Oiladagi ruhiy-ma’naviy
muhitning buzilishi,
ota-onasi
o‘rtasidagi kelishmovchiliklar bolalarda o‘zining juda yomon aso-
ratlarini qoldiradi. Chunki oilada kamol topayotgan farzandlar
ham ularning muomala-munosabatidan, o‘zini tutishidan namu-
na oladi.
Muammolarni obyektiv baholab, hal etish o‘rniga ota
so‘kinishni odat qilsa, ichkilikka ruju qo‘ysa, ona sabr-toqatni
unutib, andishasiz gap-so‘zlarga
erk bersa, farzandlar tarbiyasiga
befarq bolsa, bunday oilaning poydevori darz ketishi shubhasiz.
Falsafa fanlari doktori Viktor Alimasov bu haqda shunday yozadi:
«Zavjasi bebaxtu o‘zi baxtiyor erni ham, eri bebaxtu o‘zi baxtiyor
xotinni ham uchratmadim.
Baxt ham, bebaxt ham ahlda barobar
taqsimlanadi»1. Demak, oilaviy baxtda ham uyg'unlik, bir-birini
tushuna olish muhimdir.
Bugun mahallalardagi komissiyalar tomonidan oilalarning ij
timoiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotiga oid masalalar yuzasidan bir
qator
ijobiy ishlar, xususan oilaviy nizolarni tinch yo‘l bilan hal
etish, oilaviy ajrimlarning oldini olish, aholining ijtimoiy himoya-
ga muhtoj qatlamini manzilli qo‘llab-quwatlash, xususiy tadbir-
korlik va oilaviy biznesni rivojlantirish borasida keng kolam li ish
lar amalga oshirilmoqda. Komissiyalar
tomonidan olib borilgan
amaliy ishlar natijasida oilaviy ajrimlar soni 50 foizga, notinch
oilalar 30 foizga qisqarganini ta’kidlash lozim. Bir kun janjal
chiqqan joydan qirq kun baraka ketadi, deydi xalqimiz.
Oilani qadriyat sifatida tavsiflash
va jamiyat hayotidagi nu-
fuzini ta’kidlash bilan birgalikda, uning mustahkamlovchi ka-
folatli omillarining rolini o‘rganish, ayniqsa,
yoshlarni oilaviy
hayotga tayyorlash katta ahamiyatga ega bo‘lgan dolzarb masala
b o lib qolmoqda. Mamlakatimizda 2017-yil davomida 306197 ta
oila jamiyatimizga qo‘shilgan bolsa, shu yilgacha qayd qilingan
nikohlarni 31930 tasi bekor qilingan. Taqqoslash uchun 2016-yil-
da 275048 ta nikoh qayd qilingan va 29321 ta nikoh bekor qi
lingan. Ajralishlar soni 2016-yilga nisbatan 2609 taga yoki 8,1%
ko‘paygan. Ushbu ajralishlar FXDYO organlari orqali 621 taga
(1,9 %) va sud qarori asosida 1988 taga (6,2%) ko'paygan.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: