Falsafa asoslari


Olamni estetik anglashda texnologiyalarning roli


səhifə213/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   221
Falsafa asoslari

Olamni estetik anglashda texnologiyalarning roli. 
Hozir­
gi zamon sivilizatsiyasi sanoat va texnika taraqqiyoti bilan 
bogliqdir. Uni industrial sivilizatsiya yoki texnogen jamiyati
370


deb atalmoqda. Texnologiya — texnika bilan uzviy bogliqdir. 
«Texnologiya» yunoncha so‘z bolib, predmetlarga ta’sir etish 
ishlov berish, tayyorlash, o‘zgartirish metodlari majmuyi degan 
ma’noni bildiradi. Agar texnika insonning obyektga nima vosita- 
sida ta’sir ko‘rsatishini anglatsa, texnologiya insonning obyekt­
ga qanday ta’sir ko‘rsatishini anglatadi. Osvald Shpengler XX 
asrning 30-yillarida «Inson va texnika» asarida inson olamning 
hukmdori edi, u mashinaning quli bo‘lib qoldi, deb yozgan edi. 
Texnika inson borliglning barcha sohalariga: iqtisod, siyosat va 
mafkuraga kirib keldi. «Inson va mashina» immosabatlari yan- 
gicha mazmun kasb etyapti. Asrimiz boshida ijtimoiy-texnika 
taraqqiyotining ibtidosidayoq olimlar, yozuvchilar texnika va 
texnologiya uning tabiatga inson hayotiga ta’siri masalariga o‘z 
munosabatlarini bildirishgan. Bu xususda noosfera ta’limotining 
asoschilaridan bolgan akademik Vernadskiy «Sayyoramiz 
yuzi—biosfera inson tomonidan ongli va asosan ongsiz ravishda 
kimyoviy o‘zgarishlarga duchor etilmoqda. Inson quruqlikning 
fizikaviy va kimyoviy havo qobig‘ini, uning barcha tabiiy suv- 
larini o‘zgartirmoqda. Hozir biz biosferadagi yangi geologik 
evolyutsion o‘zgarishlarni boshdan kechiryapmiz. Biz noosfera- 
ga kirib boryapmiz»1 deb ta’kidlaydi. Noosferaning atrof-muhit, 
tabiatga ta’siri har doim ham kutilgan natijani beravermasligini 
bugun hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Atom bombasining yara- 
tilishi, ballistik raketalarning havo qatlamini teshib o‘taverishi 
natijasida azon qatlamining kengayib borayotganligi, kimyoviy 
zavod-fabrikalarning ko‘payishi natijasida atmosferaning zahar- 
lanishi nabotot, hayvonot dunyosigina emas insoniyatga sal­
biy ta’siri kabi misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Hozirgi 
globallashuv sharoitida yuqori texnologiyalar, yangi axborotlar 
asri sifatida namoyon bolmoqda. Olamni estetik anglashda 
texnologiyalarning roli ortib kishilar ongi mana shu tezkorlikka 
moslashishi lozimligini taqozo etmoqda.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin