Falsafa asoslari


Zamonaviy axloqiy tarbiyada kosmopolitizn ga moyillik


səhifə178/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   221
Falsafa asoslari

Zamonaviy axloqiy tarbiyada kosmopolitizn ga moyillik. 
Hozirgi 
paytda globallashuv jarayoni hayotimizga tez sur’atlar bilan kel- 
moqda. Uning ijobiy tomonlari birinchi navbatda turli sohalarda
315


(jumladan, iqtisod, siyosat, madaniyat sohalarida) davlatlar va xalq- 
lar o‘rtasidagi integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishiga 
xizmat kundan-kunga kengayib va rang baranglashib bormoqda. 
Shu bilan birga dunyoda barcha odamlar ham ezgu niyatlar bilan 
ish olib boradi, deyish qiyin. Ba’zilar buzg‘unchi kuchlar uchun 
jahonda yagona axborot maydonining vujudga kelishi ham bunda 
«ayni muddao» bo‘ldi. Ular zudlik bilan bu qudratli vositani ham 
o‘z qabih niyatlari yolida ishga solish harakatiga tushdilar.
Taraqqiyotga tahdidning zamonaviy ko‘rinishlaridan biri bu 
«Ommaviy madaniyat» bolib, u o‘tgan asrning ikkinchi yarmida 
G'arbda «pop kultura» nomi bilan vujudga kelgan. Uning asosiy 
maqsadi insonning ma’naviy yuksalishiga to‘sqinlik qilish, mil­
liy madaniyatlar chegarasini buzib, bir xillikni o‘rnatishdan ibo- 
ratdir. U millat, ma’naviyat, qadriyat kabi tushunchalarni inson 
ongidan butunlay o‘chirib tashlab, manqurtga aylangan olomonni 
shakllantiradi. Bugungi kunda «ommaviy madaniyat» G ‘arb dun- 
yosidagi madaniy hayotni izdan chiqarib, oila, nikoh, axloq bilan 
bogliq qadriyatlarga putur yetkazgan holda butun olamga giyoh- 
vandlik, gomoseksualizm, SPID, egoizm, sadizm kabi illatlarni 
tarqatmoqda. Bu kabi illatlarni o‘zida mujassam etgan «ommaviy 
madaniyat» gfoballashuv sharoitidagi axborotning shiddatli oqi- 
midan foydalanib, milliy madaniyatlar qiyofasini o‘zgartirishga va 
xalqlar turmush tarzini yaqinlashuviga sabab bolm oqda. Bir so‘z 
bilan aytganda «ommaviy madaniyat» dunyoda bir xillikni shakl- 
lantirmoqda. Inson hayotida bir xillik zerikarli va mazmunsiz 
yashashga olib keladi.
Globallashuvning eng dolzarb bolgan madaniyatlararo mu- 
nosabatlardagi bu tendensiyalari bizning davrimizda ziddiyat 
ko‘rinishini kasb etmoqda. Ana shunday «madaniy qarash»lardan 
biri kosmopolitizm (yun. kosmorolites — dunyo, olam, dunyo 
fuqarosi) bolib, bu oqim tarafdorlari yagona dunyo, universa- 
lizm g‘oyasini ilgari suradilar. «Yagona dunyo erkin fuqarosi»ning 
bu g‘oyasi go‘yoki har qanday millat va mamlakat manfaatlari- 
dan ustun turadi. Ularning qarashlariga ko‘ra hech qanday millat 
yoki mamlakat yo‘q, hamma bir xil dunyo xalqlaridir. Bu g‘oya 
ham «Ommaviy madaniyat»ning ko‘rinishlaridan biridir.
316


Milliy madaniyatimiz har doim tahdidlarga uchrab kelgan.
XX asrgacha gegemonlikni istagan bosqinchi kuchlarning qarshi- 
ligiga uchrab kelgan bo‘lsa, endilikda mafkuraviy qurol birlamchi 
bo‘lgan global zamonamizda hudud tanlangan qator muammolar 
tahdid solmoqda. Bu muammolar madaniy chegaralarni buzib, 
milliy birliklarga ba’zan oshkora, ba’zan esa yashirin ravishda 
o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. «Ommaviy madaniyat» 
millat va xalq tanlamaydi. Shu bois ko‘p millatli 0 ‘zbekiston 
xalqi uning har qanday shakllariga yo‘l bermasdan yagona milliy 
mafkura atrofida birlashishi maqsadga muvofiqdir.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin