Falsafa asoslari


Ayniyat va ziddiyat bilan bogliq qonuniyat


səhifə45/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   221
Falsafa asoslari

Ayniyat va ziddiyat bilan bogliq qonuniyat. 
Olamdagi har bir 
narsa va hodisa bir-birini taqozo qiladigan va shu bilan birga, bir-
114


birini istisno qiladigan qarama-qarshi tomonlar birligidan iborat. 
Demak, voqelik va o‘zgarish jarayonida ayniyat va ziddiyatning 
bolishi ham odatiy hoi. Masalan, issiq va sovuq, oq va qora, ke~ 
cha va kunduz, elektrning musbat va manfiy zaryadlari, yaxshilik 
va yomonlik, adolat va jaholat va h.k. qarama-qarshi tomonlar 
bir-birini inkor etadi va shu bilan birga biri ikkinchisini taqo­
zo etadi, biri ikkinchisisiz mavjud bola olmaydi. Faraz qilaylik, 
magnitning manfiy zaryadi bolmasa, u holda ushbu narsa magnit 
bololmaydi.
Borliq narsa, voqea-hodisalarning turli-tumanligidan iborat. 
Lekin narsalar qanchalik xilma-xil, turli-tuman bolmasin, ular 
o‘rtasida yaqinlik, aynanlik mavjuddir. Masalan, stol va stul sifat 
jihatidan turli narsalardir. Lekin baribir ular o‘rtasida o‘xshash 
tomonlar, belgilar bor. Aytaylik, ularning yo rangi yoki bir xil 
materialdan yasalganligi yoki bolmasa, vazni o‘xshash bolishi 
mumkin va h.k.
Ayniyat tushunchasi narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘xshash 
tomonlarni ifodalaydi. Shu bilan birga narsa-hodisalar bir-biri- 
dan farq qiladigan tomonlar, xususiyatlar, belgilarga ham egadir. 
Aynan bir xil bolgan narsaning o‘zi yo‘q. Hatto daraxtning bir 
shoxida yonma-yon turgan 2 barg ham bir-biridan farq qiluv­
chi ba’zi jihatlarga ega. Hech bolmaganda, ular bir-biridan ma- 
kondagi o‘rni bilan farq qiladi.
Hayotdan misol keltiradigan bolsak, bir-biriga tashqi to­
mondan tamomila o‘xshash bolgan Hasan va Husanlarda 
ham juda ko‘p farq qiluvchi xususiyatlar bor. Masalan, ularda 
fe’l-atvor, qiziqish turi, dunyoqarashlar har xil bolishi, ya’ni 
ularning ichki dunyolari farq qilishi mumkin. Demak, tafovut 
narsa-hodisalarning farq qiluvchi tomonlarini ifodalovchi tu- 
shunchadir.
Qarama-qarshilik deb esa, narsa, voqea-hodisalarning bir- 
birini taqozo etuvchi va shu bilan birga bir-birini inkor etuvchi 
tomonlari, kuchlarining o‘zaro munosabatiga aytiladi.
Qarama-qarshiliklar o‘rtasidagi munosabatni ziddiyat degan 
tushuncha ifodalaydi. Ko‘p hollarda ayniyat va tafovutning zidli- 
gi va ularning bir maxrajga kelishi, me’yoriy o‘zgarishlar tufayli
115


rivojlanish, taraqqiyot, yangilanish jarayonlari amalga oshadi. 
Taraqqiyot shu ma’noda ayniyat, tafovut va ziddiyatlarning paydo 
bolishi, rivojlanishi va hal qilinishidan iborat bo‘lgan abadiy va 
azaliy murakkab jarayondir.
Sobiq Ittifoqning mafkurasi darajasiga ko‘tarilgan mark- 
sizmda asosan ziddiyatga ko‘proq e’tibor berilar edi. U mut- 
laqlashtirilar va jamiyatga ko‘chirilib, asosan, antogonistik ziddi- 
yatlar to‘g‘risida gapirilar va ularning yechilishi insoniyatni baxtli 
hayotga olib boradi, deya xayol qilinar edi. Holbuki, insoniyat 
paydo bolibdiki, uning hayotida ayniyat va tafovut ham, ziddiyat 
va qarama-qarshiliklar ham mavjud bo‘lib kelmoqda. Odamzod 
ziddiyatlar kamroq bolgan, kishilarning xilma-xil intilish va 
maqsadlari, bir-biridan farq qiladigan g‘oyalari uyg‘unlashgan, 
barqarorlik ustuvor bolgan jamiyatni qurish uchun bosh qotirib 
kelmoqda.
Ana shunday intilishlar fanda «Konfliktologiya» (konflikt — 
ziddiyat, logos — ta’limot) deb ataladigan falsafiy yo‘nalish pay­
do bolishiga olib kelgan. Bu soha bilan shug‘ullanadigan olim 
va mutaxassislar konfliktologlar deb ataladi. Ular konfliktlarni 
keltirib chiqarish emas, balki ularning oldini olish va jamiyat 
uchun foydali tarzda hal qilish yollari va usullari ustida bosh 
qotirishadi.
Har bir ziddiyatning aniqlanishi, hal qilinishi o‘zgarishga, 
yangilanishga, bir sifatdan ikkinchi sifatga, eskidan yangiga 
o‘tishga sabab boladi. Olam turli-tuman bolganligi uchun zid­
diyatlar ham xilma-xildir. Masalan, ichki va tashqi ziddiyatlar, 
asosiy va asosiy bolmagan ziddiyatlar mavjud. Ular o‘rtasida farq 
bolgani bilan birga, mutlaq chegara ham yo‘q. Chunki amalda, 
hayotda ular bir-biriga o'tishi, birgalashib ketishi va taraqqiyotda 
turli xil o‘rin tutishlari mumkin.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin