hayotiy tajriba, tabiati va ehtirosi ta’siri ostida u yoki bu estetik
qadriyatlar tabiat hodisalari, inson moddiy faoliyati mahsulotlari,
badiiy qiymatlarga ko‘proq moyillik vujudga keladi. Estetik ong
bilan badiiy ongni tenglashtirib bo‘lmaganidek, estetik did bilan
badiiy didni ham tenglashtirish mumkin emas. Estetik did badiiy
did bilan bog‘liq bo‘lib, ko‘p jihatdan uning ustiga quriladi, lekin
u bilan qo‘shilib ketmaydi. Badiiy va estetik did o'rtasidagi tafo-
vut ularning turlicha idrok etish obyektlariga ega bolishi bilan
bog‘liqdir. Ikki did o‘rtasidagi farqni hisobga olish bilan birga,
ularni bir-biriga qarama-qarshi qo‘ymaslik lozim. Badiiy did
hamma vaqt estetik didga asoslanadi, undan kelib chiqadi.
Xuddi Shuningdek, estetik did axloqiy did bilan mutanosib-
likda rivojlanib boradi. Zero, insonning qalb nafosati va ezgu ax
loqiy qiyofasi uyg‘unlikda uning go‘zalligini yaxlitlikda namoyon
qiladi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: