jud bo‘lib, unda odamlarning voqelikka estetik munosabatda
bo‘lish jarayonida yaratilgan «ikkinchi tabiat»,
ishlab chiqarish
texnologiyasi, turmush tarzi, oila, bog‘cha, ta’lim-tarbiya muas-
sasalari
obyektiv omil hisoblanib, shaxs va uning his-tuyg‘usi,
didi, tasavvur va xayollari subyektiv tomonlarni tashkil qiladi.
Nafosat olamidagi ana shu obyektivlik va subyektivlik estetik qad-
riyatlarning vujudga kelishi, rivojlanishi, ahamiyatini belgilab be
radi. 0 ‘zbekiston demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati
qurishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Ushbu maqsadga eri-
shishning asosiy omillaridan biri — bu
xalqimiz qalbi va ongida
yuksak milliy va umuminsoniy qadriyatlarga mehr-muhabbatni
kuchaytirish, axloqiy va diniy qadriyatlarni estetik tuyg‘ular,
kechinmalar va tasavvurlar bilan uyg‘unlashtirishdan iboratdir.
Umuminsoniy, milliy va shaxsiy qadriyatlar negizida qurilgan
ma’naviy-ma’rifiy-madaniy hayot har bir shaxsning o‘zligini ang-
lab, umumbashariy va milliy ma’naviy merosni o‘rganib,
olijanob
fazilatlar asosida o‘z hayotini tashkil etishni taqozo etadi. Mil
liy ma’naviyat - bu muayyan millatning tarixiy o‘tmishi, dini
ijtimoiy-ma’naviy qadriyatlar tizimi hamda dunyoqarashining
ifodasi. Unda .milliy urf-odatlar, an’analar, moddiy-madaniy me-
ros, tarixiy yodgorliklar muhim ahamiyat kasb etadi. Umumin
soniy ma’naviyat esa — barcha xalqlarga xos bo‘lgan,
ularning
barcha ijtimoiy ideallarini aks ettiruvchi an’analar, g‘oyalar, in-
tilishlar, maqsad-muddaolarni ifodalovchi qadriyatlar tizimidir.
Bunday qadriyatlar biror-bir davlat, jamiyat, mafkura tomonidan
yaratilmaydi, u barcha insonlarning orzu-umidini ifodalaydigan,
ularga
birdek manzur bolgan, yovuz g‘oyalarga qarshi yagona
kuch sifatida qaror topadigan qadriyatlar tizimidir. Tinchlik,
erk,
istiqlol, demokratiya kabi tushunchalar bashariyatning azaliy
qadriyatlaridir. Voqelikka estetik munosabatni milliy va umum
bashariy ahamiyati shaxs ma’naviyatining yuksak bolishi, uning
umuminsoniy va milliy ma’naviyat bilan
qanchalik mushtarakli-
giga bogliq.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: