Formal mantiq
— mulohazalar va isbotlashning strukturasmi
analiz qilish, o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi fan bo‘lib, unda
asosiy e’tibor mazmunga emas, shaklga qaratiladi.
Noformal mantiq
(informal logic) — tabiiy tilda argumentiash-
ni qurish va baholashning noformal standartlarini,
uni talqin qi-
lishning usullari va mezonlarini ishlab chiquvchi normativ fandir.
Nazariy mantiq
— muayyan bilimlarning mantiqiy sistemasi
yoki mantiqiy nazariyalar yig‘indisi bolib,
ular tabiiy va maxsus
formallashgan (sun’iy) til vositasida, ma’lum bir prinsip va aksio-
malarga asosan qurilgandir.
Amaliy mantiq
— 1) insonlarning tabiiy tafakkurlash jarayonini;
2) nazariy mantiqdan konkret holatlarda foydalanishni, ya’ni dalil-
lash va rad etishni; 3)
faoliyat mantigl, qaror qabul qilish mantigl,
tanlash mantigl, evristika, prakseologiya, konfliktologiya va boshqa
shu turdagi mantiqiy nazariyalar va tadqiqotlarni ifodalaydi.
Eramizdan awolgi IV asrdan
boshlangan va XIX asrning
oxiri — XX asrning boshlarida yakunlangan (formal) mantiq
rivojlanishining
birinchi bosqichi
an’anaviy (klassik) mantiq
deb
ataladi. An’anaviy mantiq to‘g‘ri tafakkurlashni asosan tabiiy tilga
tayangan holda o‘rgangan.
Noan’anaviy (noklassik) mantiq
— klassik mantiqni tanqid qi
lish va takomillashtirish bilan birga,
uni mukammallashtirish,
toldirish va undagi zamonaviy mantiqning asosini tashkil etuvchi
g‘oyalarni yanada rivojlantirish natijasida vujudga kelgan man
tiqiy nazariyalarning majmuyidir.
Zamonaviy mantiq
atamasi XIX asrning oxiri — XX asr
ning boshlarida mantiq ilmi rivojining hozirgi bosqichi
Yüklə
Dostları ilə paylaş: