Zaruriyat va tasodif.
Obyektiv olamni bilishda zaruriyat va
tasodif kategoriyasi muhim falsafiy-metodologik ahamiyatga ega.
Zaruriyat — narsa va hodisalarning vujudga kelishi, shakllanishi
va rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar, munosabatlar
majmuasidir. Tasodif esa — zaruriyatning namoyon bolish shak
lidir. Zaruriyat va tasodif kategoriyasi olamni falsafiy bilishning
mushtarakligini va samaradorligini ta’minlaydi.
Shu nuqtayi nazardan, zaruriyatni turkumlashtirganda, uning
makon va zamondagi strukturaviy tuzilishini tashkil qilgan ele-
mentlarini sistemali-strukturali tahlil qilish lozim. Shuningdek,
zaruriyatni sabab-oqibat munosabatlari tarzida tushunish lozim.
Zaruriyat narsa va hodisalarning muqarrar rivojlanish qonuniyati-
dan kelib chiqadi hamda obyektiv sabablar tizimiga asoslanadi.
132
Masalan, 0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, bozor
iqtisodiyoti munosabatlariga olishi tarixiy obyektiv zaruriyatdir,
uning «o‘zbek modeli» asosida amalga oshirilishi zaruriyatning
konkret namoyon bolishidir. Bunda tasodif «subyektivlashtiril-
gan» jarayon sifatida ko‘zga tashlansa ham, obyektiv hodisadir.
Chunki, 0 ‘zbekistonning tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va
ma’naviy rivojlanishining milliy xususiyatlari, bozor munosabat
lariga o‘tishning xarakterini belgilab beradi.
Zaruriyatlar tabiiy-tarixiy rivojlanishning obyektiv qonuniyat-
laridan kelib chiqib, doimiy o‘zgarib turadi. Zaruriyatlarning ta-
sodiflar tarzida namoyon bolishi, o‘z navbatida, boshqa hodisalar
uchun zaruriyat maqomiga ega boladi. Bundan ko‘rinib turib-
diki, zaruriyat va tasodif o‘rtasidagi boglanishlar sabab-oqibat
munosabatlari xarakteriga mos keladi.
Zaruriyat va tasodif kategoriyasiga boshqa kategoriyalar kabi,
uni aniqlash va baholashga muayyan subyekt ehtiyojlari, manfaat
lari nuqtayi nazaridan yondashiladigan bolsa, muqobil qarashlar
vujudga keladi. Masalan, sobiq Ittifoqning parchalanib, mustaqil
davlatlarning vujudga kelishi, ayrim nazariyotchilar tomonidan
tasodifiy hodisa deb baholanib, uning zaruriy, obyektiv qonuniy
xarakteri inkor etilmoqda. Vaholanki, jamiyat taraqqiyotida hech
qanday imperiyaning abadiy bolmasligini tarixiy tajribalar doimiy
isbotlab kelgan. Demak, bunda biz zaruriyatni ko‘rib turibmiz.
Zaruriyat va tasodifning aloqadorligi, boglanishi shundaki,
ular bir-birisiz mavjud b o la olmaydi, ya’ni zaruriyatning muqar-
rarligi tasodifga ham xosdir. Shuning uchun falsafiy adabiyotlarda
tasodiflarning muqarrarligi, tarixiyligi, sababiyligini, qonuniyli-
gini inkor qiluvchi qarashlar g‘ayriilmiydir.
Imkoniyat va voqelik ham falsafaning muhim kategoriyalari-
dir. Falsafaning sabab va oqibat, mazmun va shakl, zaruriyat
va tasodif, mohiyat va hodisa singari kategoriyalari voqelikdagi
o‘zgarish, yangilanish holatlarining muhim tomonlari, boglanish
holatlari va asosiy tamoyillarini ifodalasa, imkoniyat va voqelik
uzluksiz rivojlanish jarayonidagi narsa va hodisalarning, ikki xil
bosqichi, davri, holatini hamda bu davrlar o‘rtasidagi o‘zaro mu-
nosabatni ifodalaydi.
133
Imkoniyat bu yangi narsa, hodisa va tamoyillar kelib chiqi-
shini ifodalovchi muayyan shart-sharoit va vaziyat majmuidir.
Narsa hamda hodisaning ichki tabiatiga ko‘ra zaruriy ravishda
reallashishi lozim bolgan, biroq hali yuzaga chiqmagan voqe-
likdir. Voqelik esa imkoniyatning nisbatdoshi bolib real holat va
mavjud bolib turgan hodisalarni ifodalaydigan kategoriyadir.
Imkoniyat va voqelik o‘zaro bogliqlikda mavjud boladi, ular
bir-birini ham taqozo qiladi, ham istisno etadi. Amaliy faoliyatda
doim imkoniyat va voqelikdan hamda imkoniyatsizlikdan ajrata
bilishga o‘rganish kerak. Mumkin bolmaydigan narsani mum
kin boladigan narsa yoki hodisa qilib ko'rsatish yaramaydi yoki
aksincha, mumkin boladigan narsani mumkin bolmaydigan
narsa qilib ko‘rsatish ham imkoniyat va voqelikning mohiyatini,
noto‘g‘ri tushunish asosida kelib chiqadi. Bu hoi g‘ayriilmiy qa-
rash va noto‘g‘ri xulosaga olib keladi.
Imkoniyat va voqelik muayyan mazmunga ega bolgan olam
hodisotlarining ikki tomoni, rivojlanishning boshlanish mo-
menti va nihoyasi, uzluksiz taraqqiyot jarayonining bir-biri bi
lan bogliq, bir-birini tavsiflaydigan halqalari, deb atash mum
kin. Rivojlanish uzluksiz imkoniyatlarning vujudga kelishi,
ularning voqelikka aylana borishidan iborat jarayondir. Bunda
imkoniyat endigina kurtak otayotgan, ro‘yobga chiqishi lozim
bolgan hodisa bolsa, voqelik esa ba’zi hollarda o‘z umrini
tugallayotgan, eskirish jarayonida o‘z intihosiga qarab borayot-
gan hodisadir.
Imkoniyat narsa va hodisalarning makon va zamondagi rivoj
lanish tendensiyasini ta’minlaydigan, muayyan qonuniyatlarga
asoslanadi. Voqelik esa, shu qonuniyatlarga asoslangan rivoj
lanishning namoyon bolishidir. Imkoniyat va voqelik kategoriya-
sini ham, bilishning umumiy mantiqiy tamoyillariga ko‘ra, boshqa
kategoriyalar bilan bogliqlikda tahlil qilish muhim ahamiyatga ega.
Imkoniyat narsa va hodisalar rivojlanish jarayonining ichki birligini
ifodalaydi va ularning rivojlanish shart-sharoitlarini, sabablarini,
zaruriy qonuniyatlarini, mohiyatini o‘zida mujassamlashtirgan.
Imkoniyatning voqelikka aylanishi qonuniy hodisadir. Uning
real, formal, mavhum imkoniyat deb ataladigan shakllari bor.
134
0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin demokratik huqu
qiy jamiyat qurishi uchun real imkoniyatlar vujudga keldi.
Imkoniyat kategoriyasini, uning shart-sharoiti bilan aralashtir-
maslik kerak. Shart-sharoitlar oqibat, tasodif, hodisa sifatidagina
imkoniyatga ta’sir qiladigan omillar majmuasidan iborat. Mavjud
voqelik tarixiy genezisiga ko‘ra, o‘zida boshqa voqelikning im-
koniyatlarini mujassamlashtirgan bo‘ladi. Masalan, bozor iqti-
sodiyotining hozirgi bosqichi real voqelik sifatida, uning keyingi
rivojlanish imkoniyatlarini namoyon qiladi.
Zamonaviy falsafa imkoniyat va voqelikni ilmiy tushuntirib
bu kategoriyalar dunyodagi aloqadorlik va rivojlanishning muhim
xususiyat, tomonlarini ifodalaydi. Olamdagi narsalarning bir
shakldan ikkinchi shaklga o‘tishini, taraqqiyotning oddiydan
murakkabga qarab yo‘nalishini, eskilik bilan yangilik o‘rtasidagi
qarama-qarshi munosabatlarni bildiradi, deb hisoblaydi.
Yüklə Dostları ilə paylaş: |