Falsafa asoslari


Oddiy mulohazaning kompleks tahlili: tarkibi, ifodalanishi


səhifə107/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   221
Falsafa asoslari

Oddiy mulohazaning kompleks tahlili: tarkibi, ifodalanishi,
chinlik qiymati, turlari. 
Klassik formal mantiqda mulohaza ta­
fakkur shakllaridan biri sifatida tushunchadan keyin o‘rganiladi. 
Mantiqdan yozilgan xorij adabiyotlarining ba’zilarida esa tafak­
kur shakllarini o‘rganish mulohazadan boshlanadi. Mulohaza bi­
lan bogliq masalalar doirasida tushunchalarga oid ma’lumotlar 
beriladi. .Xulosa chiqarish alohida 
0
‘rganiladi1. Tafakkurlash ja- 
rayonini bunday tartibda o‘rganish insonning bolaligidan boshlab
1 Morris R.Cohen Ernest Nagelan introduction to logic and scientific
method New Dehli. 2007. Restall G. Logic. An introduction. Published in the
Taylor & Francis e-Libraiy, 2006.
221


mulohaza ko‘rinishida fikr yuritishi, uning tushunchalar olami 
keyin shakllanishi bilan asoslanadi. Shuningdek, faqat mulohaza- 
largina «chin», «yolg‘on» qiymatlariga ega boladi. Tushunchalarga 
esa bunday qiymatni berib bolmaydi. Masalan, «yolbars yirtqich 
hayvon» mulohazasini «chin» deb baholaymiz. «Yo‘lbars» tushun- 
chasini esa «chin» yoki «yolg‘on» deb ayta olmaymiz, Chunki 
unda biror fikr tasdiqlanmagan ham, inkor qilinmagan ham.
Demak, mulohaza chin yoki yolg‘on bo‘lishi mumkin bolgan 
fikr yuritish shaklidir. Uning asosiy vazifasi narsa bilan uning 
xususiyati, ular o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘rsatishdir. Ana 
shuning uchun ham u doimo tasdiq yoki inkor shakldagi fikrdan 
iborat boladi. Fikr yuritish jarayonida biz predmet va hodisa- 
larning tashqi xususiyatlari bilan birga ularning ichki, zaruriy 
boglanishlarini hamda munosabatlarini bilib boramiz. Bilimlari- 
miz turlicha bolgani uchun ularni ifodalaydigan mulohazalar 
ham har xil boladi. Ba’zi mulohazalarda aniq, tekshirilgan bi- 
limlar ifodalansa, boshqalarida belgining predmetga xosligi tax- 
min qilinadi, ya’ni noaniq bilimlar ifodalanadi.
Mulohazalar voqelikka mos kelish darajasiga ko‘ra chin, xato 
va noaniq (ehtimol, taxminiy) boladi. Chinligi isbotlangan fikr­
ni chin deb ta'sdiqlovchi mulohaza chin boladi. Yolg‘onligi is­
botlangan fikrni yolg‘on deb tasdiqlovchi mulohaza chin boladi. 
Chinligi isbotlangan fikrni yolg‘on deb tasdiqlovchi mulohaza 
yolg‘on boladi. Yolg‘onligi isbotlangan fikrni chin deb tasdiqlov­
chi mulohaza yolg‘on boladi. Ayni vaqtda chinligini ham, xato- 
ligini ham aniqlab bolmaydigan mulohazalar — noaniq boladi.
Mulohazalar tilda gaplar orqali ifodalanadi. Mulohaza man­
tiqiy kategoriya bolsa, gap grammatik kategoriyadir. Mulohaza­
lar, asosan, darak gap orqali ifodalanadi. Faqat darak gaplardagi- 
na fikr tasdiq yoki inkor shaklda boladi va ular chin yoki yolg‘on 
qiymatlari bo‘yicha aniqlanadi.
Masalan, «Til insonlar o‘rtasidagi muloqot vositasidir», «Hi- 
yonatkorlarning hech biri vijdonli emas» kabi gaplar mulohazani 
ifoda qiladi. Demak, mulohaza — predmetga ma’lum bir belgi­
ning (xossaning, munosabatning) xos yoki xos emasligini ifo- 
dalovchi tafakkur shaklidir.
222


Mulohaza tarkibida mantiqiy ega va mantiqiy kesimni ajratib 
ko‘rsatish mumkin. Mantiqiy ega -fik r qilinayotgan predmet va 
hodisani bildiradi va fanda subyekt degan termin bilan ifodala- 
nadi (simvolik belgisi — S). Mantiqiy kesim predmet xususiyatini, 
munosabatini bildiradi va fanda predikat degan termin bilan ifo- 
dalanadi (simvolik belgisi — P). Mulohazaning subyekt va predi- 
kati uning terminlari deb ataladi. Mulohazaning uchinchi zaruriy 
elementi mantiqiy bog‘lamadir. U subyekt va predikatni bir-biri 
bilan boglaydi, natijada mulohaza hosil bo‘ladi. Mulohazaning 
simvolik ifodalanishi:
S — P (tasdiq mulohaza), S — P emas (inkor mulohaza) 
Mulohazalar tuzilishiga ko‘ra oddiy va murakkab boladi. 
Oddiy mulohaza tarkibidan yana bir mulohazani ajratib 
bolmaydigan mulohazadir yoki bir subyekt va bir predikatdan 
tashkil topgan mulohazadir.
Tarkibidan ikki yoki undan ortiq mulohazani ajratish mumkin 
bolgan mulohaza murakkab mulohaza deyiladi. Masalan, «Man­
tiq ilmini o‘rganish to‘g‘ri fikrlash madaniyatini shakllantiradi», 
degan fikr oddiy mulohazani ifodalaydi. «Mantiq ilmi tafakkur 
shakllari va qonunlarini o‘rganadi» — bu murakkab mulohazadir.
Oddiy mulohazalar ikki tamoyilga, ya’ni miqdori va sifatiga 
ko‘ra tasniflanadi. 1-tamoyil. Miqdoriga ko‘ra oddiy mulohazalar 
yakka, umumiy va juziy boladi.
Oddiy mulohazalarni 
tasniflashning 
ikkinchi tamoyi- 
li bu ularning sifatidir, ya’ni tasdiq yoki inkor mazmunga ega 
bolishidir. Mulohazaning sifatini mantiqiy boglama belgilaydi. 
«Hamma ilonlar zaharlidir» mulohazasining predikatida subyekt 
haqidagi fikr tasdiqlanadi. Bunday mulohaza tasdiqlovchi deyi­
ladi. «Hech bir riyo amal maqbul emas» mulohazasida subyekt 
haqida nimadir inkor qilinadi. Bu inkor mulohaza deyiladi. Mu­
lohazalarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlashda va ularni 
mantiqiy tahlil qilishda oddiy mulohazalarning miqdor va sifati 
bo‘yicha birlashgan klassiflkatsiyasi (asosiy turlari)dan foydalani- 
ladi. Ular quyidagilardan iborat:

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin