Falsafa asoslari


səhifə201/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   221
Falsafa asoslari

Tayanch tushunchalar: 
ekoestetika, tabiat, ilmiy-texnik taraq­
qiyot, texnogen sivilizatsiya, inson go‘zal 1 igi, san’at, turmush es­
tetikasi, ishlab chiqarish estetikasi, estetik idrok etish, qadriyat, 
ekologiya, estetik tarbiya, estetik munosabat, shaharsozlik esteti­
kasi, fan, dizayn, amaliy san’at.
Takrorlash uchun savollar:
1. Tabiatga estetik munosabatning mohiyati haqida tushuntirib 
bering.
2. Ekologik estetikaning qadriyatli maqomi nimalardan iborat?
3. Ekoestetikaning falsafiy mohiyatini izohlab bering.
4. Tabiatni estetik idrok etishning an’anaviy va noan’anaviy 
usullari qanday?
5. Texnosivilizatsiyaning ishlab chiqarish estetikasi va fan 
taraqqiyotiga qanday ta’siri bor?
6. Maishiy turmush estetikasining inson turmush tarzida tut- 
gan o‘rni qanday?
7. Zamonaviy shaharsozlik estetikasining bugungi rivoji haqi­
da gapirib bering.
8. Dizayn estetik xususiyatlarini tushuntirib bering.
9. Xalq amaliy san’ati va dizaynning o‘zaro aloqadorligini 
izohlab bering.
18-mavzu. Estetikaning zamonaviy muammolari va estetik
tarbiyaning dolzarb masalalari
Estetik tarbiyaning turlari va yo‘nalishlari. 
Estetik tarbiya o‘z- 
o‘zidan paydo bo‘lib, rivojlanadigan «mikroorganizm» emas va 
ayni paytda birdan to‘xtab qoladigan «mexanizm» ham emas. 
U sekin-asta inson tomonidan orttirilgan hayotiy tajribalar, 
ko‘nikmalar, bilimlar orqali shakllanib boradi. Qolaversa, es-
355


tetik tarbiya ijtimoiy taraqqiyotning muayyan jabhalarida aniq 
maqsadlarga yo‘naltirilgan faoliyat sifatida ish olib boradi. Bun­
dan tashqari tarbiyaning mazkur shakli ayrim kishilarning yoxud 
biror-bir guruhning turli xil faoliyatlari natijasida yuzaga keladi.
Estetik tarbiya mohiyatan inson omili bilan bogliq bolib, bu 
omil nafis didga, yuksak farosatga va pokiza tuyg‘ularga egaligi 
bilan ajralib turadi. Jamiyatda yashayotgan biror-bir shaxs este­
tik jarayonlardan chetda turmaydi, aksincha, o‘zining muayyan 
xatti-harakati bilan mazkur jarayonlarga u yoki bu darajada ta’sir 
ko‘rsatadi. Estetik tarbiyaning maqsadi ana shunday ta’sirlarni 
go‘zallik, ulug‘vorlik, fojiaviylik, kulgililik asosida yo‘naltirishdan 
iborat.
Har bir inson jamiyatda o‘z o‘rnini bilishi, o‘zini jamiyat- 
ning ajralmas qismi deb his qilishi lozim. Endilikda mafkura 
dunyosida paydo boladigan bo‘shliq pirovardida jamiyat, inson 
va mamlakat uchun naqadar katta xavf solishi anglanmoqda. 
Tarbiyaning estetik shakli esa mazkur jarayonlarda yosh avlodni 
go'zallik haqidagi tuyg‘ularini, tabiatga bolgan munosabatini, ba­
diiy adabiyotga qiziqishini, jamiyat ma’naviy rivojidagi yangicha 
qarashlarni go‘zallik va ulug'vorlik asosida tarbiyalashdek dolzarb 
vazifani amalga oshirishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin