Falsafa asoslari


Mehnat - estetik tarbiyaning asosiy vositasi


səhifə203/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   221
Falsafa asoslari

Mehnat - estetik tarbiyaning asosiy vositasi. 
Mehnat ham 
moddiy, hamda ma’naviy go‘zalliklar yaratish bilan estetik tar­
biyaning muhim vositasi hisoblanadi. Bu jarayon ijtimoiy-foydali 
mehnatning badiiylik bilan aloqasi ta’sirida vujudga keladi. Maz­
kur munosabat pirovardida mehnat vositalarining insonga kelti- 
radigan zararini kamaytiradi. Qolaversa, mehnatga ijodiy yon- 
dashuv jamiyat ma’naviy qiyofasini belgilovchi omil hisoblanadi.
Ma’lumki, 0 ‘zbekistonda barpo etilayotgan jamiyatning iqti- 
sodiy asosi — ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotidir. Ushbu 
jarayonda eng muhim va dolzarb vazifa insonlarda mehnatga 
bo‘lgan yangicha estetik munosabatni shakllantirishdan iborat. 
Tashabbuskorlik va tadbirkorlikni rag‘batlantirish, odamlarda 
mulkka egalik hissiyotini tarbiyalash o‘z navbatida mehnatga 
bo‘lgan estetik munosabat orqali ro‘yobga chiqadi.
Ommaviy axborot vositalari estetik tarbiyaning ta’sirchan 
vositasi. Bu vosita insonga yaqindan ta’sir qiluvchi qudratli va 
faol kuchdir. Ayniqsa, televideniya shaxs hamda ommani es­
tetik dunyoqarashini shakllantirishda, ularni nafosatli jihat­
dan tarbiyalashda yuksak ahamiyat kasb etadi. Rang-barang 
mavzulardagi ko‘rsatuvlar badiiy va hujjatli filmlar, ijtimoiy-
358


ma’naviy mazmundagi reklamalar, telemarafonlar nafosatli tar- 
biyani maqsadli yo‘naltirishda, insonlar tafakkurida go‘zalIikka 
bo‘lgan yangicha munosabatni shakllantirishda salmoqli aha­
miyat kasb etadi.
Sport — estetik tarbiyaning zamonaviy vositasi. Sport estetik 
tarbiya vositasi sifatida zamonaviy insonni kamol toptirishda alo- 
hida e’tiborga ega. Hozirda sportni rivojlantirish mamlakatimiz- 
da davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Bundan ko‘zlangan 
asosiy maqsad avlodni jismonan baquvvat, sog‘lom, vatanning 
jasur himoyachisi qilib tarbiyalashdir. Sport va sport muso- 
baqalari mohiyatan inson nafosatli dunyoqarashini, tafakkurini 
sog‘lomlashtirishga qaratilgan.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin