Falsafa asoslari


səhifə82/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   221
Falsafa asoslari

Tayanch tushunchalar: 
inson, shaxs, individ, antropologiya, 
inson ongi, inson — biologik mavjudot, inson — ijtimoiy mav- 
judot, inson faolligi, Ekosofiya, insonni asrash, istiqlol va inson 
kamoloti.
Takrorlash uchun savollar
1. Inson nima uchun falsafaning bosh mavzusi deb qaraladi?
2. Shaxs, individ deganda nimalarni tushunasiz?
3. Antropologiya fanining ma’nosi va vazifalari nimalardan 
iborat?
4. Inson tanasi va ruhining bogliqligi nimalarda namoyon 
boladi?
5. Ekosofiya nima? «Insonni asrash» degmda nimani tushu­
nasiz?
6. Istiqlolning insonparvarlik mohiyati nimalarda ko‘rinadi?
187


9-mavzu. Globallashuv va umumbashariy muammolarning
falsafiy jihatlari
«Globallashuv» (lot. globus — shar, Yer sayyorasi) — XX asrning 
ikkinchi yarmi — XXI asr boshida jahon taraqqiyotida shakllangan 
yangi umumsayyoraviy hodisa bo‘lib, hozirgi davrdagi xalqaro tar- 
tibotlar, davlatlar va kishilar o'rtasida o‘zaro aloqalaming kengayi- 
shi va murakkablashishi, dunyo miqyosida axborot makoni, kapital, 
tovar hamda ishchi kuchi bozoridagi integratsiyalashuv, atrof-muhit- 
ga texnogen ta’sirning kuchayishi, ommaviy madaniyat namunala- 
rining keng tarqalishi, axborot-mafkuraviy va diniy-ekstremistik 
xurujlar xavfining ortib borishini ifoda etuvchi tushunchadir.
«Globallashuv» atamasi dastlab amerikalik olim T. Levittning 
1983-yili «Garvard biznes revyu» jurnalida chop etilgan maqo- 
lasida tilga olingan edi (u yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab 
chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jara- 
yonini globallashuv, deb atagan). 1985-yilda esa taniqli amerika­
lik olim R.Robertson «Globalization» iborasini ilmiy muoma- 
laga kiritib, bu tushunchani «odamlar ongida sayyoramizning 
torayishi hamda dunyoning yaxlit tarzda anglanishi»ni aks ettirib, 
«dunyoning birlashuvi va kishilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning 
kuchayishini» ifoda etadigan jarayon sifatida talqin etadi.
Mazkur atamaning mazmun-mohiyati xususida bahs-munozara 
hamon davom etayotgan hamda bu borada yagona umumiy qarash 
shakllanmagan, yaxlit konsepsiya yaratilmagan bo‘lsa-da, gumani- 
tar ilmning turli sohalarida, chunonchi, ijtimoiy fanlarda ushbu 
jarayonning o‘ziga xos xususiyatlari, namoyon bolish shakllari har 
tomonlama o‘rganilmoqda. Jumladan, iqtisodiyot fanida diqqat- 
e’tibor asosan moliyaviy globallashuv, global transmilliy korporatsi- 
yalarning (TMK) shakllanishi, iqtisodiyotning mintaqaviylashuvi, 
jahon miqyosida savdoning jadallashuvi kabi masalalarga qaratil­
gan. Tarixiy asarlarda esa globallashuv jarayoni insoniyatning ko‘p 
asrlik taraqqiyot bosqichlaridan biri sifatida talqin etiladi. Siyo- 
satshunoslikda transmilliylashuv jarayonining tezlashuvi, dunyo 
mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro bogliqlikning kuchayishi, BMT 
va boshqa xalqaro tashkilotlar ishtirokida yangi umumsayyoraviy
188


tartibning shakllanishi tadqiq etilmoqda. Sotsiologiya sohasi mu- 
taxassislari sivilizatsiya va madaniyatning universallashuvi ta’sirida 
turli mamlakat va mintaqa xalqlari turmush tarzining yaqinlashuvi 
hamda bir xillashuvini tasdiqlaydigan dalillarni izlamoqda. Ba’zi 
faylasuflar XXI asrda dunyoda yagona axloq, umumiy ma’naviyat, 
global madaniyat qaror topishini bashorat qilmoqdalar. Boshqalari 
esa, Kantning yaxlit abadiy dunyo hamda umumdunyoviy huku- 
mat haqidagi g‘oyasiga tayanib, turli millat va xalqlar qadriyatlari- 
ning uyg‘unlashuvini asoslashga intilmoqda. Keyingi yillarda ilmiy 
adabiyotlarda turli fan yutuqlarini uyg‘unlashtirish asosida hamda 
insoniyatning birlashuvi, ijtimoiy voqelikning universallashuvi va 
kishilar dunyoqarashining kengayishi tendensiyalariga tayanib, 
globallashuv jarayonining umumiy nazariyasini yaratish borasida 
intilishlar ko‘zga tashlanmoqda.
Shu bilan birga, globallashuv jarayonining turli davlatlar 
va xalqlarning milliy davlatchiligi va o‘ziga xos qadriyatlariga, 
ma’naviy taraqqiyotiga salbiy ta’sirini ilmiy tadqiq etishga e’tibor 
kuchayib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida, globallashuv jarayo­
nining ijobiy jihatlarini e’tiborga olgan holda, uning g'oyaviy- 
mafkuraviy ta’siridan ogoh bolish, aholi, ayniqsa, yoshlarimizni 
bunday xurujlardan asrab-avaylash muhim ahamiyat kasb etayot- 
ganini anglatadi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin