasi bilan bola xulqi, xatti-harakati
mazmuniga singib boradi.
Ta’lim-tarbiyaning ham da m a’naviy va axloqiy fazilatlar-
ning rivojlanishida oila uning negizi, ya’ni tayanchi hisobla
nadi. Oilada farzandlarning yetuk inson sifatida kamolga yetishi
ko‘p jihatdan ota-onaga bog‘liq. Farzand tarbiyasining bu qadar
muhimligi shunda namoyon boladiki, hozirgi yoshlar ertaga
butun yurtning egalari, merosxo‘rlari, davomchilari bolishadi
va shu sababdan ham butun yurtning
kelajagi hozirgi yosh-
larga bogliqdir. Agar oiladagi m uhit yaxshi b o lsa hamda far-
zandga alohida e’tibor berilib unda salbiy xislatlarning paydo
b olishining oldi olinsa, yaxshi xulq bilan shakllanib boradi.
0 ‘zbek oilasida bola ongida soglom g‘oya bilim lar shakllani-
shi jarayonida oilaning kattalari — bobolar, momolar, yaqin qa-
302
rindosh u ru g la ri ham bevosita ishtirok etadi. Udumlarimizga
binoan bola tarbiyasida ota-onadan ham ko‘ra buva va buvilar-
ning ta ’siri kuchliroq b oladi. U lar oiladagi ma’naviy muhitning
boshqaruvchilari hisoblanadi.
Bolaning aqliy, axloqiy, estetik,
iqtisodiy, ekologik, jismoniy,
ma’naviy tarbiyasida oila asosiy omil va vosita hisoblanadi. Shu
boisdan ham «Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturi»da bu
masalaga alohida urg‘u berilgan.
Ya’ni:
— «oila oilaviy an’analarni hamda ma’naviy-axloqiy merosni
saqlab qoluvchi, davom ettiruvchi;
— jamiyatning eng kichik bir qismi bolib,
bolaning madaniy,
estetik va boshqa ehtiyojlari o‘sishini va soglom turmush tarzini
ta’minlovchi;
— bolaning xulq-atvori asoslarini shakllantiruvchi birinchi
murabbiy;
— hayotning barcha jabhalarida yosh avlodning doimo masla-
hatchisi, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatguvchisidir», deyiladi.
Oilada ba’zida farzandlar bilan b o g liq muammolar tufayli,
qarindosh-uruglarning o'rinli va o'rinsiz oilaga aralashuvlari
tufayli, kasalliklar, yetishmovchiliklar
tufayli qiyin vaziyat-
lar yuzaga kelishi mumkin. M ana shunday damlarda mavjud
holatni axloqiylik bilan baholab, bir yoqadan bosh chiqarib
harakat qilish er-xotinning irodasiga, bilimiga, hayotiy tajri-
basiga bogliqdir. M ana shu jihatlarning
yetishmasligi sababli
ham ajralishlar ko‘paymoqda. Bundan tashqari, sotsiologlar
ajralishlarning bir qancha sabablarini sanab o'tishgan: «Badav-
lat kishilarning bir qismini hisobga olmaganda, bugungi kun-
da nikoh odam larning o‘z mulki va mavqeini keyingi avlodga
o‘tkazish maqsadidagi sa’y-harakatlari majmuyi b o lm ay qoldi.
Ayollar iqtisodiy mustaqilligining ta ’m inlanishi bilan nikoh qa-
chonlardir bolganidek, iqtisodiy sheriklik
zaruriyatining nati-
jasi hisoblanmay qoldi»1.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: