Falsafa asoslari


Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom, shaxsiy javobgarlik


səhifə177/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   221
Falsafa asoslari

1 Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom, shaxsiy javobgarlik
— har bir rahbar faoUyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. —Т.: 0 ‘zbekiston,
2017. -1 0 b.
314


hamda kuch sarflab, ko‘proq mahsulot olish qoidasidir. Buning 
tejamkorlik, ekologik jihati xalq orasida «uvol» degan so‘zning 
juda keng tarqalganligi va unga amal qilinishidan iborat.
Insonning har qanday ekologik faoliyati o‘zini va o‘zi yashayot- 
gan tabiiy-ijtimoiy muhitni axloqiy hamda estetik o’zlashtirish 
jarayonidir. Shu jumladan, ekologik madaniyatni yuksaltirish 
insonning tabiatni maqsadga muvofiq axloqiy hamda estetik 
o‘zlashtirishdan iborat maxsus faoliyatidir.
Sog‘lom turmush tarzining barkamol avlod axloqiy tarbiyasidagi
ahamiyati. 
Jismonan sog‘, m a’nan barkamol, zararli ta’sirlardan, 
salbiy xislat, illatlardan xoli, toza, pok, soglom fikrli avlodni, 
soglom naslli, jismoniy baquvvat, ruhi tetik, flkri tiniq, iymon- 
e’tiqodli, ma’naviyatli, mard va jasur, vatanparvar shaxsni tar- 
biyalashda har bir jamiyat a’zosi olib borayotgan turmush tarzi 
juda katta rol o‘ynaydi. Soglom bolaning tugllishi, eng avvalo, 
ota-onaning sogliglga bogliq. Soglom oila bolm asa, barkamol 
avlod ham, istiqboli porloq millat ham bolmaydi. Shuning uchun 
ham mamlakatimizda bu masalaga nihoyatda katta e’tibor berib 
kelinmoqda.
Inson uzoq um r ko‘rish va tinch hayot kechirish maqsadida 
soglom , tetik va baquvvat bolish, o‘z yoshligi, husni va ish- 
chanlik qobiliyatini saqlashga harakat qiladi. Bunga erishishning 
asosiy omillaridan biri jismoniy harakatdir.
Soglom turmush inson farovon hayot kechirayotganidan dalo- 
lat beruvchi omillardan biridir. Soglom turmush kechirish uchun 
organizmni tabiiy muhitning turli sharoitlariga chiniqtirish ta­
lab etiladi. Salomatlik insonning ruhiy osoyishtaligi va tashqi 
muhitning zararli ta’sirlariga qarshi tura olish qobiliyatidir. Or­
ganizmni chiniqtirish, jismoniy mashqlarni bajarish, sovuq suv- 
da cho‘milish tashqi muhitning zararli ta’sirlariga organizmning 
qarshiligini kuchaytirish omillari hisoblanadi. Chiniqish - bu 
organizmni suv, quyosh va havo ta’sirida sekin-asta moslashtirib 
borish mexanizmidir.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin