Falsafa asoslari


səhifə21/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   221
Falsafa asoslari

J a d id c h ilik
harakatining yana bir yorqin vakili Abdurauf Fitrat 
(1884—1939) bolib, ilmning ko‘p sohalarida ijod qilgan muta- 
fakkirdir. Olim «Sayxa» («Bong»), «Hind sayyohining qissasi», 
«Uchqun» to‘plami, «Chin sevish», «Hind ixtilochilari», « 0 ‘zbek 
tili grammatikasi», «Chig‘atoy adabiyoti» va boshqa ko‘plab asar­
lar yozdi. Fitratning asarlarida xalqni jaholat va nodonlikdan 
qutqazish, ilm-ma’rifatga chorlash, milliy mustaqillikka erishish
xalqning o‘zligini tanishi, ongining o‘sishi, kuchli va rivojlangan 
davlat tuzish, xalqning bilimdon bolib, tijorat va tadbirkorlik bilan 
shug‘ullanishi, Yevropaning fan va texnika yutuqlarini o‘rganish 
kabi g‘oyalar ilgari suriladi. Uning yuqoridagi millatparvarlik va 
vatanparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan g‘oyalari hozir ham tadbir­
korlik, ma’naviyat va ma’rifatni ravnaq toptirishda, milliy g‘oya va 
mafkurani shakllantirishda, xalqning o‘zligini anglashida muhim 
ahamiyatga ega.
Xullas, 0 ‘zbekiston hududidagi ijtimoiy-falsafiy fikr tarixi ni 
qisqa yoritish shundan dalolat beradiki, u bizning davrimizgacha 
uzluksiz ravishda madaniyat, inson tafakkuri va aql-zakovati- 
ning yuksalishida muhim ahamiyatga ega bolgan. Lekin musta- 
bid tuzum davrida ijtimoiy-falsafiy fikr tarixiga bir tomonlama, 
sinfiy nuqtayi nazardan yondashildi, faqat kommunistik partiya 
mafkurasi talablariga to‘g‘ri keladigan g‘oya va fikrlarga e’tibor 
berildi. 1917-yildagi Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng asta-sekin 
o‘tmish ma’naviyati, falsafiy fikri o‘rnini markscha-lenincha 
mafkura egallay boshladi. Oliy o‘quv yurtlari, keng xalq ommasi 
orasida dialektik va tarixiy materializm va ilmiy ateizm targ‘ib 
qilindi, ularga to‘g‘ri kelmaydigan ta’limotlar qattiq tanqid ostiga 
olindi. Eng achinarlisi shuki, o‘z milliy madaniyati, urf-odati va 
an’analariga sodiq bolgan, ularni saqlab qolishga intilgan ziyoli- 
lar, shoir va yozuvchilar quvg‘inga uchrab, qatag‘on qilindi.
Lekin yuqoridan bolgan tazyiqlarga qaramay, madaniy- 
ma’naviy va ijtimoiy-falsafiy merosimizni o‘rganish, tadqiq qi­
lish tamoman to‘xtab qolmadi. 60—70-yillarda I.M. Mo‘minov, 
V.Zohidov, 
keyinroq 
esa, 
O.Fayzullayev, 
E.Yusupov,
62


M.Xayrullayev, J.Tulenov, H.Po‘latov kabi olimlarning ijtimoiy- 
falsafiy tadqiqotlari o‘sha davr tafakkurini aks ettirishda ahami­
yatga ega bo'ldi.
0 ‘zbekistonning mustaqillikka erishuvi falsafiy merosimizni 
xolisona, haqqoniy va yangicha tafakkur asosida tadqiq qilish 
uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Endigi vazifa sobiq mafkura- 
ning asoratlarini bartaraf qilib, milliy mafkuramizga tayanib, boy 
ma’naviy va madaniy qadriyatlarni, ijtimoiy falsafiy tafakkur ta- 
rixini chuqur va har tomonlama o‘rganishdan iboratdir.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin