Falsafa asoslari


səhifə186/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   221
Falsafa asoslari

Go‘zallikning sifatlari 
tug‘yoniylik, maftunkorlik, foydalilik, 
mo‘jizaviylik singari tushunchalar orqali izohlanadi.
Go‘zaIlikning xususiyatlari 
qulaylik, manfaatdorlik, yoqimli- 
lik, chiroylilik tushunchalari bilan belgilanadi. Elementlar, sifat- 
lar va xususiyatlar uyg‘un bolgan narsa-hodisalargina chinakam 
go‘zallikni aks ettirishi mumkin.
Shaxsning ijtimoiy jarayonlar bilan boladigan munosabatla- 
rida go‘zallik nisbiylik xususiyatiga ega bo‘ladi. Bu holat ayniqsa, 
go‘zallikning moddiy va ma’naviy qadriyatlar tizimidagi o‘rnida 
yaqqol ko‘zga tashlanadi. Chunki, go‘zallikning har qanday tahli- 
li shaxs va jamiyat munosabatlari bilan muqoyasa qilingandagina 
uning ijtimoiy-ma’naviy xususiyatlari yanada oydinlashadi. Shu 
bois go‘zallikning ma’naviy va moddiy qadriyatlar tizimidagi 
o‘rniga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq.
Ma’naviy qadriyatlarning go‘zalligi. 
Ma’naviy qadriyatlar 
tizimida goczallik quyidagi jihatlari bilan belj ;ilanadi:
— 
sog‘lom ruhiyat va hayot haqidagi tasavvurlarni vujudga 
keltirish;
331


— real hayot haqiqatini in’ikos ettirish;
— jonli insoniy tafakkur va dunyoqarash manbayini yaratish;
— ongli dunyoqarashga asoslangan ijod erkinligini, mustaqil 
fikrlash hamda zamon bilan hamnafaslik ruhini singdirish;
— yangilanayotgan hayot jarayonlariga yaqinlashish va uning 
ilg'or tomonlarini yoritish, ularni mazmunan boyitish;
— yangicha uslub va badiiy usullardan foydalanish, san’at 
asarida shakliy go‘zallikka erishish.
Moddiy qadriyatlarning go‘zalligi. 
Har qanday nazariya amali- 
yot bilan uyg‘un bo'lsagina yashay oladi. Bu qoida go‘zallik tu- 
shunchasiga ham tegishli. Ma’lumki, estetik faoliyatning qator 
turlari amaliyot bilan chambarchas bog‘liq holda rivojlanadi. Ma- 
salan, me’morlik o‘zida ham moddiy, ham ma’naviy qadriyat- 
larni aks ettiradi. Chinakam me’moriy obidaning go‘zalligi faqat 
tashqi ko‘rinishi bilangina emas, balki mexanika qonunlarining 
yangi materiallar bilan boyitilganligi, me’morlikning qadimiy 
an’analarini yangi ko‘rinishlar orqali namoyon qilish natijasida 
yuzaga keladi. Me’moriy obida shahar o‘z ko‘rki va go‘zalligini 
quyidagi estetik xususiyatlar orqali namoyon etadi, degan fikrga 
kelish mumkin:
— shaharda qadimiy me’moriy obidalarning saqlanganligi va 
uning ko‘rki;
— binolarning aholi turmush tarzi uchun qulayligi va mos 
kelishi;
— shaharda bunyod etilgan binolar, yo‘llar xalq manfaati bilan 
muvofiqligi;
— shaharning geografik jihatdan joylashuvi — suv va havosi- 
ning musaffoligi, tabiiy manzaralarga boyligi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin