Falsafa asoslari


 Karimov I.A. Yusak ma’naviyat — yengilmas kuch. — Т.: Ma‘naviyat, 2008


səhifə172/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   221
Falsafa asoslari

1 Karimov I.A. Yusak ma’naviyat — yengilmas kuch. — Т.: Ma‘naviyat, 2008.
- B. 55-56.
306


lar saodatli um r kechirishni istasa, xalq kelajagi porloq bolishini 
o‘ylasa, mamlakat tinchlik va barqaror taraqqiyotni maqsad qil­
gan b olsa tarbiya, tarbiya va yana tarbiya masalasi dolzarb bo‘lib 
qolaveradi. Zero, ulug‘ ajdodimiz A.Avloniy ta ’kidlaganidek: 
«Tarbiya biz uchun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, 
yo saodat — yo falokat masalasidir».
Oila shartnomasini tuzishning axloqiy jihatlari. 
Bugun shid- 
dat bilan rivojlanib borayotgan taraqqiyot zamonning o‘zgarishiga 
unga mos ravishda jamiyat a’zolariga bo‘lgan talablarning 
o‘zgarishiga olib keldi. Shu munosabat bilan inson hayotiga, 
uning turmush tarziga turli darajada ta’sir ko‘rsatuvchi yangi 
tushunchalar kirib kelayapti. Ayniqsa, xususiy mulkchilik paydo 
bo‘lgach, tafakkurimizda, ongimizda juda ko‘p o‘zgarishlar ro‘y 
berdi. Zamon talablariga javob berishning bir ko‘rinishi sifatida 
turmush tarzimizga «Nikoh shartnomasi» degan atama ham kirib 
keldi. Aslida bu ko‘proq G ‘arb olamiga xos bolib, u yerda turmush 
qurgan paytda er-xotin o‘rtasida nikoh shartnomasi tuziladiki, bir 
yil yoki ikki yildan so‘ng ajralishsa qancha tovon to‘lanadi yoxud 
farzand bo‘lsa yoki bo‘lmasa qancha tovon tolanishi va boshqalar 
lozimligi haqida oldindan kelishib olinadi. Yoxud o‘rtadagi mulk 
kimga tegishli bolishi xususida avvaldan belgilab qo‘yiladi.
Nikoh shartnomalari (inglizcha «marriage kontrakt») hozirgi 
davrda G ‘arbiy Yevropa davlatlarida, AQSH, Kanadada keng om- 
malashgan. Bu tadbir, dastlab ming yillar ilgari Gretsiya va Rimda 
kelib chiqqan, ya’ni erkak va ayol nikoh tuzishdan aw al mulkiy 
munosabatlari — kelgusida orttiradigan mulk va meros masalalari 
haqida kelishuvni rasmiylashtirishgani haqida ma’lumotlar mav­
jud. Dastlab biz uchun g‘ayritabiiy tuyilgan ushbu holat bugun­
gi kunda hayotimizdan o‘rin olmoqda. Bizning jamiyatimizda 
nikoh shartnomasi avvalo, mentalitetimizdan kelib chiqqan hol­
da, birinchi navbatda ayolni himoya qilishga qaratilgan. Chunki 
aksariyat ayollarimiz o‘z haq-huquqlarini yaxshi bilishmaydi, 
ajrashmoqchi bolgan chog‘ida bolalarini yetaklagancha, «uyingni 
yelkamning chuquri ko‘rsin» deb chiqib ketaverishadi. Bizning 
tushunchamizda erkak kishi mardlarcha bola-chaqasiga mol- 
mulkni qoldirib (agar kelin-kuyov qaynona-qaynotasi bilan emas,
307


alohida yashayotgan bo‘Isa) yelkasiga choponini tashlab chiqib 
ketishi lozim, deyiladi. Biroq ayrim hollarda buning aksiga duch 
kelayapmiz.
Shu bois, bugungi kunda nikoh shartnomasi dolzarb masala 
hisoblanadi. Nikoh shartnomasining axloqiy ahamiyati shundaki, 
u mulkiy munosabatlarni tartibga solish orqali oilani mustahkam- 
laydi, er-xotinni bir-biriga tegishli mulkdan to‘g‘ri foydalanish- 
ga va uni yaxshi saqlashga, mulkiy majburiyatlarini o‘z vaqtida 
bajarishga undaydi va shu bilan birgalikda fuqarolarning axlo­
qiy va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi, sud 
orqali mulkni bo‘lishdek ko‘ngilsiz tortishuvlarning oldini oladi. 
FHDYO xodimlari va notariuslar tomonidan huquqiy targ‘ibot- 
ning kuchaytirilishi, nikohlanuvchilarning nikoh shartnomalari 
qoidalari bilan tanishtirilishi kelgusida nikoh shartnomalarining 
rivojlanishi va oilalarni mustahkamlash, oilaviy ajrimlarni bar- 
taraf etish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin