Falsafa asoslari


Bevosita argumentiash (isbotlash)da


səhifə128/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   221
Falsafa asoslari

Bevosita argumentiash (isbotlash)da 
tezisning chinligi to‘g‘ridan 
to‘g‘ri argumentlar bilan asoslanadi, unda tezisga zid bolgan mu­
lohazalardan foydalanilmaydi. Tezis ko‘p hollarda yakka hodisani
247


ifoda qilib keladi va ma’lum bir umumiy bilimdan, masalan, qo- 
nundan argument sifatida foydalanilib, uning chinligi asoslanadi. 
Masalan, « 0 ‘zbekiston — mustaqil davlatdir», degan mulohaza 
(tezis)ning chinligi « 0 ‘zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon 
qilinishi, uning xalqaro miqyosda e’tirof etilishi» kabi asoslar 
yordamida isbotlanadi.
Bavosita argumentlash (isbotlash)da 
esa tezisning chinligi unga 
zid bolgan mulohazaning (antitezisning) xatoligini ko‘rsatish 
orqali asoslanadi. Antitezis qanday shaklda ifodalangan bolishiga 
qarab apagogik isbotlash va ayiruvchi isbotlash farq qilinadi. 
Apa-
gogik argumentlash (isbotlash) 
tezis (a) va antitezis (]a) o‘rtasidagi 
munosabatga asoslanadi. Masalan, «muloqot insonlarni birlashti- 
radi», degan mulohazaning chinligini asoslash uchun unga zid 
bolgan «muloqot insonlarni birlashtirmaydi», degan mulohaza 
olinadi.
Apagogik argumentlash (isbotlash)da antitezis topilib (1-bos- 
qich), vaqtincha chin deb qabul qilinadi va undan ma’lum bir 
natija keltirib chiqariladi (2-bosqich), so‘ngra bu natijalarning 
xatoligi ko‘rsatiladi (3-bosqich) va demak, tezisning chinligi is­
botlanadi.
Ayiruvchi argumentlash (isbotlash)da 
tezis sof ayiruvchi mu­
lohazaning (kuchli diz’yunktsiyaning) bir a’zosi bolib, uning 
chinligi boshqa a’zolarining (antitezisning) xatoligini ko‘rsatish 
orqali asoslanadi. Masalan, «Bu xatni do‘stlarimdan A, yo B, 
yo С yozgan», degan fikr tekshirilib, «xatni В ham, С ham 
yozmaganligi»ligi aniqlanadi va shu tariqa «Xatni A yozgan», 
degan mulohazaning chinligi asoslanadi. Bu misolda isbotlash 
ayiruvchi — qat’iy sillogizmning inkor etib, tasdiqlovchi modusi 
bo‘yicha qurilgan. Ayiruvchi isbotlashda barcha muqobil variant- 
lar toliq olingandagina xulosa chin boladi, ya’ni tezis isbotla­
nadi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin