larni yaqiniga yo‘latmaydi. Shuning uchun
«ommaviy
madaniyat»
namunalari badiiy-estetik qimmatga ega emas. Demak, bugun
estetikaning zamonaviy muammolari inson—tabiat, inson—inson,
inson-texnika bilan bog‘liq bolib,
- ekologiya tizimlari, landshaftlar va noyob tabiat obyektlari
xilma-xilligini saqlab qolish va ko'paytirish;
— tabiat obyektlari bilan bog‘liq madaniy merosni asrab qolish
va avlodlarga yetkazish;
— inson o‘zini «go‘zallashtirishi» orqali o‘zligini yo'qotishi va
millat (qiyofasiga) genofondiga zarar yetkazishini anglashi;
- insonning texnikaga va atrof-muhitga munosabati, «omma
viy madaniyat»ning har qanday ko‘rinishiga hamda «fetish esteti
ka» va «bozor san’ati» kabi tahdidlar e’tibordan chetda qolmasligi
lozim.
Sport va uning ma’naviy-estetik jihatlari.
Jismoniy tarbiya
va sport insonga xushkayfiyat, estetik ruh, harakatchanlik, ep-
chillik, chaqqonlik, jismoniy faollik baxsh etadi. Bu xususda
B.Lou o‘zining «Sport go‘zalligi» degan kitobida F.Kinonning
«Teatr, tomoshabinga suyanib rivojlanadigan san’at turi... Sport
musobaqalarida tomoshabinlar o‘zlarini xuddi spektakl tomo-
shasidagidek tutadilar: ular yuksak mahorat egalariga qarsak
chaladilar va yomon o‘yin ko‘rsatganga nisbatan salbiy munosa-
batlarini yashirmaydilar. Sportda ham, teatrda ham biz «o‘yin»
haqida gapiramiz»1 degan fikrini keltirar ekan sportning axlo-
qiy-estetik tarbiyaviy ahamiyatga egaligini nazarda tutadi. Shu-
ningdek B.Lou H.Slyusherning «Sport va ekzistensiya» kitobidagi
«Sport — toki haqiqiy sport ekan, u estetik fazilat va nafislikka
erisha oladi. U sportchi uchun chuqur ma’noga boy holat... sport
botiniy yaxlitlikni va yuksak darajadagi hissiy ko‘tarinkilikni
talab qiladi» bu bilan H.Slyusher sportchi his etadigan estetik
zavq haqida2 ta’kidlaydi, deb flkr bildiradi. Bundan ham ko'rinib
turibdiki sport shaxsda jismoniy go'zallikni his qilish qobiliyatini
tarbiyalashi uning kamolotida katta o£rin tutadi. Bu sohada amal-
Yüklə
Dostları ilə paylaş: