Falsafa asoslari


Tabiatning estetik jihatlari


səhifə192/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   221
Falsafa asoslari

Tabiatning estetik jihatlari. 
Darhaqiqat estetik go‘zalliklarning 
xilma-xil ko‘rinishilari orasida tabiat go‘zalligi inson uchun ham- 
madan ko‘ra yaqinroq va tushunarliroqdir. Tabiat bilan yaqin 
bolishga ichki bir intilish, undagi go‘zallik, nafosat olamiga osh- 
no bolish barcha uchun xosdir. Tabiat butun tabiiy xilma-xilligi 
bilan bizni o‘rab turgan dunyo demakdir. Jonli va jonsiz tabiat 
o‘zining murakkab qonunlari asosida yashaydi va rivojlanadi.
Tabiat estetikasi insonga tabiiy go‘zallik va uyg‘unlikni ko‘rish 
va qadrlashni o‘rgatadi. Tabiatdagi har bir hodisaning go‘zal va 
takrorlanmasligini sezish mumkin. Inson tabiatdagi go‘zallikni 
avvalo ko‘rish orqali idrok etadi, uni tabiatdagi ranglar va shakl- 
larning uyg‘unligi, tabiiyligi zavqlantiradi. Masalan, bahorda 
olamning gulga burkanishi, yozda o‘rmonlarning yashillika bur- 
kanishi, kuzda esa olovdek tovlanishi, barglarning qizg‘ish rangi, 
qishda oppoq qorga burkangan qir-adirlar barchaga estetik zavq 
beradi.
Tabiat go'zalligini his etish va idrok etish uchun uning uch ji- 
hatini tushufiish lozim. Bu tabiiy organizmning o'ziga xos tuzili- 
shi, uzaro mutanosibligi, doimiy harakatda, rivojlanishda bolgan 
jonli organizmning o‘ziga xos xususiyatini, tabiiy obyektlarga xos 
bolgan dekorativ go‘zallik, masalan, kapalak qanotlari, yoki to- 
vus patlaridagi ajib bir uyg‘unlik va go'zallikni ajrata bilish lozim. 
Bu ayniqsa san’at orqali yetkazib beriladi.
Tabiat estetikasi tabiatni sevishni, uning go‘zalligiga beg‘araz 
munosabatda bolishni o‘rgatadi, ya’ni tabiatni faqat odamlar 
uchun yaratilgan deb emas, uni jamiyatdan tashqaridagi umum- 
olamiy mustaqil qadriyat sifatida idrok etishni taqozo qiladi.
Mustaqillik yillarida shahar va qishloqlarimizning qiyofasi bu- 
tunlay o'zgardi, yangidan-yangi inshootlar qad ko‘tardi. Barpo 
etilayotgan yangi ko‘chalar, yollar, maydonlar, insonda yuksak 
mas’uliyat, go‘zalliklarni asrash va vatanparvarlik ruhiyatini 
uyg‘otishi bilan birga dizaynning insonparvarlik mohiyatini na­
moyon qiladi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin