Ayniyat qonuni.
Biror buyum yoki hodisa haqida fikr yuritil-
ganda, ularga xos bolgan barcha muhim belgilar, qamrab olinadi.
Predmet haqidagi fikr necha marta va qanday holatda takrorla-
nishiga qaramasdan doimiy, o‘zgarmas va qat’iy
mazmunga ega
boladi. Tafakkurga xos bolgan bu aniqlik xususiyati Ayniyat qo-
nunining mohiyatini tashkil etadi.
Ayniyat qonuniga ko‘ra, ma’lum bir predmet yoki hodisa haqi
da aytilgan ayni bir fikr ayni bir muhokama doirasida ayni bir
vaqtda o‘z-o‘ziga tengdir. Bu qonun formal mantiq ilmida «А—А»
formulasi bilan ifodalanadi.
Ayniyat qonunining asosiy talabi quyidagicha: fikrlash jarayo-
nida turli fikrlarni aynanlashtirish va,
aksincha, o‘zaro aynan
bolgan fikrlarga teng emas, deb qarash mumkin emas. Bu man-
tiqiy tafakkurning muhim shartlaridan biridir. Fikrlash jarayoni-
da bu qonunni bilib yoki bilmasdan buzish holatlari uchraydi.
Ba’zan bu holat bir fikrning tilda turli xil ifodalanishi bilan bogliq
boladi. Tilda mavjud bolgan omonim va sinonim so‘zlarning
qollanishi ham ba’zan turli fikrlarning o‘zaro aynanlashtirilishi-
ga, ya’ni noto‘g‘ri muhokamaga olib keladi.
Bahs-munozara ja-
rayonida qanday qilib bolsa ham raqibini aldash va yutib chiqish
maqsadida Ayniyat qonuni talablarini ataylab buzuvchilar soflst
lar deb ataladi, ularning ta’limoti esa sofistika deyiladi.
0 ‘zbek xalqiga xos bolgan askiya san’atida Ayniyat qonuni ta-
labining ataylab buzilishini so‘zlarning o‘z ma’nosida emas, balki
ko‘chma ma’nolarda qollanishini kuzatish mumkin. Bu o‘ziga
xos so‘z o‘yini bolib, unda qollaniladigan nozik qochirimlar
askiya aytuvchining mahoratini ko‘rsatadi va tinglovchilarning
kulgusiga sabab boladi. Aytish mumkinki, hayotda,
amaliyot-
da tushunchalarning turli ma’nolarda qollanilishi g'arazli yoki
beg‘araz, yaxshi yoki yomon maqsadlarga xizmat qilishi mumkin.
Ayniyat qonuni tafakkurga, uning barcha elementlari, shakl-
lariga xos bolgan umumiy mantiqiy qonundir.
Bu qonunning
talablari tafakkurning har bir shakliga xos bolgan konkret qoi-
dalarda aniq ifodalanadi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: