— shaxsiy axloqiy qadriyatlar — kasbiy burchni bajarish, sevgi-
siga sadoqatli bo‘lish, halol rizq topish, so‘zining ustidan chiqish,
oila sha’nini saqlash, haromdan hazar qilish;
— milliy axloqiy qadriyatlar — mehmondo‘stlik, kattalarga nis
batan hurmat, saxovat, homiylik, ota-onani e’zozlash, bolajonlik
va hokazolar;
— mintaqaviy axloqiy qadriyatlar — do‘stlik, yaxshi qo‘shnichi-
lik, bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik, o‘zaro hurmat va boshqalar;
— umuminsoniy axloqiy qadriyatlar — insonparvarlik, adolat-
parvarlik, vatanparvarlik, o‘zaro hurmat, qonuniylik, jamoatchilik
kabi turkumlarga b o lish mumkin.
3. Axloqiy qadriyatlarni axloqning tarkibiy tuzilishiga ko‘ra:
— axloqiy ongda barqaror shakllangan ma’naviy-axloqiy qadri
yatlar: jamiyat tomonidan ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilayot-
gan kodekslar, normalar, tamoyillar, mafkuraviy g‘oyalar. M a
salan, «Harbiy qasamyod», «Shifokor qasamyodi», «Ichki ishlar
idoralari xodimlarining kasb odobnomasi» va h.k;
— axloqiy amaliyotda bevosita qollaniladigan axloqiy qadri
yatlar: yaxshilik yoki yomonlik, adolat yoki razolatdan iborat
maqsadni ko'zlab, uni amalga oshirishning ixtiyoriylik yoki maj-
burlash vositalarini qollab pirovard natijaga olib keluvchi qadri
yatlar;
— axloqiy munosabatlar tufayli zohir boladigan axloqiy qadri
yatlar: burch, shartni bajarish, halollik, saxiylik, kamtarlik, udda-
buronlik, tadbirkorlik, kelishuvchanlik, murosa va hokazolarga
ajratish mumkin.
Yangi axloqiy qadriyatlar yuzaga kelishi 0 ‘zbekistonda huqu-
qiy demokratik davlatni qurish, fuqarolik jamiyatini shakllanti
rishda axloqiy qadriyatlar barcha fuqarolarni, millati, dini, tili,
irqidan qat’i nazar o‘zbek xalqi o‘zining milliy axloqiy qadriyat-
lari - sabr-qanoat, jamoatchilik, o‘zaro yordam, saxovat, tinch-
likni ardoqlash, shukronalik kabi axloqiy fazilatlarini namoyish
qilish orqali tinch-totuv yashashga chorlaydi va uni ta’minlaydi.
Qadriyatlar tizimida
Yüklə
Dostları ilə paylaş: