Dem ak, xulosa chiqarishning tuzilishi uch elementdan iborat:
xulosa asoslari, xulosa va mantiqiy ergashish (xulosa asoslarining
o ‘zaro mantiqiy aloqadorligi va xulosa asoslari bilan xulosaning
mantiqiy aloqadorligi).
Xulosa chiqarish xulosaning chinlik darajasiga ko‘ra zaruriy
va ehtimoliy; xulosa asoslarining soniga ko‘ra bir asosli (bevo
sita) va ko‘p asosli (bavosita); fikrning harakat yo‘nalishiga ko‘ra
deduktiv,
induktiv, analogiya kabi turlarga bo‘linadi.
Mazkur tasnifda xulosa chiqarishni fikrning harakat yo‘nalishi
bo‘yicha turlarga ajratish nisbatan mukammalroq bolib, u xulosa
chiqarishning boshqa turlari haqida ham ma’lumot berish imko-
nini yaratadi. Xususan, deduktiv xulosa chiqarish zaruriy xulosa
chiqarish, induktiv xulosa chiqarish (toliq
induksiyani hisobga
olmaganda) va analogiya ehtimoliy xulosa chiqarish deb olib qa-
ralishi, bevosita xulosa chiqarish esa deduktiv xulosa chiqarish
ning bir turi sifatida o‘rganilishi mumkin.
Deduktiv xulosa chiqarish.
Deduktiv xulosa chiqarishning
muhim xususiyati — unda umumiy bilimdan juz’iy
bilimga
o‘tishning mantiqan zaruriy xususiyatga egaligidir. Uning turlari-
dan biri bevosita xulosa chiqarishdir.
Faqat birgina mulohazaga asoslangan holda yangi bilimlarning
hosil qilinishi bevosita xulosa chiqarish, deb ataladi. Bevosita xu
losa chiqarish jarayonida mulohazalarning shaklini o‘zgartirish
orqali yangi bilim hosil qilinadi. Bunda asos mulohazaning tarki-
bi, ya’ni subyekt va predikat munosabatlarining
miqdor va sifat
tavsiflari muhim ahamiyatga ega boladi. Bevosita xulosa chiqa
rishning quyidagi mantiqiy usullari mavjud:
I. Aylantirish
(lot. — obversio) shunday mantiqiy usulki,
unda berilgan mulohazaning
miqdorini saqlagan holda, sifatini
o‘zgartirish bilan yangi mulohaza hosil qilinadi1.
Bu usul bilan
xulosa chiqarilganda qo‘sh
inkor sodir boladi, ya’ni avval asos-
ning predikati, keyin boglovchisi inkor etiladi. Bu usul bilan
quyidagi ikki formula asosida xulosa chiqarish mumkin:
Yüklə
Dostları ilə paylaş: