Falsafa asoslari


səhifə33/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   221
Falsafa asoslari

«Ontologiya» atamasi. 
Falsafaning ko‘plab sohalari va turli 
yo‘nalishlari bor. Ular orasida borliq to‘g‘risidagi fan «Ontologi­
ya» muhim o‘rin egallaydi. Ontologiyaning predmetini borliq 
tashkil etadi. Uning mazmuni borliq va yo‘qlik, me’yor va sifat, 
miqdor va olchov, makon va zamon, harakat va o‘zgarish kabi 
tushunchalar orqali yoritiladi.
0 ‘z o‘rni va ahamiyatiga ko‘ra asl falsafani o‘rganish aynan 
ontologiyadan boshlanadi. Shuning uchun ham olmishda yasha- 
gan faylasuf va mutafakkirlar ijodida ontologiya qamrab oladigan 
borliq va mavjudlik, koinot va olam, botiniylik va zohiriylik, bor- 
lik va yo‘qlik, materiya va harakat, makon va zamon, cheklilik 
va cheksizlik, inson va jamiyat borlig‘i bilan bogliq masalalarga 
alohida ahamiyat berilgan. Falsafa tarixida ushbu sohaga doir 
turli oqimlar va yo‘nalishlar shakllangan.
90


«Ontologiya» atamasi borliq haqidagi ta’limot ma’nosida ilk 
bor R.Goklenius (1636-yil) va I.Klauberg (1646-yil) tomonidan 
ilmiy muomalaga kiritilgan. Lug‘aviy ma’noda u yunoncha «on- 
tos» — borliq va «logos» — ta’limot degan mazmunni anglatadi. 
G ‘arb faylasufi X.Volf tadqiqotlari bu atamaning keng tarqalishi- 
ga asos yaratdi va u falsafaning asosiy mazmunini tashkil etuvchi 
muhim bolim ini ifodalay boshladi.
«Borliq tushunchasi»1. 
Faylasuflar qadim zamonlardan buyon 
«borliq» va «yo‘qlik» haqida bahs yuritishgan. Ular borliqning vu­
judga kelishi, mohiyati, xususiyatlari va shakllari haqida ko‘plab 
asarlar yozishgan. Xo‘sh, borliq nima? Bu savol bir qarashda juda 
oddiy ko‘ringani bilan unga shu choqqacha barcha kishilarni 
birday qanoatlantiradigan javob topilgani yo‘q. Bu holat bor- 
liqqa turlicha nuqtayi nazarlardan qarashlarning mavjudligi bi­
lan izohlanadi. Masalan, ayrim faylasuflar borliqni moddiylik, 
moddiy jismlar bilan boglab tushuntirishadi. Ularning nuqtayi 
nazarlaricha, borliq — obyektiv realliknigina qamrab oluvchi tu~ 
shunchadir. U holda fikr, inson tafakkuri, o‘y-xayollarimiz borliq 
tushunchasidan chetda qolar ekanda, degan savolga ular, bunday 
tushunchalar obyektiv reallikning hosilasidir, deb javob berishadi.
Falsafaning borliq haqidagi ta’limotni izohlaydigan qismi — 
ontologiya deb ataladi (bu tushunchani falsafada birinchi bor X. 
Volf qollagan). Olam va borliq masalalarini falsafaning ana shu 
sohasi o‘rganadi.
Yo‘qlik hech nima demakdir. Hamma narsani hech narsa- 
ga aylantiruvchi, hamma narsaning ibtidosi ham, intihosi ham 
yo‘qlikdir. Bu ma’noda yo‘qlik cheksizlik, nihoyasizlik va man- 
gulik bilan birdir. Yo‘qlik chekingan joyda borliq paydo bo'ladi. 
Demak, borliqning bunyodkori ham, kushandasi ham yo‘qlikdir. 
Borliq yo‘qlikdan yo‘qlikkacha bolgan mavjudlikdir. Yo‘qlikni 
hech narsa bilan qiyoslab bolmaydi. Fanda yo‘qlik nima, degan 
savolga javob yo‘q.
Hozirgi zamon fanlarining xulosalariga ko‘ra, atrofimizdagi 
har qanday jism molekulalardan tashkil topj an, molekulalar esa
1

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin