— argumentiash hamma vaqt til vositasida amalga oshiriladi;
— argumentlashning vazifasi kimningdir e’tiqodini, ishonchi-
ni kuchaytirish yoki susaytirishga yo‘naltirilgan faoliyatdir;
— argumentiash ijtimoiy faoliyatdir, Chunki u faqat insonga va
insonlarga qaratilgan bo‘lib, boshqa tomonning keltirgan dalil-
lariga o‘zining faol munosabatini bildirishni — dialogni nazarda
tutadi;
— argumentiash retsipiyentlarning aqliy faolligini, ya’ni ar
gumentlarni o‘ylab qabul qilishi yoki qarshi chiqishini nazarda
tutadi.
Argumentlashning tuzilishi va usullari bilan tanishishdan av-
val isbotlash va rad etishning mohiyati, tuzilishi, usullari va qoi-
dalarini bilib olish zarur, Chunki ular argumentlashning xususiy
ko‘rinishidir.
Isbotlash
— bir mulohazaning chinligini u bilan bogl iq boshqa
chin mulohazalar yordamida asoslashdan iborat bo‘lgan mantiqiy
amal. Uning tarkibi uch elementdan tashkil topgan: tezis, argu-
mentlar (asoslar), isbotlash usuli — demonstratsiya.
Tezis — chinligi asoslanishi lozini bolgan mulohaza, u is-
botlashning markaziy flgurasi hisoblanadi; butun diqqat-e’tibor
uning chinligini ko‘rsatishga qaratiladi. Tezis bir mulohazaning
o‘zidan, yoki mulohazalar tizimi, yoki teoremalar, yoki aniq
faktlarni umumlashtirish natijalari, yoki hodisalarning sababini
ko‘rsatuvchi mulohazalardan iborat boladi.
Argumentlar
(lot. argumentum — isbot asosi) — dalillanishi
(isbotlanishi) talab qilingan tezis (mulohaza, nazariya)ni asos-
lash uchun keltiriladigan bir yoki undan ortiq mulohazalardir.
Isbotlash usuli
— demonstratsiya tezis bilan argumentlar
o‘rtasidagi mantiqiy aloqadan iborat. U xulosa chiqarish shak
lida boladi, ya’ni tezis argumentlardan xulosa sifatida mantiqan
keltirib chiqariladi.
Argumentiash (isbotlash)ning ikki turi mavjud: bevosita isbot
lash, bavosita isbotlash.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: