Miqdor va sifatning bogliqligi qonuni.
Olamning mavjudligi
— miqdor va sifat voqeligi tarzida ham namoyon boladi. Bu-
ning mohiyati shundan iboratki, narsa va hodisalardagi sezilar-
li bolmagan miqdoriy o‘zgarishlar asta-sekin to‘plana borib,
taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida me’yorni buzadi va sakrash
yoli bilan tub sifat o‘zgarishlariga olib keladi.
116
Moddiy olamdagi xilma-xil narsa va hodisalar bir-biridan o‘z
sifati bilan ajralib turadi. Sifat — narsalarning ichki va tashqi
muayyanligi bolib, uning qator xossa, belgi, xususiyatlari birligini
ifodalaydi. Sifat narsa qanday bolsa, uni shundayligicha ko‘rsatib
beradi, jismning barcha tashqi xossalarini bogliqlikda namoyon
qiladi.
Demak, sifat narsaning umumiyligini, yaxlitligini, uning nis-
biy barqarorligini, bir-biriga o‘xshashligi yoki o‘xshamasligini
ifodalaydi. U keng ma’noda narsalarning turli-tuman xossalari
yig‘indisidir. Lekin sifat va xossa aynan bir xil ma’nodagi tu
shunchalar emas. Sifatning o‘zgarishi, muqarrar sur’atda, xossa-
ning o‘zgarishiga olib keladi. Biroq xossaning o‘zgarishi har doim
sifatning o‘zgarishiga ta’sir etavermaydi, ayrim xossalar narsalar
ning sifatiga ta’sir etmasdan yo‘q bolib ketishi mumkin. Sifat
predmetning doimiyligini, nisbiy barqarorligini ifoda etadi.
Narsalar sifat muayyanligidan tashqari, bir-biridan miqdoriy
tomonlari bilan ham farq qiladi. Miqdor predmetning hajmi,
olchovi, og‘irligi, harakat tezligi va shu kabilar bilan tavsifla-
nadi. Tabiat hodisalari kabi ijtimoiy hodisalar ham miqdoriy to-
monga ega. Chunonchi, suv o‘z solishtirma oglrligiga, qaynash
va muzlash darajasiga ega. Bir ijtimoiy tuzum boshqasidan xu-
susiyati jihatidangina emas, balki ishlab chiqaruvchi kuchlar
taraqqiyoti, mehnat unumdorligi, madaniyati va hokazolar bilan
ham farq qiladi. Har qanday narsa miqdor va sifat birligiga ega.
Tabiatda faqat miqdorga yoki sifatga ega bolgan, ya’ni sifati
bolib miqdori, miqdori bolib aksincha, sifati bolmagan nar
saning o‘zi yo‘q.
Miqdor va sifatning birligi, o‘zaro bogliqligi me’yor tushun-
chasida ifodalanadi. Me’yorning buzilishi predmet mavjudligi
mumkin bolmagan holatga olib keladi.
Har qanday narsa va hodisaga miqdor va sifat o‘zgarishlari xos-
dir. Miqdor o‘zgarishlari bilan sifat o‘zgarishlari o‘rtasida qat’iy
qonuniyat mavjud bolib, bu qonuniyat quyidagicha ifodalanadi:
miqdoriy o‘zgarishlar sifat o‘zgarishlarini tayyorlab, har bir aniq
holatda muayyan tub sifat o‘zgarishlarini keltirib chiqaradi va shu
holatda miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o'tishi sodir
117
bo‘ladi.
Olamdagi barcha o‘zgarishlar asta-sekin sodir boladigan
miqdor o‘zgarishlaridan boshlanadi. Miqdor o‘zgarishlari muay
yan chegarada sifatning barqarorligiga ta’sir etmaydi. Miqdoriy
o‘zgarishlar chegaradan chiqishi bilan sifatning barqarorligi buzi-
ladi. Natijada sifat yo‘qolib, yangi sifat yuzaga keladi. Taraqqiyot
jarayonida miqdor o‘zgarishlari tub sifat o‘zgarishlariga o‘tishi
bilan birga sifat o‘zgarishlari miqdor o‘zgarishlariga ham o‘tadi.
Miqdor o‘zgarishlari bilan sifat o‘zgarishlari o‘zaro chambarchas
boglangan bolishiga qaramay, ular ayrim o‘ziga xos xususiyat
larga ham ega. Chunonchi:
— birinchidan, miqdor o‘zgarishlari doimo yuz berib turadi.
Hatto hodisalar sifatining nisbiy barqarorligi davrida ham miq
doriy o‘zgarishlar asta-sekin yuz beradi. Sifat o‘zgarishlariga
olish faqat ma’lum bir davrda boshlanadi;
— ikkinchidan, miqdor o'zgarishlari ma’lum vaqtgacha narsa-
larga muhim ta’sir ko‘rsatmaydi. Suv normal atmosfera bosimida
100° gacha suyuqlik holatini yo‘qotmaydi, keyin esa bug‘ga ayla-
nadi, sifatini o‘zgartiradi. Demak, sifat o‘zgarishlari hodisalarni
tubdan o‘zgartirib, uning boshqa hodisaga aylanishini taqozo
qiladi;
— uchincMidan, miqdor o‘zgarishlari asta-sekin amalga oshadi
va ko‘p hollarda sezilmasdan oladi. Sifat o‘zgarishlari esa ancha
tez, ayrim holatda to‘satdan sodir boladi;
— to'rtinchidan, sifat o‘zgarishlari miqdor o'zgarishlariga qa-
raganda tub o‘zgarish bolib hisoblanadi.
Sakrash nima? Sakrash tabiat va jamiyatda sodir boladigan si
fat o‘zgarishlarini anglatadigan falsafiy tushuncha bolib, taraqqi-
yotning uzluksiz ko‘rinishiga qaraganda ancha tez o‘tadigan ja-
rayondir.
Sakrash miqdor o‘zgarishlaridan sifat o‘zgarishlariga o‘tishda
uzluksizlikning uzilishini bildiradi. Sakrash narsa va hodisalar
ning uzluksiz rivojlanish davomida tayyorlanib, shu uzluksiz
rivojlanish momenti tugab, uzilish sodir bolishi bilan zaruriy
ravishda yuz beradi. Sakrash birdaniga, to‘satdan boladigan ho-
latgina emas, balki yangi sifat elementlari ko‘payishi orqali yuz
beradigan tadrijiy jarayon hamdir.
118
Sakrashning turlari o‘z xarakteriga ko‘ra tabiat va jamiyatda
xilma-xil bo‘lib, ular bir-birlaridan farq qiladilar. Jamiyat taraq-
qiyotidagi sakrashlarning o‘ziga xos tomoni shuki, bu sakrash-
lar eski ijtimoiy tuzumni yo‘q qilish va yangi ijtimoiy tuzumni
o‘rnatadigan ijtimoiy jarayonlar, tadrijiy rivojlanish orqali amal
ga oshadi. Bunday sakrashlarni ikki turga bolish mumkin: bi~
rinchisi — portlash yoli bilan boladigan sakrashlar, ikkinchisi
sekin-asta, tadrijiy yol bilan boladigan sakrashlar. Birinchi tur
sakrashlarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bunda nar
sa va hodisalarning yangi sifatga olishi nihoyatda tezlik bilan yuz
beradi va kutilmagan natijalarni, tasodifiy jarayonlarni boshlab
yuborishi, hatto salbiy holatlarni keltirib chiqarishi ham mumkin.
Sakrashning ikkinchi turida esa, eski sifat elementlarining as
ta-sekin yo‘qolib borishi va yangi sifat elementlarining asta-sekin
to‘planishi natijasida yangi sifat paydo boladi.
Shunday qilib sakrash quyidagi jihatlarga ega:
— birinchidan, sakrash taraqqiyot natijasida amalga oshadigan
obyektiv va qonuniy jarayondir;
— ikkinchidan, sakrash tadrijiylikning uzilib, miqdor
o‘zgarishlaridan tub sifat o‘zgarishlariga o‘tishidir;
— uchinchidan, sakrash eskini tugatish va yangi sifatga mos
keladigan holatlarning vujudga kelishi tufayli paydo boladigan
ziddiyatlarni hal qilishdir;
— to‘rtinchidan, sakrash olamning rivojlanib, ilgarilab bo-
rishidir.
Hodisalarning sifat xususiyatlariga va ularning rivojlanish
sharoitiga bogliq ravishda eski sifatdan yangi sifatga olish turli
shakllarda sodir boladi. Har bir narsa, hodisa o‘zining aniq inkor
qilish usuliga, o‘z navbatida aniq sakrash shakliga egadir.
Demak, har qanday o‘zgarish, har qanday rivojlanish miq
dor va sifat o‘zgarishlarining o‘zaro bir-biriga o‘tishi orqali sodir
boladigan jarayonlardan iborat.
Yüklə Dostları ilə paylaş: |