Falsafa asoslari


Ekologik estetikaning qadriyatli maqomi


səhifə193/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   221
Falsafa asoslari

342


Ekologik estetikaning qadriyatli maqomi. 
Globallashuv jara- 
yonida yangi estetik qadriyatlar qaror topib bormoqda. Bu inson­
ning tabiatga va jamiyatga bo‘lgan munosabatida aks etadi. Ne- 
mis faylasufi Immanuil Kant tabiatni axloqiylik bilan bog'laydi: 
«Kimniki bevosita tabiat go‘zalligi qiziqtirsa, bu uning fikrlash 
tarzida, yo‘q deganda, axloqiylikka, ezgulikka qobiliyat mav- 
judligidan dalolat beradi», — deydi u1. Ammo Hegelning, tabiatda 
ideal yo‘q, shu sababli u ikkinchi darajali go‘zallik turi, degan 
fikri estetikada hukmronlik qilib keldi, ayniqsa, bu fikr tabiatni 
«bo‘ysundirishni» targ‘ib qilgan marksizm ta’limotida keng e’tirof 
etildi. Natijada uzoq yillar mobaynida tabiat estetikasiga e’tibor 
qaratilmadi. Biz me’moriy obidalarni asrash, tiklash haqida 
qayg'urdik, ularni estetik qadriyatlar deb e’lon qildik, lekin land- 
shaft estetikasini chetga chiqarib qo‘ydik.
Hozirgi kunda shu narsa aniq bo'ldiki, tabiatni eng ulug‘ 
va mangu estetik qadriyat deb bilmaslik borib turgan estetik 
savodsizlikdir. Aniqrog‘i, bugun tabiatsiz estetikani tasavvur qi- 
lish mumkin emas. XXI asrda olamni bilish, voqelikni estetik 
o‘zlashtirish bilan bir qatorda uni qadriyat sifatida e’zozlashga 
alohida e’tibor berilmoqda. Endilikda odamlarning yaratuvchan- 
lik faoliyati yuksalishi barobarida estetik qadriyatlarga nisbatan 
munosabati tubdan o‘zgarmoqda. Bu o‘z navbatida inson mohi- 
yatan eng oliy qadriyat ekanligi, inson manfaatlarining ustuvor- 
ligini ta’minlash barcha islohot va evrilishlarning bosh maqsadiga 
aylanganligi bilan belgilanadi.
Insoniyatni o‘rab turgan borliq, tabiiy va ijtimoiy atrof-muhit, 
tirik va notirik tabiatning eng muhim tomonlarini ifodalaydigan 
qadriyatlar umumbashariy xususiyatga egadir. Bunday qadriyat­
lar jamiyat uchun hech qachon o‘z ahamiyatini 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin