predmetlari uchun umumiy ekanligi haqida xulosa chiqariladi.
Toliq induksiya miqdori cheklangan va aniq bolgan (sanaladi-
gan) predmetlar sinfi haqida empirik materiallarni umumlashti
rish yoli bilan xulosaviy bilim olishning
samarali vositasi bolib,
uning xulosasi doimo aniq boladi.
Toiiqsiz induksiyada
birorta belgining
bir mantiqiy sinfga te-
gishli predmetlarning bir qismiga (bir nechtasiga) xosligini (yoki
xos emasligi) aniqlash asosida shu belgining berilgan sinfga man-
sub barcha predmetlarga xosligi (xos emasligi) haqida xulosa
chiqariladi.
Ilmiy induksiya
Ilmiy induksiyada bir sinfga mansub predmetlarda takrorlanuv-
chi belgining mavjudlik sababi o‘rganiladi.
Toiiqsiz induksiya-
ning bu turi hodisalarning sababini aniqlash va ularni ifoda etuv
chi qonunlarni ochishga qaratilgani uchun ham ilmiy induksiya
deb ataladi.
Sababiy aloqadorlikni aniqlash ilmiy
induktiv xulosa chiqa-
rishda muhim ahamiyatga ega. Sababiy aloqadorlikni aniqlash va
o‘rganishda quyidagilarga e’tibor berish zarur:
— ikki hodisa o‘rtasidagi zaruriy aloqadorlik muayyan sharoit-
da ularning biridan (sabab) ikkinchisini (oqibatni) keltirib chiqa-
radi. Sabab-hodisaning yo‘qligi oqibat-hodisaning
ham yuzaga
chiqmasligini bildiradi;
— sabab-oqibat munosabatlari umumiy xarakterga ega, olam
dagi hech bir hodisa sababsiz mavjud bolmaydi;
— sabab va oqibat vaqtda ketma-ket keladi. Lekin, oldinma-
ketin kelgan hodisalarning hammasi
ham sababiy aloqadorlikda
bolavermaydi;
— sabab-oqibat munosabatlari bir ma’noli bolib, muayyan sa
bab o‘ziga muvofiq keladigan muayyan oqibatni keltirib chiqaradi.
Sababiy aloqadorlik murakkab strukturaga ega. Xususan, sa-
bab-hodisa turli xil sharoitlarda turli oqibatlarni keltirib chiqa-
rishi
yoki aksincha, bir oqibat turli sharoitlarda har xil sabablar
ta’sirida paydo bolishi mumkin.
Sababiy aloqadorlikni aniqlashning bir qancha metodlari mav
jud bolib, ular ilmiy induksiya metodlari deb yuritiladi.
Bularga
240
o‘xshashlik, tafovut, yoldosh o‘zgarishlar va qoldiqlar metodlari
kiradi. Ularning har birini alohida ko‘rib chiqamiz.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: