Kulgililik kategoriyasi.
Estetik tafakkur tarixida kulgililik bir
qadar keng o‘rganilgan tushuncha hisoblanadi. Jumladan, Aflotun
ojiz va layoqatsiz odamlarni kulgili deb hisoblagan bo‘lsa, Arastu
kulgi ayrim xatoliklar hamda kishilarga ozor yetkazmaydigan va
zarar keltirmaydigan xunuklikni keltirib chiqaradi, deydi. Olmon
mumtoz nafosatshunoslaridan Immanuil Kant kulgililikning
tabiatini latifa misolida ochib berishga harakat qiladi, Fridrix
Shiller hajviyani veallik bilan ideallik orasidagi qarama-qarshilik
orqali ko‘rsatib o‘tadi. Heorg Hegel kulgililikning asosini zohiriy
ishonch va botiniy to‘laqonli orasidagi qarama-qarshilik orqali
ifodalaydi.
Insondagi layoqatsizlik, loqaydlik, mas’uliyatsizlik, izzatta-
lablik, shuhratparastlik kabi illatlar kulgililikning obyektlaridir.
Shuningdek, kulgi — axloq hududlarini bezarar buzishdir. Har
qanday ozod inson hazil bilan ro‘baro‘ kelishi mumkin. Bu ho-
latda kulgi insonning shaxsiy ehtiyojini qondiradi. Inson kulishga
va kuldirishga qodir bo‘lgan yagona mohiyatdir. Kulgililik boshqa
estetik hodisalar singari faqat obyektiv tomonga ega bo'lmay, sub-
yektiv tomonlarni ham o‘zida birlashtiradi. Kulgililikning sub-
yektiv tomoni — keng ma’nodagi hazil (yumor) tuyg'usidir.
Kulgi o‘z tabiati jihatidan demokratik xususiyatga ega. U turli
ko‘rinishlarga boyligi bilan san’atning me’morchilikdan boshqa
deyarli barcha turlarida namoyon bo‘ladi. Biroq, u o‘zining eng
337
to la bolgan estetik ifodasini komediyada topadi. Kulgililik-yuk-
sak taraqqiy etgan tanqidning ibtidosini o‘zida namoyon qiladi.
Kulgi — tanqidning estetik shaklidir. Kulgi tabiatiga kola tabaqa-
lanishga qarshi, mansab va amal oldida bo‘yin egmaydi. Kulgi
tengsizlik, zo‘ravonlik, manmanlik, amalparastlik, nodonlikning
barcha shakllariga qarshi kurashuvchi buyuk kuch sifatida maydon-
ga chiqadi. Abdulla Avloniyning «Hajviyot»idagi «Ko‘rning uzri»,
«Bir munofiq tilidan», «Bilimsiz oliftalarga», «Haqiqiy ma’nosi»,
«Dangasaman», «Soqovraport» kabi maqolalarida asrimiz boshida
xalqimiz ahvoli to‘g‘ridan to‘g‘ri kulgi ostiga olinadi.
Kulgining badiiy shakllari orasida
satira
alohida o‘ringa ega.
Umumnazariy ma’noda satira voqelikni badiiy tasvirlash turi
bolib, unda hayotning salbiy hodisalari ustidan kulish — bun-
day hodisalar asosida yuksak insonning orzulariga zid ekanligini
bo‘rttirib ko'rsatish maqsadi yotadi. Satira har xil ko‘rinishlarda
namoyon bolishi mumkin. Unga lirika ham, epos ham, drama
ham begona emas. Satira markazida doim hayotning salbiy vo-
qea-hodisalari joylashgan bolib, butun fosh qilish kuchi ularga
qarshi qaratilgan boladi. Shuning uchun komediya san’atiga xos
tanqidiylik, yo‘nalganlik satirada eng to la va eng aniq ifoda to-
padi. Satirani asosan kulgi fosh etib qo‘yadi, lekin kulgi bu jara-
yonda qahr-g‘azabdan ajralmagan holda namoyon boladi.
Hajviya — jamiyat, inson faoliyatidagi illatlar va ularning oqi-
batlari, olam mukammalligi va inson ideallariga nomuvofiq keli-
shini ko‘rsatib beruvchi kulgi turidir. Lekin masxara, mazax kabi
kulgi turlari ham borki, ular estetik tarbiya vositasi bololmaydi.
Aksincha, ular mohiyatan insonni qoralashga, uni xafa qilishga,
obro‘sizlantirishga qaratilgan boladi. Bu kulgining o‘ta ziddiyatli
va g‘ayriaxloqiy ko‘rinishidir. Shu bois masxara fisq-u fasodning
muqaddimasi sanaladi. Mazah qilish ibosiz so‘z bilan insonga
daxl etmoq demakdir. Mazah qilish, kalaka qilish, o‘zganing us
tidan, jismoniy kamchiligidan kulish masxaraning real voqelik-
dagi ko‘rinishlaridir.
Kulgililikning barcha shakllari ular qanchalik erkin namoyon
bolish imkoniyatlariga ega bolib borsalar, shunchalik ko‘p aha-
miyat kasb etadi. Rivojlangan hazil tuyg‘usi, hayotning kulgili
338
tomonlarini nozik ilg‘ab olish va fahmlash qobiliyati rivojlanib
borgan sari shaxsning ma’naviy-ruhiy soglomligi hamda barka-
molligi yuksalib boraveradi.
Umuman olganda, estetikaning tushunchalari (kategoriyalari)
doimiy hamkorlikda mustahkamlanib boradi. Ayniqsa, bu jara-
yonda go'zallik kategoriyasi bog‘lovchilik vazifasini bajaradi.
Shuning uchun fojiaviylikda, ulug‘vorlikda, hunuklikda ham
go‘zallik unsurlarining uchrashi bejiz emas
Yüklə Dostları ilə paylaş: |